«Inog’omovchilik»
-mustabid Sovet davlati jazo organlari tomonidan ataylab to’qib
chiqarilgan va 1926-1931 yillarda bir qator milliy rahbar kadrlar va ziyolilarni aybsiz qatag’on
qilinishiga sabab bo’lgan bolsheviklar rejimining bo’xtonidir. «Inog’omovchilik»ning
«sababchisi» O’z KP (b) MQ Ijroya byurosi a’zoligiga nomzod, O’z KP(b) MQ Matbuot bo’limi
mudiri va O’zSSR Maorif xalq komissari Raxim Inog’omov edi.
R.Inog’omov 1926 y. oxirida «O’zbekiston ziyolilari» risolasini matbuotda e’lon qiladi.
Unda «1917 yil oktyabrdagi o’zgarish o’zbek xalqi uchun kutilmagan voqea bo’ldi va unga
o’zbek mehnatkashlari tayyor emas edi». Oktyabrgacha bo’lgan davrda «... rus istibdodiga qarshi
mustaqillik harakatida tarixiy rolni ziyolilar o’ynagan», degan fikrni ilgari suradi. SHuningdek
R.Inog’omov o’zining qator nutqlarida Kompartiya va Markaz tomonidan yuborilgan
«nazoratchi» organlarni zo’ravonlikda ayblagan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |