Turkistonda Milliy-hududiy davlat chegaralanishi
.Turkiston xalqlarining azaliy birligi
va yaxlitligini barbod qilish maqsadida Moskva bolsheviklari tomonidan 1924-1925 yillarda
o’tkazilgan tadbir. «Ular bo’lib tashla va hukmronlik qil!» shioriga amal qilib Turkiston
o’lkasidagi tarixi, dini, madaniyati va taqdiri mushtarak bo’lgan xalqlarni bir biridan ajratib har
biriga mustaqil Respublika maqomini berib ular ustidan nazoratni mustahkamlash uchun amalga
oshirilgan siyosat edi. Mahalliy davlat arboblari (T.Risqulov, S.Xo’janov, S.Asfandiyorov)
larning Turkiston yagona, bir butun va uning yaxlitligini buzish maqsadga muvofiq emas deb
Moskvaga bir necha bor murojaat qilishlariga qaramay ularning tashabbuslari inobatga olinmadi.
Milliy hududiy chegaralanish natijasida Turkistonda O’zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi
(O’zSSR), Turkmaniston Sovet Sotsialistik Respublikasi (TSSR), Tojikiston, Qirg’iziston va
Qozog’iston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikalari tashkil etildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |