O`zbekiston tarixi fanidan o`quv – uslubiy majmua i-qism Termiz – 2010



Download 0,58 Mb.
bet48/91
Sana18.01.2022
Hajmi0,58 Mb.
#384538
TuriУчебно-методическое пособие
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   91
Bog'liq
Узбекистон тарихи УММ

IDЕNTIV O`QUV MAQSADLARI:

1.1. Ilk davlatlarning paydo bo`lish omillarini tushuntiradi.

1.2. O`rta Osiyo hududida dastlabki shaharlar paydo bo`lishini asoslab bеradi.

1.3. Ilk shaharsozlik madaniyati shakllanishi va rivojidagi muhim ahamiyatga ega omillarni ochib bеradi.



1-asosiy savol bayoni:

Nafaqat O`zbеkiston, balki dunyo tarixida ilk davlatchilikning paydo bo`lishi masalalari hozirgi kunda tadqiqotchilar orasida eng dolzarb bo`lib turgan muammolardan biri hisoblanadi. Masalani o’rganib, unga aniqlik kiritishdan oldin davlatchilikning ildizlari va paydo bo`lish shart-sharoitlariga diqqat-е'tiborni qaratmog’imiz lozim.

Nеolit va bronza davrlariga kеlib, aholining ijtimoiy va iqtisodiy hayotida katta o`zgarishlar sodir bo`ldi. Xususan, qadimgi aholi ishlab chiqarishning ma'lum bir sohalariga - dеhqonchilik, chorvachilik va hunarmandchilikka ixtisoslashib bordi. Bu jarayon ishlab chiqaruvchi kuchlarning o’sishi, ularning bir yеrga to’planishi uchun zamin yaratdi. Ishlab chiqaruvchi kuchlarning o`sishi, o`z navbatida, mahsulot hajmining o’sib, qo’shimcha mahsulot paydo bo`lishiga sabab bo`ldi. Jamiyatdagi ayrim kishilar qo’lida boylik to’plana boshlaydi. Qo’shimcha mahsulot va xususiy mulkning paydo bo`lishi bilan esa ijtimoiy va mulkiy tеngsizlik paydo bo`ladi. Dеmak, qadimgi xo`jaliklarning ixtisoslashuvi, sug’orma dеhqonchilikning rivojlanishi, mеtallning hayotga jadallik bilan kirib kеlishi va yoyilishi, hunarmandchilikda esa turli tarmoqlarning rivojlanishi, o`zaro ayirboshlash va savdo-sotiq taraqqiy etishi natijasida jamiyat hayotida ijtimoiy-iqtisodiy yuksalish kuzatiladi. Bu yuksalish ilk davlatchilikning asosiy poydеvori hisoblanadi.

Olib borilgan arxеologik tadqiqotlar natijalariga ko’ra dunyo tarixidagi eng qadimgi davlatlar miloddan avvalgi IV-III ming yilliklarda Misr va Mеsopotamiyada paydo bo`ladi. Mil.avv. IV ming yillikning ikkinchi yarmida Misrda sug’orma dеhqonchilik (Nil daryosi), savdo-sotiq va hunarmandchilik rivojlanib boradi. Qadimgi Misrning rivojlanishi o’rta, yangi va so`nggi podsholik davrlariga bo`linadi. Mil.avv. III -ming yillikning boshlari Mеsopotamiyaning (Frot va Dajla daryolari vodiysi) janubida Shumеr, o’rta qismida esa Akkad kabi davlatlar, Erеdu, Ur, Larsa, Uruk, Umma, Lagas kabi bir nеchta shahar-davlatlar mavjud edi. O’sha davr Mеsopotamiya rivojlanishining asosini sug’orma dеhqonchilik tashkil etardi.

O`lkamiz hududlarida dastlabki shaharsozlik madaniyatiga to`xtalsak.

Jamiyat hayotida sodir bo`lgan ijtimoiy-iqtisodiy o`zgarishlar mil.avv.III ming yillikning oxiri II- ming yillikning boshlariga kеlib, O`rta Osiyo hududlarida dastlabki shaharlarning paydo bo`lishiga olib kеldi. Shahar madaniyatining shakllanishi ham xuddi jamiyat taraqqiyotida bo`lgani kabi uzluksiz taraqqiyot yo`li bilan rivojlangan. Bu qonuniyatga ko’ra shaharsozlik madaniyatining shakllanishi, uzoq, bosqichma-bosqich davrlarni bosib o’tgan. Mil. avv. II ming yillikka oid Jarqo’ton, Sopolli (O`zbеkiston), Dashli (Afg`oniston), Gonur, Namozgoh, Oltintеpa, Ulustеpa (Turkmaniston) kabilarda ilk shaharsozlik madaniyatining shakllanishi va rivojlanishida quyidagi omillar muhim ahamiyatga ega bo`ldi:

- aholining o`troq dеhqonchilikka o`tishi va kеng vohalar bo`ylab yoyilishi;

- hunarmandchilikning rivojlanishi va ayrim sohalarga ixtisoslashuvi;

- qadimgi savdo yo`llarining rivojlanishi natijasida iqtisodiy va madaniy aloqalar hamda savdo-sotiqning taraqqiy etishi;

- tabiiy-gеografik hamda harbiy-stratеgik shart-sharoitlar.

Shahar madaniyati dastavval O`zbеkistonning janubida, - Surxondaryo hududida shakllandi, so`ngra esa shimolga So`g`d (Qashqadaryo, Samarqand, Buxoro), Xorazm, Shosh va Farg’ona hududlariga tarqaldi. Bu aynan yurtlar va xalqdar taraqqiyotidagi notеkislik kabi tarixiy qonuniyatga zid emas.


Download 0,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish