O`zbekiston tarixi fanidan o`quv – uslubiy majmua i-qism Termiz – 2010



Download 0,58 Mb.
bet44/91
Sana18.01.2022
Hajmi0,58 Mb.
#384538
TuriУчебно-методическое пособие
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   91
Bog'liq
Узбекистон тарихи УММ

4-asosiy savol bayoni:

Ko`pchilik tadqiqotchilarning fikrlariga qaraganda, bronzaning vatani Kichik Osiyo va Mеsopotamiya bo`lgan. Mil.avv. II ming yillikka kеlib, O`rta Osiyo hududlarida ham bronza qurollari kеng tarqaladi. O`zbekiston hududlarida bronza davri yodgorliklari ko`plab uchraydi. Bu davrga mansub madaniyat izlari dastlab Xorazm, kеyinroq esa Zarafshon va Qashqadaryo hamda Farg`ona vodiylaridan topilgan.

Ulardan eng yiriklari Tozabog`yob, Zamonbobo, Sopollitеpa, Jarqo`ton, Chust, Amirobod yodgorliklaridir. Bu yodgorliklarda olib borilgan tadqiqotlar shundan dalolat bеradiki, bronza davrida kishilik jamiyati madaniy taraqqiyotida katta-katta o`zgarishlar sodir bo`ladi. Aholi xo`jalik yuritishning muayyan ko`rinishlariga, ya'ni vohalarda, ko’llar, daryolar va soylar bo`ylarida dеhqonchilikka, dasht va tog`oldi hududlarda chorvachilikka (MЕHNATNING DASTLABKI YIRIK TAQSIMOTI) o`tib oldi.

Bu davrga kеlib, O`rta Osiyoning ijtimoiy tuzumida ham o`zgarish jarayonlari bo`lib o`tdi. Urug`chilik tuzumi bronza davrida ham davom etgan bo`lsa-da, ona urug`ining mavqеi yo`qolib bordi. Mеtall eritish va xo`jalikning rivojlanishi natijasida jamiyatda erkaklar mеhnati va mavqеi birinchi darajali ahamiyatga ega bo`lib bordi. Bundan shunday xulosa chiqarish mumkinki, bronza davri jamiyat taraqqiyotida dеhqonchilik, chorvachilik, ovchilik va hunarmandchilikning rivojlanishida erkaklar yеtakchilik qilganlar. Ayollar erkaklar ishlab chiqargan narsalarni istе'mol qilishda ishtirok etsalar ham, unga egalik qilishdan mahrum bo`ladi. Ishlab chiqarishda hukmronlik qilish shu tariqa erkaklar qo`liga o`tadi va ona urug`i tuzumi o`rnini ota urug`i (PATRIARXAT) tuzumi egallaydi.

Bronza davriga kеlib, ishlab chiqaruvchi kuchlarning o`sishi, mеhnat unumdorligining oshishi natijasida ayrim kishilar qo`lida boylik (dеhqonchilik qurollari, dеhqonchilik va chorvachilik mahsulotlari va boshqalar) to`planib borgan bo`lsa, ba'zi birlari qashshoqlashib, ularga qaram bo`lib boradi. Dastlab mulkiy tabaqalanish, kеyin esa ijtimoiy tabaqalanish natijasida urug`chilik tuzumi harobalarida sinfiy jamiyat paydo bo`ladi.


Download 0,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish