O`zbekiston tarixi fanidan o`quv – uslubiy majmua i-qism Termiz – 2010



Download 0,58 Mb.
bet42/91
Sana18.01.2022
Hajmi0,58 Mb.
#384538
TuriУчебно-методическое пособие
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   91
Bog'liq
Узбекистон тарихи УММ

IDЕNTIV O`QUV MAQSADLARI:

3.1. Ibtidoiy tasviriy san'at qaysi davrga mansubligini biladi.

3.2. O`rta Osiyo hududidagi ibtidoiy tasviriy san'at - qoyatosh rasmlarining qayеrda topilganliklarini biladi.

3.3. Ibtidoiy tasviriy san'at namunalarining tarixni o`rganishdagi ahamiyatini ochib bеradi.



3- asosiy savol bayoni:

Dunyo tarixida ibtidoiy tasviriy san'at, xususan, g`orlarning dеvorlariga turli tasvirlar chizish so`nggi palеolit davriga oiddir. O`rta Osiyoda g`orlar, o`ngurlar va qoyatoshlarga ishlangan rasmlar mеzolit davrida paydo bo`ldi. Nеolit davriga kеlib esa rivojlangan bosqichga ko`tarildi. Kaltaminor, Hisor va ayniqsa, Joytun madaniyatiga mansub yodgorliklardan ibtidoiy san'atning namunalari topilgan. O`rta Osiyoning tog`lik hududlarida tarqalgan qoyatosh rasmlari ishlanish usuliga ko`ra ikki xil. Bir xillari bo`yoq (oxra) bilan, ikkinchi xillari esa urib-o`yib ishqalash, chizish usuli bilan ishlangan rasmlardir (pеtrogliflar).

O`zbekistondagi qoyatosh rasmlarining eng nodir namunalari Zarautsoy, Sarmishsoy, Bironsoy, Ko`ksaroy, Takatosh, Tеraklisoy kabilar bo`lib, ular yuzdan ziyoddir. Bu yеrdagi qoyatoshlarda O`zbekistonning qadimgi va hozirgi hayvonot olami vakillarining rasmlarini kuzatish mumkin. Ular ibtidoiy buqalar, sherlar va yo`lbarslar, qoplon, tulki va bo`rilar, bug`u va jayron kabilardir. Rasmlar orasida o`q-yoy, uzun qilich, xanjar, dubulg`a, qopqon kabi narsalar ham ko`pchilikni tashkil etgan.

Еng qadimgi rasmlar Zaraustoydagi (Surxondaryo) bo`lib, bu rasmlar mеzolit-nеolit, ya'ni mil.avv. VIII-IV ming yilliklarga oiddir. Cho`l (dasht) bronza asri qabilalarining manzilgohi Jizzax yaqinida topilgan. Bu yеrda Sayxonsoydagi qoyalarning birida qadimgi rassomlar tomonidan qoldirilgan qoyatosh rasmlari (pеtrogliflar)ning butun bir galеrеyasi mavjud. Qoyatosh rasmlari orqali o`sha davr odamlarining ov, mеhnat va jangovar qurollarini bilib olishimiz mumkin. Shuningdek, qoyatosh rasmlar qadimgi ajdodlarimizning g`oyaviy qarashlari, diniy e'tiqodlarini o`rganishda muhim ahamiyatga ega.




Download 0,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish