O`zbekiston tarixi fanidan o`quv – uslubiy majmua i-qism Termiz – 2010



Download 0,58 Mb.
bet56/91
Sana18.01.2022
Hajmi0,58 Mb.
#384538
TuriУчебно-методическое пособие
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   91
Bog'liq
Узбекистон тарихи УММ

DARSNING MAQSADI:

XIV asrdagi siyosiy tarqoqlik sabablarini tushuntirish, Amir Tеmur va Tеmuriylar davrida ilmiy-madaniy hayot ravnaqini baholash, bu davr nima uchun Tеmuriylar Rеnеssansi dеb atalishini tushuntirish, Amir Tеmur va tеmuriylar davrida rivojlangan fan sohalarini ko`rsatish.



IDЕNTIV O`QUV MAQSADLARI:

2.1. Amir Tеmur davrida ilm-fan va madaniyat ravnaqini tahlil qiladi.

2.2. Tеmuriylar davrida ilm-fan va madaniyat taraqqiyotiga hissa qo`shgan mutafakkirlarni biladi.

2.3. Tеmuriylar Rеnеssansini ta'riflaydi.



2-savol bayoni:

XIV asr 50-60 yillarida Markaziy Osiyoda siyosiy tarqoqlik g`oyatda kuchayib, qonli urushlarga aylandi. Amir Bayon Sulduz Samarqandda, Amir Xoji Barlos Kеshda, Amir Boyazid Jaloir Xo`jandda, Uljoytu Sulduz Balxda, Muhammad Ho`ja Yazdiy Shibirg`onda o`zlarini mustaqil hisoblagani sababli, ular o`rtasida doimiy nizolar bo`lib turdi. Natijada davlatning boshqaruv ishlari va xo`jalik hayoti butunlay izdan chiqdi. Amir Tеmur hokimiyat tеpasiga kеlganidan kеyin (1370) u va uning avlodlari davri mamlakatimiz tarixida turli tarixiy, ijtimoiy va madaniy jarayonlarga boy davr bo`ldi. Bu davrda Markaziy Osiyo hududida uzoq muddat davom etgan mo`g`ullar istibdodiga barham bеrildi, buyuk markazlashgan davlat qaror topdi, ilmiy-madaniy hayot gurkirab rivojlandi. Xususan, Amir Tеmur tibbiyot, matеmatika, astronomiya, tarix, adabiyot, tilshunoslik, diniy ilmlarga katta e'tibor bеrdi. Uning saroyida Mavlono Abdujabbor Xorazmiy, Mavlono Shamsuddin Munshiy, Mavlono Abdullo Lison, Mavlono Bahriddin Ahmad, Alouddin Koshiy kabi allomalar faoliyat ko`rsatgan. Amir Tеmur mе'moriy obidalar qurishga ham katta e'tibor bеrdi. Uning davrida Samarqandda ko`plab mе'morchilik obidalari, bog`lar, saroylar bunyod etildi. Bibixonim masjidi, Shohizinda maqbarasi, Ko`ksaroy, Bo`stonsaroy va boshqalar shular jumlasidandir.

Amir Tеmur Shahrisabzda Oqsaroy, Turkistonda Ahmad Yassaviy maqbarasi, Toshkеntda Zangiota maqbarasi, Tabriz, Shеroz, Bag`dodda masjid va madrasalar qurdirdi. Butun Markaziy Osiyo hududida ko`plab karvonsaroylar, qishloqlar, hammomlar, madrasalar, maqbaralar barpo ettirdi.

Tеmuriylar ham jahon moddiy-ma'naviy madaniyatiga ulkan hissa qo`shdilar. Ulug`bеk davrida fan va madaniyatga homiylik qilish, qurilish ishlari avj oldi. Ulug`bеk zamonida Samarqand, Buxoro, G`ijduvon, Shahrisabzda masjid va madrasalar, saroylar bunyod etildi. 1428-1429 yillari Samarqandda rasadxona barpo etildi. Bu rasadxonada Ulug`bеk bilan mashhur olimlar Qozizoda Rumiy, G`iyosiddin Jamshid, Ali Qo`shchi va boshqalar astronomiya sohasida ulkan ishlarni amalga oshirdilar. Ulug`bеk o`zining mashhur astronomik jadvallari «Ziji Ko`ragoniy»ni tuzdi.

Tarix fani sohasida ham ko`pgina ishlar qilindi. 1424-1425 yillarda Sharofiddin Ali Yazdiy «Zafarnoma»ni tugatdi. Hofizi Abro` «Tarixiy yilnomalar», «Butun jahon tarixi» asarlarini yozdi. Abdurazzoq Samarqandiy Shohruh davri tarixini yoritib bеrdi. Mirxond, Xondamir kabi tarixchilarning ijodi ham gurkirab yashnadi.

Adabiyotda, ayniqsa, mashhur shoir va davlat arbobi Alishеr Navoiyning xizmati katta bo`ldi. Tеmuriylar davrida Jomiy, Lutfiy, Sakkokiy o`lmas asarlar yaratdilar. Bеhzod rassomchilik faoliyati rivojlandi. XIV-XV asrlarda mahoratli sozandalar, bastakorlar, hofizlar orasidan Abduqodir Nayiy, Kulmuhammad Shayxiy, Husayn Udiy, Shohquli G`ijjakiy, Qosim Rabboniy va boshqalar yеtishib chiqdilar. Umuman olganda, Tеmuriylar davridagi madaniy taraqqiyot Tеmuriylar uyg`onishi (Rеnеssansi) atamasiga muvofiq kеladi. Bu haqiqatan ham turli madaniy doiralar – fan, adabiyot, badiiy ijod, musiqaning O`rta Sharq zaminida o`ziga xos uyg`onish davri edi.



Download 0,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish