“O’zbekiston tarixi” fanidan ma’ruzalar kursi


-Modul: Amir Temur va temuriylar davrida ijtimoiy-iqtisodiy



Download 3,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/104
Sana27.03.2022
Hajmi3,17 Mb.
#512729
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   104
Bog'liq
ozbekiston tarixi

 
7-Modul: Amir Temur va temuriylar davrida ijtimoiy-iqtisodiy
siyosiy va madaniy hayot. 
1.XIV asr o’rtalarida Movarounnahrdagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat. 
2.Sohibqiron Amir Temur hokimiyatining o’rnatilishi. Markaziy 
davlat boshqaruvining takomillashuvi. 
3.Amir Temurning vafotidan keyin temuriy shaxzodalari o’rtasida 
toju-taxt uchun kurashlar. 
4.Mavorounnaxrda Mirzo Ulug’bek hukmronligi 
5. Temuriylar davrda ilm-fan va madaniyat ravnaqi. 
 
1. XIV asr o’rtalarida Movarounnahrdagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat. 
Amir Temurning siyosat maydoniga chiqishi va uning markazlashgan 
davlatni vujudga keltirish uchun kurashi to’g’risida so’zlashdan avval, XIV 
asrning 40-60 yillarida Movarounnahrda tarixiy vaziyat qanday edi, degan 
savolga javob berishi, ana shu davrdagi ijtimoiy-siyosiy ahvolgaqisqacha 
to’xtalib O’tishi uchun quyidagilarga e’tibor qaratishi maqsadga muvofiqdir. Bu 
xususdaakademik I.Mo’minov: 
"Bu davrda Movarounnahrda chet el 
qaramligidan, mo’g’ul xonligidan ajralib mustaqil, kuchli hokimiyat tuzishdan 
manfaatdor bo’lgan aslzodalar orasidan ayrim guruxlar yetishib chiqa 
boshladi”
,
-
deb yozgan edi. Chig’atoy ulusi hokimi Kebekxonning 1318-1326 
yillardagi ma’muriy va pul islohoti o’tkazishdan va boshqa ishlardan ham 
maqsadi shunday bo’lsa kerak. 
Chingiziylardan 
chiqqan 
xon 
Qozonxon 
ham 
huddi 
shunday 
Kepekxongao’xshab boshqacha siyosat yurgizishgaharakat qildi. 
Bular masalaning bir tomoni. Masalaning ikkinchi, eng muhim tomoni 
shundaki, keng xalq ommasi ko’p mashaqqatlar bilan uzoq vaqt ichida 
irrigatsiya tarmoqlarini ariq, zovur, suv omborlari, to’g’onlarni tikladi, 
dehqonchilik, hunarmandchilikni yo’lgaqo’ydi, ayni vaqtdao’zaro urushlarga, 
mayda feodal hokimlarniig o’zboshimchaligiga, mo’g’ul xon va Oltin 
O’rdaning turli noiblari bosqinchiligigaqarshi kurash olib bordi", - deb yozgan 
edilar. 


109 
Mo’g’ullar hukmronligi davrida xalq ommasi yanada ko’proq azob chekdi, 
xo’rlandi, talandi. Chig’atoy xonlari bilan mahalliy aholi, zodagonlar o’rtasida 
ziddiyat tobora keskinlashib bordi. Anashu kurashlar natijasida XIV asrning 40 
yillarida Chig’atoy ulusi ikki qismga - Sharqiy Turkiston va Yettisuvni o’z 
ichiga olgan Mo’g’uliston va Movarounnahrga bo’linib ketdi. Bo’lingan 
davlatlar o’rtasidao’zaro kurash avjiga chiqib, Mo’g’uliston xonlari 
Movarounnahrga tez-tez hujum qilib turdilar. 
Mamlakatning iqtisodiy ahvoli ham tobora murakkablashib borayotgan 
edi. Bundan tashqari Movarounnahr bir necha feodal davlatlarga bo’linib, Kesh-
SHahrisabz, Buxoro, Termez, Badaxshon, Xo’jand, Shosh-Toshkent va boshqa 
viloyatlar hokimlari o’rtasida tinimsiz urush-janjallar bo’lib turardi. Bu 
holatlarning barchasi mamlakatda bitga qattiqqo’l hokimiyat-ning bo’lmaganligi 
oqibati edi. 
Mana shu vaziyatda, ya’ni 1360 yili mo’g’ul xoni Tug’luq Temur 
Movarounnahrgao’z qo’shinlari bilan osonlikcha bostirib kirdi. Movarounnahr 
tarqoq holdagi feodal davlatlardan iborat bo’lganligi uchun ham Tug’luq Temur 
qo’shinlariga qarshi hamjihatlik bilan kurash olib boradigan kuch yo’q edi. 
Uning ko’shinlari hatto, hech qanday qarshiliksiz Qashqadaryo tomon harakat 
qila boshladi. Qashqadaryo hokimi Xoji Barlos mo’g’ul bosqinchilariga qarshi 
kurashishni tashkil etish o’rniga, undan qo’rqib o’z qo’shinlarini olib, 
Amudaryo tomon chekindi. Xalq boshliqsiz va najotsiz qoldi. Mana shuning 
o’zi ham mahalliy xalq orasidan kuchli shaxslar chiqishini taqozo etar edi. Ana 
shunday bir vaziyatda tarix sahnasiga butun jahonga dovrug’ solgan, o’zining 
salmoqli izini qoldirgan, har tomonlama olloh ato etgan talantga, qobiliyatga 
ega bo’lgan Amir Temur chiqdi. Akademik I.Mo’minov o’rinli ta’kidlaganidek, 
"Chig’atoy ulusining zulmi, mayda feodal beklarning vaxshiyona ezishi, 
mo’g’ul xonlari, Oltin O’rda beklarining Movarounnahrdagi to’xtovsiz 
bosqinchilik yurishlaridan azoblangan, xonavayron bo’lgan, 150 yil mobaynida 
chet el hukmronligidan tinkasi qurigan mamlakatning, xalqning mustaqillikka 
erishish talabi edi. Bu tarixiy zaruriyat Temurda, uning lashkarboshchiligida 
ravshan ko’rinadi". 
O’qituvchi o’z imkoniyatlariga qarab, talabalarga bu ilovadagi ma’lu-
motlarni o’qib olishni yoki seminar mashg’ulot muhokamasiga tavsiya etishi 
ham mumkin. Amir Temur tarqoq feodal davlatlar o’rtasidagi urush janjallardan 
o’z xalqining azob chekayotganiga, mo’g’ul bosqinchlarining ko’rsatayotgan 
kulfatlariga befarq qaray olmadi. Shuning uchun ham mug’ul xoni Tug’luq 
Temur qo’shinlari Qashqadaryoni zabt etish uchun yo’lga tushganini ko’rib, O’z 
vatanini, xalqini azob uqubatga tashlab, hech najotsiz qoldirib ketayotgan Xoji 
Barlos bilan ketayotgan Temur yuz bergan vaziyatni hisobga olib, o’z vatanini 
mo’g’ul bosqinchilaridan qutqarib qolish lozimligini angladi. Qochib 
ketayotgan tog’asi Xoji Barlosga "Sizning Xurosonga qarab yo’l olishingiz 
mening esa viloyatni vayronlikdan qutqarib qolish uchun Shaxrisabzga 
qaytishim ma’quldir va davlatni idora qilishni saqlab qolmoqlik maqsadida 


110 
mo’g’ul xoni xizmatiga kirganim ma’qul, foydalidir", - deydi. Shu o’rinda 
Sharafiddin Ali Yazdiy Temurning harbiy yurishlarga bag’ishlangan, 1437 yilda 
yozib tugallangan "Zafarnomasida Amir Temurning quyidagi so’zlarini 
keltiradi: "Boshliqsiz mamlakat joni sug’urib olingan tanagao’xshaydi. Jonsiz 
tana uning haloqati bilan barovardir". SHunday qilib, Amir Temur mo’g’ul xoni 
To’g’liq Temurga ochiqcha chiqish, kurash olib borish foydasiz ekanligiga to’la 
ishonch hosil qilib, uning xizmatiga kiradi vao’zining to’g’ri maslahatlari bilan 
uning ishonchini qozonadi. To’g’liq Temur 25 yoshli Amir Temurga ishonch 
bildirib, Xoji Barlos o’rniga Shaxrisabz hokimi qilib tayinlaydi. U o’zi hukmron 
bo’lib olgan hokimlikning mavqeini mustahkamlash chora-tadbirlarini ko’rishga 
kirishadi. 1361 yildan boshlab Qozog’onning nabirasi, Balx va uning atrofi 
yerlari hukmdori Amir Husayn bilan yaxshi munosabat o’rnatadi. Bu 
munosabatni yanada mustahkamlash maqsadida Temur 1362 yili uning singlisi 
Uljos Turkonga uylanadi. 
Tug’luq Temur vafot etgandan so’ng, uning o’g’li Ilyosxo’ja 1365 yilda 
katta qo’shin to’plab, Movarounnahrga yurish boshlaydi. Buni payqagan 
Xusayin va Temur o’zlariga qarshi juda shiddat bilan kelayotgan Ilyosxo’jaga 
qarshi qo’shin to’playdi. Chinoz bilan Toshkent o’rtasida to’qnashib katta jang 
qilishadi. Bu shiddatli jang ketayotgan davrda kuchli jala yoqqanligi uchun ham 
bu jang tarixga "SHilta jangi" yoki "Jangi loy" nomi bilan kirdi. Urushda 
Ilyosxo’ja qo’shinlarining qo’li baland kelib, ayniqsaAmir Xusayin juda katta 
zarar ko’radi. U Temur bilan o’z qo’shinlariiing qolganini olib chekinishga 
majbur bO’ladi. Avval ular Samarqandga, so’ng Amudaryo sohillariga 
chekinadilar. Ilyosxo’ja esa Samarqand tomon yurishini davom ettiradi. 
Samarqand shahri aholisi Ilyosxo’janing bosqinchilik harakatini bartaraf 
etishga kirishadi. Ularga shahardagi bir guruh sarbadorlar rahnamolik qilishib, 
shahar aholisini mo’g’ul bosqinchilariga qarshi kurashga chaqiradilar. Xalq 
ommasining mug’ul talonchilariga, mahalliy yer egalarining haddan ortiq jabru-
zulmlariga qarshi kuchli noroziligi bu yerda "sarbadorlar" deb nom olgai 
qudratli ozodlik harakatining boshlanishiga olib keldi. Asli bu harakat 1330 
yilda Xurosonda boshlanib, ular mo’g’ullarga bo’ysinib yashagandan ko’ra 
dorda osilib o’lishni afzal ko’rgan edilar. Samarqanddagi "sarbadorlar" ning 
rahbarlari madrasada tahsil ko’ruvchi Mavlonozoda, sobiq paxta savalovchi 
Abu Bakr Qalaviylar edilar. Mavlonozoda Jome’ masjidida to’plangan o’n 
mingga yaqin aholiga murojaat qilib, shaharni mo’g’ullardan himoya qilishga 
da’vat etdi. Ularni madrasalar talabalari, yoshlar, hunarmandlar

shahardan 
tashqaridagi dehqonlar va o’rta yer egalari qo’llab-quvvatladilar. Ular 
Samarqand mudofaasini muvaffaqiyatli tashkil qilib, - mo’g’ullarning 
bosqinchilik harakatini bartaraf etishga muvaffaq bo’ldilar. Ilyosxo’ja ikki ming 
jangchilaridan ajralib, avval Samarqandni, so’ng Movarounnahrni tashlab 
chiqib ketishga majbur bo’ldi. Mo’g’ul bosqinchilari ustidan erishilgan 
g’alabaagar xalqqa jasur, qobiliyatli, ishonchli, o’z so’zi ustidan chiqish uchun 


111 
astoydil harakat qiladigan rahbar bo’lsa, juda ko’p ishlar qilish mumkinligini 
ko’rsatdi. 
Qishni Temur Keshda-Shaxrisabzda, Husayn esa Amudaryo sohillarida 
o’tkazayotganlarida sarbadorlarning mug’ul talonchilari ustidan erishilgan 
g’alabalarini eshitib, Samarqandga qaytadilar. Bundan keyingi voqealar 
jarayonida ikki amir o’rtasidagi ixtiloflar tobora ko’chayib bordi. 
60-yillarning ohirida Xusayin o’ziga qarashli Balx shahrini mustahkamlab, 
istehkomlar qurishga kirishdi. Shahar devorini tiklab, qurol-yarog’ni ko’paytira 
boshladi. Temur bu harakatning o’ziga qarshi qaratilganini yaxshi anglayottan 
edi. U Husaynni yo’ldan qaytarishga qanchaharakat qilsada, foydasi bo’lmadi. 
SHu sababli Temur oldinroq harakat qilib, uning xatti-harakatlarini to’xtatishga 
majbur bo’ldi. 
Biroq Husayn o’z makkorligini davom ettirgach, Amir Temur 1370 yilda 
uni Xatlon hokimi Kayxusrov qo’li bilan bartaraf etdi. 
U Chingizxon avlodidan bo’lgan Amir Husaynning beva xotini Saroy-
mulkxonim (Bibixonim)ga uylanib, «Ko’ragon» (xon kuyovi) nomini oldi. 
Bundan tashqari Amir Temurga Sohibqiron degan ulug’ nom ham qo’shib 
ishlatiladi. Mana shu paytdan boshlab Amir Temurning Movarounnahrning 
yakka hukmdori sifatidagi faoliyati boshlandi. Shuningdek, qo’shin 
sarkardalarining qurultoyi ham Amir Temurni Movarounnahrning yagona 
hukmdori deb e’lon qiladi. Asosiy vazifa Movarounnahrni birlashtirishdan 
iborat, deb tushungan Temur yaqin kishilaridan biri amir Dovudni devonbegi 
qilib tayinladi. Yana uch vazirni tayin qilib, ulargaasosan hal qiluvchi muhim 
ishlar topshirildi. Mamlakatdagi qabila va guruhlarning manfaatlari to’laligicha 
inobatga olindi. Bu xususda Ibn Arabshoh shunday yozadi: "Ular (tayinlangan 
vazirlar) mamlakatning ko’zga ko’ringan a’yonlari hisoblanib, boshqa har bir 
kimsa ular fikrlariga iqtido etardi. Arablarda qancha bo’lsa, turklarda ham 
qariyib shuncha qabila va guruhlar bordir. O’sha vaqtlardan har qaysisi bir 
qabilaga mansub bo’lib o’z fikr chirog’i bilan u qabila uylarini yorituvchi pilik 
misoli edi. Ulardan birining qabilasi orlot, ikkinchisi jaloyir, uchunchisiniki 
qovunchi, to’rtinchisiniki barlos deb atalardi. Temur to’rtinchi qabila o’g’loni 
edi". 
Bundan shu narsa yaqqol ko’rinib turibdiki, A.Temur o’z hukmronligining 
dastlabki kunlaridanq, har bir qabila manfaatini chetda qoldirmadi. Bu 
udumlarga u boshqa mansablarni tayinlashda ham amal qildi. 
Movarounnahrning mashhur shaharlaridan va mo’’tabar joylaridan biri 
hisoblangan Samarqand poytaxt qilib tanlandi. Poytaxtni mustahkam devorlar 
bilan o’rab, shahriston va saroylar qurdira boshladi. 
Amir Temur uchun Amudaryo va Sirdaryo oralig’i yerlarini, Farg’ona va 
Shosh–Toshkent viloyatlarini o’ziga qaratish va birlashtirish uncha 
qiyinchiliklarni talab qilmadi. Bu yerlarda Temurga qarshi turadigan hokimiyat 
kuchlarining deyarli o’zi yo’q edi. Amir Temur Xorazm yerlarini o’z 
mamlakatining ajralmas qismi deb hisoblar edi. Qadimiy Xorazmni birlashtirish 


112 
ko’pgina sabablarga binoan murakkabroq bo’ldi. Buning boisi Xorazm ikkiga 
bo’lingan bo’lib, Shimoliy Xorazm Oltin O’rda tarkibiga kirar, Janubiy Xorazm 
esa Chig’atoy ulusi qaramog’ida edi, 1359 yilda Berdibekxonning vafotidan 
so’ng Oltin O’rdada boshlangan g’alayonlardan foydalanib, Xorazm mustaqil
bo’lib oldi va uni Qo’ng’irot qabilasidan so’filar sulolasi boshqara boshladi. 
Xusayn So’fi Xorazmning har ikki tomonini birlashtirishga harakat qilib, qot 
qal’asi va Xivani kuch bilan qo’lga kiritdi. Amir Temur Husayn So’fidan 
Janubiy Xorazm viloyati va uning shaharlarini qaytarishni talab qildi. Bunga rad 
javobini olgandan so’ng 1372 yil harbiy yurish qilib, hududni qaytarib oldi. Shu 
yili Husayn So’fi qotni yana bosib oldi. 1373-1374 yillari Temur Xorazmga 
yana yurish qildi. Ana shu ikki yurish natijasida Janubiy Xorazm Temur 
davlatining tarkibiga kirdi. SHu o’rinda ta’kidlash joizki, Oltin O’rda xoni 
To’xtamishning Xorazmga da’vosi tufayli Temur yana Xorazmga uch bor
yurish qildi va 1388 yilda Xorazmni to’liq eg’alladi. 

Download 3,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish