4.Yuksak ma’naviyatli komil insonlarni tarbiyalashda O’zbekiston
tarixini o’rganishning ahamiyati.
O’zbekiston tarixi yoshlarga xalqimizning o’tmishi, tarixi haqida bilim
berish bilan chegaralanib qolmaydi. U yoshlarni vatanparvar ma’naviy jihatdan
komil fuqaro etib shakllantirishda xizmat qiladi. Vatanimiz tarixi “Har bir
fuqaroni boy madaniy merosimizni qadrlashga, asrab-avaylashga, yurakdan
iftixor qilishga o’rgatadi. O’zimizning boy o’tmishi merosimizdan madad va
ibrat olishga imkon beradi. Odamlar qalbida ezgulik tuyg’ularini uyg’otib,
bugungi avlod kimlarning avlodi, kimlarning zoti va vorislari ekanini anglashga
undaydi”
1
. Mustaqillik davrida O’zbekiston tarixida burilish pallasi, ma’muriy
buyruqbozlikka asoslangan totalitar tuzumdan xoli, demokratik tizimga o’tish
davri boshlandi. Millatimizni haqqoniy tariximiz bilan qurollantirishimiz lozim.
Chunki to’g’ri tarix to’g’ri tarbiyani yo’lga solib turadi. To’g’ri tarixiy dalil
ishonchli hujjat sifatida nishonga kishining qalbiga va ongiga aniq yetib boradi.
Xalqning o’ziga bo’lgan ishonchini oshiradi va mustahkamlaydi. Kelajagi
bundanda buyuk davlat qurishga kirishgan xalqimiz uchun o’z tarixini bilishi
shuning uchun ham juda zarur.
Olis o’tmishimiz va yaqin kechmishimizda yuz bergan voqea-xodisalarni
chuqur bilib, ulardan tegishli xulosa va saboqlar olishimiz bugunimiz uchun
asqotadi, kelgusida esa o’tmishda yo’l qo’yilgan xato va nuqsonlarni
takrorlamaslikning oldini oladi. Tarixiy saboq himoyalanish, to’g’ri yo’lni
belgilab olish ahamiyatiga ham egadir. Buyuk davlatimiz ildizlari chuqur tomir
otgan qadimiy zaminda qurilmoqda, buni bilmoq har qaysi insonga ruh
bag’ishlaydi. Xalqimizning, davlatchiligimizning o’tmishi shonli va shukuhli
ekan, demakki, kelajagi ham yanada porloq bo’lishi aniq. Bunda avlodning
ajdodga vorisligi asosiy omildir. Bugungi O’zbekiston respublikasi qadim
Turon va Turkiston mamlakatining, shu zaminda vujudga kelgan barcha
davlatlarning bevosita vorisidir. Shunday ekan bugungi yoshlar mustaqillikni
asrab avaylash, mustahkamlash, mamlakatimizning keyingi avlodlariga yanada
1
Karimov I.A. Xavfsizlik va barqaror taraqqiyot yo’lida. T.6. Toshkent: O’zbekiston, 1998. 371-b.
10
qudratli, obod, ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlangan holda yetkazishi ularning
sharafli burchidir.
Tarixning quroli- ma’rifat va ma’niviyatdir. Ma’naviy barkamollikni
tarbiyalashda Vatan tarixi muhim omil hisoblanadi. Birinchi Prezident
I.A.Karimov ta’kidlaganidek, “Ma’naviyat-o’z xalqining tarixini, uning
madaniyati va vazifalarini chuqur bilish va tushunib yetishga suyangandagina
qudratli kuchga aylanadi.”
2
. Insonda tarixiy xotira o’z Vatani tarixini, o’z xalqi
ajdodlari tarixini bilish orqali shakllanadi. Tarix fani olam yagona va yaxlit,
O’zbekiston uning ajralmas bir qismi, olamda sodir bo’ladigan voqea xodisalar
umumiy va o’zaro bog’lanishda, uzluksiz harakatda ekanligi xususida to’g’ri
tasavvur tushunchalarini shakllantiradi.
O’zbekiston Prezidenti SH.M.Mirziyoev “Dunyo shiddat bilan o’zgarib,
barqarorlik va xalqlarning mustahkam rivojlanishiga raxna soladigan turli yangi
tahdid va havflar paydo bo’layotgan bugungi kunda ma’naviyat va ma’rifatga,
ahloqiy tarbiya, yoshlarning bilim olish, kamolga intilishga e’tibor qaratish har
qachongidan ham muhimdir. Aynan ta’lim va ma’rifat bashariyat
farovonligining asosiy omillaridan hisoblanadi, insonlarni ezgulikka da’vat
etadi, saxovatli, sabr-qanoatli bo’lishga undaydi”, deb ta’kidlaydi. Yosh
avlodning ta’limi, tarbiyasi haqida gapirganda alloma Abdurauf Fitratning
quyidagi fikrlari: “Xalqning aniq maqsad sari harakat qilishi, davlatmand
bo’lishi, baxtli bo’lib, izzat-hurmat topishi, jahongir bo’lishi yoki zaif bo’lib
xorlikka tushishi, baxtsizlik yukini tortishi, e’tibordan qolib, o’zgalarga tobe va
qul, asir bo’lishi ularning ota-onalaridan bolalikda olgan tarbiyalariga bog’liq”,
degan purma’no gaplari naqadar haqiqatdir. Bugungi murakkab globallashuv
davrida vujudga kelayotgan dolzarb muammolar, xalqimiz ma’naviyatini
asrash va yanada yuksaltirish, yosh avlodning qalbi va ongini turli zararli
g’oya va mafkuralar ta’siridan saqlash va himoya qilishda Vatan tarixini
har tomonlama chuqur, birlamchi manbalarga tayanib talqin etish, kelajak
avlodga haqiqiy tariximizni o’qitish orqali ularni yuksak ma’naviyatli shaxslar
etib tarbiyalash dolzarb ahamiyat kasb etadi.
“O’zbekiston tarixi” fanining vazifasi:
– Vatanimiz hududlarida eng qadimgi davrlardan boshlab bo’lib
o’tgan tarixiy-madaniy jarayonlarni xolisona hamda haqqoniy manbalarga
tayangan holda tahlil qilish, o’rgatish, ularning sabablari va mohiyatlarini
talaba yoshlarga ochib berish, tarixiy saboq chiqarishini kuchaytirish;
2
Karimov I.A. O’zbekiston XX1 asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid va barqarorlik shartlari va
taraqqiyot kafolatlari. –Toshkent: O’zbekiston, 1997. 137-bet.
11
– tarixning turli davrlarida mamlakat iqtisodiy va madaniy ravnaqi
uchun fidoyilik qilgan davlat arboblari, ulug’ sarkardalar, ilm-fan hamda
madaniyat namoyandalari, milliy qahramonlar faoliyatini o’rganish, fahr va
o’rnak olish asosida yoshlarimizni millatparvarlik ruhida tarbiyalash;
– tarixiy xotira asosida yoshlarimizni “Biz hech kimdan kam emasmiz va
kam bo’lmaymiz”, “Biz faqat o’z bilimimiz, iqtidorimiz, iste’dodimiz,
kuchimiz, mehnatimizga ishonamiz”, “Vatanimiz-faxrimiz, gullab-yashnashi,
taraqqiyoti uchun har birimiz mas’ulmiz”, “Kelajak yoshlar qo’lida”, “Biz-
Vatanga tayanchmiz” kabi bunyodkor g’oyalar ruhida tarbiyalash;
– hozirgi kunda mamlakatimizda o’tkazilayotgan islohotlar va juda
ko’plab bo’layotgan zamonaviy o’zgarishlar mohiyatini, huquqiy-
demokratik jamiyat qurish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonlarida
ularning faolligini oshirish yo’lidagi yangiliklarni, 2017-2021 yillarda
O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustivor yo’nalishi bo’yicha
“Harakatlar strategiyasi”ning bajarilishi, O’zbekistonning yanada taraqqiy
etishi, jahon hamjamiyati bilan kuchli integratsiyalashuvi jarayonlarini
yoshlarga yetkazish va bevosita o’zlarining ham shu harakat a’zolari ekanligini
ta’kidlab bor kuch va imkoniyatlarini Vatanining rivojlanishi uchun hissasini
qo’shish kerakligini qalbiga joylash. Ularning faolligini oshirish, yuksak
ma’naviyatli, qat’iy hayotiy pozitsiya, keng dunyoqarash va chuqur ilmga ega
bo’lgan vatanparvar yoshlarni tarbiyalash;
“O’zbekiston tarixi” fanini o’qitishda talabalarda fan bo’yicha zarur
ko’nikma xosil bo’lishida va kelgusi yetuk mutaxassis bo’lib yetishida quyidagi
ustuvor yo’nalishlar samara beradi deb o’ylayman:
1. O’zbekiston tarixi nihoyatda boy va rang-barangdir. O’lkamiz hududlari
eng qadimgi davrlardan boshlab jahon tsivilizatsiyasi o’choqlaridan biri
hisoblanib, bu yerda dunyo tsivilizatsiyasidagi mahalliy xalqlarga xos tarixiy-
madaniy jarayonlar bo’lib o’tgan. O’lkamiz hududlaridan dunyo tsivilizatsiyasi
tarixiy taraqqiyotida o’chmas iz qoldirgan olimu fuzalolar, davlat arbobiyu,
sarkardalar yetishib chiqqanlar. Bular haqida talabalarga ko’proq ma’lumotlar
berishda turli mavzularga oid taqdimotlardan keng foydalanish samarali natija
beradi.
2. “O’zbekiston tarixi” fanini o’qitish jarayonida mamlakatimizda faoliyat
ko’rsatayotgan tarixchi olimlarning ilmiy tadqiqot ishlarini, jumladan xalqaro,
respublika jurnallarida chop etilgan materiallaridan ham dars jarayonida
muntazam samarali foydalanishni, yangiliklar bilan yashashni tashkil etish
maqsadga muvofiqdir.
3. Ma’lumki, pedagogik texnologiya ta’lim-tarbiya jarayonga o’ziga xos
bo’lgan innovatsion yondashuvdir. O’qitishning va’zxonlik, og’zaki bayon
12
qilish usullarini me’yorlashtirib, kompьyuterlar yordamida ta’limning texnik
vositalari yordamida o’qitish o’quvchi bilish faoliyatining boshqaruvchisi,
tashkilotchisi, maslahatchisi yakuniy natijaga erishishi, ustoz yordamida
talabalarning ko’proq mustaqil ishlarini tashkil etish, talabalarning, yoshlarning
mustaqil, erkin fikrlashini kuchaytirish zarurdir. CHunki jahonning yetakchi
davlatlari andozalari talabiga javob bera oladigan mutaxassislar tayyorlash
hozirgi davrning talabidir.
4. “O’zbekiston tarixi”ni o’qitish jarayonida so’nggi zamonaviy kompyuter
texnologiyalaridan, ovozli tarixiy o’quv qo’llanmalar, videoroliklardan samarali
foydalanish maqsadga muvofiqdir.
5. Fanni o’qitishda joylardagi o’lkashunoslik, tarixiy va uy muzeylarga,
yodgorliklar, qadimiy me’moriy obidalar, ziyoratgohlarga talabalarni olib
borish, ekskurtsiya tashkil qilish va o’z yashab turgan joyining tarixi bilan
birgalikda “O’zbekiston tarixi”ni o’qitish ham samarali natijalarni beradi.
6. O’qitishda interfaol va yangi pedagogik texnologiya usullaridan kengroq
va samarali foydalanish. Jumladan, ma’ruza (kirish, mavzuga oid, vizuallash),
“Klaster ( Axborotni yoyish)”, “Sinkveyn (Axborotni yig’ish), “Tanqidiy
fikrlash”, “Intelektuallar musobaqasi” “Menyu”, “Aqliy hujum”, “Blits so’rov”,
“Zanjir” va boshqa metodlardan samarali foydalanish.
7. Talabaning jarayonli sifatlarini shakllantirishga, ta’lim oluvchining
faoliyatni aktivlashtirish va intensivlashtirish, o’quv jarayonida uning barcha
qobiliyati va imkoniyatlari, tashabbuskorligini ochishga yo’naltirish, “o’z-o’zini
o’qitish” asosida talabaning o’quv materialini o’zlashtirish imkoniyatlaridan
keng foydalanish, talabaning o’zlashtirish darajalarini nazorat qilishni tashkil
etish.
8. Demokratik, tenglik, ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi faoliyat
mazmunini shakllantirishda va erishilgan natijalarni baholashda modulli tizimga
yondashilib, talabalar bilan birgalikda ishlashni joriy etishga e’tiborni qaratish
zarurligini tashkil etish.
9. Ta’lim mazmunini muammoli tarzda taqdim qilish orqali ta’lim oluvchi
faoliyatini aktivlashtirish usullaridan biri. Bunda ilmiy bilimni ob’ektiv
qarama-qarshiligi va uni hal etish usullarini, dialektik mushohadani
shakllantirish va rivojlantirishni, amaliy faoliyatga ularni ijodiy tarzda
qo’llashni mustaqil ijodiy faoliyati ta’minlanadi.
10. “O’zbekiston tarixi” fanini o’qitishni tashkil etishda quyidagi
shakllardan, dialog, polilog, muloqot hamkorlik va o’zaro o’rganishga
asoslangan frontal, kollektiv va guruh kabilarni qo’llash.
11. O’quv mashg’uloti bosqichlarini belgilab beruvchi texnologik karta
ko’rinishidagi o’quv mashg’ulotlarini rejalashtirish, qo’yilgan maqsadga
erishishda o’qituvchi va tinglovchining birgalikdagi harakati, nafaqat
auditoriya mashg’ulotlari, balki auditoriyadan tashqari mustaqil ishlarning
nazorati kabilar samarali natijalarni beradi.
13
Aniq ta’kidlaganda, Vatan tarixi, talabalarda xalqning o’tmishi, hozirgi
zamon va kelajagi yagona tarixiy jarayon degan tuvshunchani shakllantiradi. Bu
esa yoshlarni olg’a intilishga, taraqqiyotga ko’maklashishiga undaydi.
Yoshlarning ilmiy dunyoqarashini, siyosiy madaniyatini tarbiyalaydi, jamiyatda
o’z o’rnini to’g’ri belgilashga ko’maklashadi. Kelajak sari intilayotgan yoshlar
uchun bu ma’naviy boy meros mustahkam tayanchdir. Uning zaminida tinimsiz
va mashaqqatli mehnat, har qanday to’siqlarni yengish, ilmga va ziyoga intilish
kabi hislatlar yotadi. Bunday xislatlar O’zbekiston tarixini o’qitish orqali
yoshlarga singdiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |