73
Gitler tomonidan SSSRga qarshi tuzilgan reja «Barbarossa» (sariqsoqol)
77
deb, nomlanib, unda «Germaniya qurolli kuchlari Sovet Rossiyasini qisqa muddatli
kompaniya davomida Angliyaga qarshi urush tugagunga qadar tor-mor keltirishga
tayyor bo’lishlari
lozimligi,: Ruslarning G’arbmy Yevropadagi quruqlikdagi
qo’shinlarining asosiy kuchlari dadil operasiyalarda tanklarning tez harakatlanishi
va chuqur kirib borishi vositasida yo’q qilinishi kerakligi kabilar belgilangan
78
.
Urushning dastlabki kunlaridanoq urush girdobiga tortilgan O’zbekistonning
ham moddiy va ma’naviy kuchlarini urushga safarbar etishga kirishildi. Barcha
viloyat, shahar tuman harbiy komissiaratlari harbiy xizmat majburiyatida
bo’lganlarni safarbar etish bilan shug’ullandilar. Urushning datlabki oyidayoq yuz
minglab vatandoshlarimiz qo’lga qurol olib frontga jo’nab ketdilar.
O’rta Osiyo harbiy okrugi front uchun jangchilar va zobitlar tayyorlaydigan
uchoqqa aylantirildi. Bu okrug 1941
- yil iyunidan, 1942 - yil oxirigacha bo’lgan
muddatda harbiy safarbarlik asosida 109 ta harbiy qo’shilma tuzdi, harakatdagi
armiyaga va Oliy Bosh Qumondonlik qarorgohi zahirasiga 86 deviziya hada
brigada jo’natdi.
O’zbekiston hukumati va vatanparvar kuchlari milliy harbiy qo’shilmalar
tuzish tashabbusi bilan chiqdilar. 1941 - yil 13-noyabrdan, 1942 - yil martgacha
bo’lgan davrda 14 ta milliy harbiy qo’shilmalar jumladan, 9 ta o’qchi brigada, 5 ta
otliq askardar deviziya tuzilib frontga jo’natildi.
1941 - yilda O’zbekiston aholisi jami 6,5 million kishini tashkil etgan,
ularning yarmini bolalar va keksalar tashkil etgan bo’lsa, yaroqli odamlarimizning
50-60 foizi, aniqrog’i 1433230 kishi urushga safarbar bo’lgan
79
.
Urush yillarida O’zbekistonga yuzga yaqin sanoat korxonasi jumladan, 48 ta
mashinasozlik metall ishlash, kimyo va boshqa harbiy
texnika va mahsulotlar
ishlab chiqaruvchi yirik zavodlarning asbob-uskunalari ko’chirib keltirildi, zudlik
bilan barpo etilgan binolarga joylashtirildi va montaj qilindi. Toshkentda
joylashtirilgan Rostselmash zavodi «Katyusha» va minomyot snaryadlari, aviasiya
zavodi jangovar samoletlar yetkazib bera boshladi.
1941 - yil 10-iyunda tuzilgan maxsus Respublika komissiyasi va mahalliy
sovetlarning ijroiya qo’mitalari qoshida tuzilgan alohida bo’limlar keshinlarni
hisobga olish va joylashtirish bilan shug’ullandilar. 1941 - yil 3 dekrbda
O’zbekiston Kompartiyasi Markaziy Qo’mitasi ko’chirib
keltirilgan fuqarolarni
qabul qilish va joylashtirish yuzasidan maxsus qaror qabul qildi.
O’zbekiston bo’yicha 1942 - yil bahorigacha SSSRning g’arbiy xududlaridan
ko’chirib keltirilgan 716 ming kishi qabul qilinib olindi, ishga joylashtirildi, ular
uchun yashash sharoitlari yaratildi. Ko’chirib keltirilgan 200 mingdan ko’proq
yetim bolalarni o’z bag’riga oldilar. Ko’plab o’zbek oilalari 4000 dan ortiq yetim
77
Germaniyada XII-XIII asrlarda hukmronlik qilgan Shtaufenlar sulolasi mashhur vakili Fridrix 1 Barbarossa
nomidan olingan.
78
Vatan urushi 1941 – 1945 rasm va kinohujjatlarda. 1 tom. Moskva, 1985. B. 29.
79
Karimov I.A. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. T.: O’zbekiston, 1996. B, 80..
74
bolalarni o’zlariga farzandlikka oldilar, topgan-tutganlarini ular bilan baham
ko’rdilar.
Kommunistik partiya boshlangan urushni Ulug’
Vatan urushi deb, e’lon
qilgan bo’lsada, o’zbeklar uchun u bunday urush emas edi. Chunki o’sha davrda
biz
Rossiyasining
mustamlakasi
edik.
Mustaqillik
uchun
harakatning
bostirilganligi, e’tiqod uchun ta’qiblar, jamoalashtirish davridagi zo’rovonliklar,
XX-asrning 20-30 - yillaridagi ommaviy qatag’onlar xalqimiz xotirasidan
uchmagan edi. Shuning uchun sovet mustabid tuzumini himoya qilishni xalqimiz
kam uylar edi. Lekin shu bilan birgalikda o’zbek xalqi fashizmning insoniyatga
bolshevizm balosidan ham katta xavf solayotganini, unga qarshi kurashish adolatli
ekanligini tushunib yetdi va dushmanga qarshi kurashga otlandi. Shu jihatdan
Prezident I.A.Karimovning «Urush davri voqyealari, jangchilarimizning
jasoratlarini tahlil etishda va ta’riflashda» ham mafkurabozlikni
kamroq aytishga
doir chaqirig’i nihoiyatda dolzarb bo’lib jaranglaydi. Prezident haqli ravishda
bunday deb, ta’kidlagan edi: «Ikkinchi jahon urushiga qanday qaralmasdan, bu
urush qaysi g’oya ostida va kimning qo’li bilan olib borilgan bo’lmasin, o’z
Vatani, el-yurtining yorug’ kelajagi, beg’ubor osmoni uchun jang maydonlarida
halok bo’lganlarni, o’z umrlarini bevaqt xazon qilgan insonlarni doimo yodda
saqlaymiz. Bu achchiq lekin oliy haqiqatni unutishga hyech kimning haqqi yo’q va
bunga yo’l ham bermaymiz»
80
.
Do'stlaringiz bilan baham: