Fanga oid kompetensiyalar:
Tarixiy voqeilikni tushunishvauni mantiqiy izchillikda tushuntira olish kompetensiyasi.
tarixiy davrlar va yillarni ajrata oladi, tarixiy hisobini tushuntira oladi;
mazkur davrni o‘rganish orqali o‘quvchilar tarix fanining o‘rganilayot- gan davriga oid tarixiy atamalar mazmunini biladi;
Tarixiy shaxslar haqida ma’lumot bera oladi,tarixiy sanalarda ro‘y bergan voqealar haqida ma’lumot bera oladi
Tarixiy manba va adabiyotlar bilan ishlash kompetensiyasi.
Tarixiy illustrasiyalar asosida kichik hikoyalar tuza oladi, tarixiy joylarni xaritadan ko‘rsata oladi
Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars metodi: savol-javob metodi, guruhlarda ishlash.
Dars jihozi: darslik, mavzuga oid xarita, doska, bo’r, daftar, tarqatma materiallar.
Tashkiliy qism:
Salomlashish. Davomat. Dunyo yangiliklari.
Yangi mavzu: Kichik ma’ruza.
O‘z zamonasining buyuk davlatlari bo‘lgan Qang‘ davlati va Kushon podsholigi davrida Qadimgi Turon diyori yuksala boshlagan edi. Bu davrda mamlakat aholisining ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy va siyosiy hayotida muhim o‘zgarishlar ro‘y berdi. Shaharlarning soni ko‘paydi va hududi kengaydi. Shahar ilk o‘rta asrlardan boshlab hunarmandchilik, savdo-sotiq va madaniy hayotning markaziga aylangan.
Vohalarda yirik sug‘orish tarmoqlari qazilib, sug‘orma dehqonchilik maydonlari kengaygan. Suv tegirmoni, chig‘ir va charxpalak kabi suv inshootlari kashf etilgan. Oqar suv sathidan birmuncha balandlikda joylashgan maydonlarga suv chiqarib obod etilgan. Ekin maydonlarini sug‘orish va ishlov berishning takomillashuvi tufayli aholi dehqonchilikdan mo‘l hosil olgan. Shaharlarda aholining ko‘payib borishi, hunarmandchilik, ichki va tashqi savdoning rivoj topishi bilan qishloq xo‘jalik mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyoj ortib borgan. Natijada mamlakatning iqtisodiy hayotida xomashyo yetkazuvchi qishloqlarning nufuzi ko‘tarildi.. Ikkinchi tomondan esa o‘troq ziroatkor aholi bilan chorvador qabilalar o‘rtasidagi aloqalar rivojlandi.
Mamlakatning dasht va tog‘oldi mintaqalarida yashovchi ko‘chmanchi va yarim ko‘chmanchi aholining o‘troq hayot tarziga o‘tishi kuchaygan. Oqibatda dehqonchilik uchun yaroqli sug‘oriladigan yerlarga bo‘lgan ehtiyoj tobora oshib borgan. Buning natijasida qo‘riq va bo‘z yerlarga suv chiqarilib, kattakatta ekin maydonlari barpo etilgan. Bunday obodonchilik ishlarini amalga oshirishda mamlakat ijtimoiy hayotida katta gina nufuzga ega bo‘lgan mulkdor tabaqa vakillari, qishloq oqsoqollari hamda qabila boshliqlari ishboshi sifatida faol qatnashadilar. Yangi o‘zlashtirilgan yer maydonlarining ma’lum bir ulushi ularning qo‘liga o‘tib, meros mulkiga aylangan. Shu tariqa, kattagina yer egaligiga asoslangan mulkdorlar tabaqasi shakllangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |