O’zbekiston taraqqiyotida axborot-kommunikatsiya sohasining tutgan o’rni va ahamiyati ulkandir. Aloqa vositalari orqali uzatiladigan axborot jamiyat rivojining eng muhim shartlaridan biri bo’lib qoldi



Download 143,38 Kb.
bet3/6
Sana01.07.2022
Hajmi143,38 Kb.
#723153
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
kurs ishi 210422081755

O‘lchash liniyasi usuli
Bu usul O‘YuCh quvvatini uzatish liniyasi bo‘ylab elektr maydon kuchlanganligini o‘lchash liniyasi yordamida o‘lchash va keyin o‘lchanadigan kattaliklarni aniqlashdan iborat. O‘lchash liniyalari doimiylari taqsimlangan liniyalarning parametrlarini o‘lchash uchun mo‘ljallangan ilk asboblar bo‘lgan edi. Ular to‘lqin uzunligi l, so‘nish, faza, turg‘un to‘lqinlar koeffitsiyenti, yukla­maning to‘la qarshiligini o‘lchashga imkon beradi.
O‘lchash liniyalari to‘lqin o‘tkazgichi, koaksial va poloskali bo‘ladi. O‘lchashlarni avtomatlashtirish imkoniyati cheklanganligiga qaramasdan, o‘lchash liniyalari O‘YuCh-diapazonda, ayniqsa, yangi to‘lqin diapazonlarini o‘zlashtirishda ham, O‘YuCh-traktlarning yangi konfiguratsiyalarini o‘zlashtirishda ham va bir qator amaliy hollarda ham an’anaviy o‘lchash asboblari bo‘lib qolmoqda.
O‘lchash liniyasining tuzilishi va ishlash prinsipi. O‘YuCh quvvatni uzatish liniyasi bo‘ylab elektr maydon kuchlanganligini tadqiq qilishni o‘lchash liniyasiga cho‘ktiriladigan va bo‘ylab ko‘chiriladigan zond yordamida eng oson bajarish mumkin. Buning uchun o‘lchash liniyasi bo‘ylama nurlatmaydigan tirqishga ega bo‘lishi lozim (9.14-rasm).
Zond o‘lchash vazifasini bajaradi va detektor bilan bog‘langan bo‘lishi lozim. Detektorning to‘g‘rilangan toki (kuchlanishi) liniya­ning har bir nuqtasidagi maydon kuchlanganligini tavsiflaydi. Shunday qilib, o‘lchash liniyasining har qanday konstruksiyasi ushbu funksional bog‘lamalarni (uzellarni) o‘z ichiga olishi lozim: tirqishli seksiya, zond kallagi va zondni tirqishli seksiya bo‘ylab ko‘chirish mexanizmiga ega bo‘lgan karetka.

9.14-rasm. O’lchash liniyasining soddalashtirilgan konstruksiyasi.
Тo‘lqin o‘tkazgichli o‘lchash liniyasining tirqishli seksiyasi o‘lchash generatori va o‘lchanayotgan O‘YuCh-elementni ulash uchun flaneslar bilan tugallanadigan standart to‘g‘ri burchakli to‘lqin o‘tkazgich 1 dan iborat. O‘YuCh-qurilmalar nazariyasidan ma’lumki bo‘ylama tirqish to‘lqin o‘tkazgich qalin devorining aniq o‘rtasidan kesilgan bo‘lsa u to‘lqin maydoni H10 uchun nurlan­tirmaydigan bo‘ladi. Тirqishning uzunligi o‘lchash liniyasi­ning chastotalar diapazoniga bog‘liq va turg‘un to‘lqinning bir necha do‘ngliklarini (maksimal amplituda) va tugunlarini (nol amplituda) qayd etish uchun etarli bo‘lishi lozim. Тirqishli seksiya­ning berilgan o‘lchamlarini bajarilish aniqligi o‘lchash liniya­sining so‘nish, xususiy YuТK, zond ko‘chishida uning maydon bilan bog‘lanishining doimiy emasligi (cho‘kish chuqurligining o‘zgarishi hisobiga) kabi muammo tavsiflariga ta’sir etadi.
Zondli kallak liniyaga cho‘kish chuqurligi vint 3 yordamida o‘zgartirilishi mumkin bo‘lgan zond 2 dan, sozlash porshenlari 4 bo‘lgan rezonans tizim va maxsus detektor kameraga joylashtirilgan O‘YuCh-diod 5 dan iborat.
Hozirgi zamon o‘lchash liniyalarining aksariyat ko‘pchiligida ingichka vertikal shtir shaklida ishlangan, sig‘imli turdagi zondlar qo‘llaniladi. Bunday zond liniyadagi maydon E ning elektr tashkil etuvchisini sezadi, shu bilan birga paydo bo‘ladigan EYuK uning liniyaga botirilish chuqurligiga proporsionaldir. Tirqishga zondning kiritilishi reaktiv tashkil etuvchisi o‘lchash liniyasidagi maydon manzarasini buzadigan va shuning uchun kompensatsiyalanishi lozim bo‘lgan kompleks o‘tkazuvchanlikning ulanishiga ekviva­lentdir. Bunga zondli kallakni maxsus rezonans tizim yordamida rezonansga sozlash bilan erishiladi. Bunday tizim sifatida O‘YuCh-diapazonda bikoaksial rezonator qo‘llaniladi. Zondning ekrani va o‘rta silindrning ichki sirti zond konturini hosil qiladi, silindrning tashqi sirti va tashqi quvurning ichki sirti O‘YuCh-detektor konturini hosil qiladi. O‘lchash liniyasini sozlash porshenlar yordamida detektor – O‘YuCh-diod 5 ning maksimal tokini (kuchlanishini) hosil qilingunigacha o‘tkaziladi.
Karetka 6 zondli kallakni liniya bo‘ylab ko‘chirish va uning holatini o‘lchash chizg‘ichi 7 yoki boshqa turdagi indikator yordamida aniqlash uchun mo‘ljallangan. Bu vintni mexanizm bilan ko‘chiriladigan etarlicha og‘ir plitadir.
Yuklamaning parametrlarini o‘lchash aniqligigabir qator omillar ta’sir etadi: barcha bo‘g‘inlar aniq va kamchiliksiz (benuqson) biriktirilgan bo‘lishi lozim; zondni botirilish chuqurligi optimal tanlanishi lozim; uning maydon bilan bog‘lanishi doimiy bo‘lishi kerak. Bu shartlarga rioya qilinganida o‘lchash xatoligi 2...5% ni tashkil etadi.

Download 143,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish