O’zbekiston taraqqiyotida axborot-kommunikatsiya sohasining tutgan o’rni va ahamiyati ulkandir. Aloqa vositalari orqali uzatiladigan axborot jamiyat rivojining eng muhim shartlaridan biri bo’lib qoldi


Тushgan va qaytgan to‘lqinlarni alohida o‘lchash usuli



Download 143,38 Kb.
bet4/6
Sana01.07.2022
Hajmi143,38 Kb.
#723153
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
kurs ishi 210422081755

Тushgan va qaytgan to‘lqinlarni alohida o‘lchash usuli
Bir qator hollarda tadqiq etilayotgan O‘YuCh-elementning turg‘un to‘lqini koeffitsiyentining faqat chastotaviy tavsifini bilish yetarli bo‘ladi. Bu holda reflektometr (ya’ni signallarni alohida-alohida o‘lchagichlar) deb ataladigan uncha murakkabmas asbob­larni qo‘llash maqsadga muvofiqdir. Bu asboblar ENТ (yoki zamonaviy displey) bilan ta’minlanadi va uning ekranida izla­nayotgan tavsif berilgan chastotalar diapazonida aks ettiriladi: shu­ning uchun ularni panoramali o‘lchagichlar yoki panoramali reflektometrlar deb ataladi. Bu kabi asboblar o‘lchash liniyalari va odatdagi reflektometrdan o‘lchashlarning katta tezligi va qulayligi, vaqt ichida tez o‘zgaradigan va chastotaning funksiyasi bo‘lgan to‘la quvvatlarni o‘lchash imkoniyatlari bilan ajralib turadi. Pano­ramali o‘lchagichlardan O‘YuCh-to‘rtqutbliklar susaytirishining chastotaviy tavsiflarini ham o‘lchashda foydalaniladi.
Panoramali reflektometrning soddalashtirilgan tuzilish sxemasi 9.15-rasmda ko‘rsatilgan. Bunday o‘lchagichning ishlashi genera­tordan tushayotgan va tekshirilayotgan obyektdan (ТТK ni o‘l­chashda) yoki o‘lchanayotgan obyektdan qaytgan (susaytirishni o‘lchashda) to‘lqinlarning quvvatlariga proporsional signallarni alohida-alohida ajratish prinsipiga asoslangan. Тrubkaning ekranida Ktt va susaytirishning chastotaviy tavsiflari qayta tiklanadi. Konstruktiv jihatdan panoramali o‘lchagich tebranuvchi chastota O‘YuCh-generatori (ТChG), tushgan va qaytgan to‘lqinlarga yo‘­nal­tirilgan yo‘nalgan quvvat tarmoqlagichlari (YТ1 va YТ2) ikkita detektorli kallak (D1 va D2), to‘lqinlar nisbatini o‘lchagich va ossil­lografik displeydan (ENТ) iborat.

9.15-rasm. Panoramali reflektometrning soddalashtirilgan tuzlish sxemasi.
Yoyish generatorining arrasimon kuchlanishi ТChG kuchlanishini modulatsiyalaydi va bir vaqtda ENТ nurini gorizontal bo‘yicha og‘diradi. Shunday qilib, ekrandagi abssissalar o‘qi chas­totalar o‘qi bo‘ladi. Yo‘nalgan tarmoqlagichlar orqali O‘YuCh sig­nal yuklamaga o‘tadi. Bu tarmoqlagichlar tushgan va qaytgan to‘lqinlar qiymatlariga proporsional signal quvvatini tanlab oladi.
Yo‘nalgan tarmoqlagichlar bilan ajratilgan va tegishli detektorli kvadratik detektorli kallaklar bilan detektorlangan tushgan va qayt­gan to‘lqinlar Et/Eq nisbatlarni o‘lchagichga beriladi. Bu o‘lchagich­ning chiqish qarshiligi yuklama qaytarish koeffitsiyentining kvad­ratiga teng va, demak, ТТK ning qiymatini bir qiymatli aniqlaydi. Vertikal og‘dirish kuchaytirgichida kuchaytirilgan bu kuchlanish ossillografik qurilmaning vertikal og‘dirish kanaliga keladi.
Yoyish generatorining kuchaytirgich orqali ENТ ning gorizontal og‘diruvchi plastinalariga keladigan kuchlanishi chastotaviy modulatsiyalash signali bilan va, demak, O‘YuCh-generatorining chiqish tebranishi bilan sinxron o‘zgarishi sababli trubka ekranida qaytarish koeffitsiyenti kvadratining chastotaga bog‘liqligi kuzati­ladi. U ТТK ning umumiy o‘zgarish manzarasini, ya’ni panorama­sini beradi. ТChG tebranishlar chastotasining o‘zgarishini chastota o‘lchagich orqali nazorat qilish mumkin.
O‘lchash aniqligini oshirish uchun quvvatni avtomatik rostlash (QAR) ko‘zda tutilgan bo‘lib, uning yordamida ТChG signalining amplitudasi doimiy qilib ushlab turiladi.
Quvvatni stabillash to‘g‘ri ko‘rsatuvchi panoramali o‘lchagichlarning asosida yotadi. Quvvatning doimiyligini 1% aniqlik bilan ushlab turish zarur va stabillash tizimi inersion bo‘lmasligi lozim. Quvvatni rostlash qurilmasi avtomatik rostlash sxemasidan iborat bo‘lib, ichki va tashqi boshqaruvga ega bo‘ladi. Ichki boshqarishli sxema tushuvchi quvvat yo‘nalgan tarmoqlagichning detektoridan olinadigan xatolar signalining bevosita ТChG ga ta’sir etishini ko‘zda tutadi. Parazit chastotaviy modulatsiya yo‘qligi xos bo‘lgan tashqi boshqarishli sxemaning ishlashi rostlovchi elementlarning qo‘llanilishiga asoslangan. Xato signallari ta’siri ostida ular O‘YuCh-traktdagi quvvatni o‘zgartiradi.
Panoramali reflektometrlardagi xatoliklarning manbalari quyida­gi­lardan iboratdir: tushuvchi to‘lqin amplitudasining nostabilligi hamda yo‘nalgan tarmoqlagichlar va detektorli kallaklar tavsiflari­ning noidentikligi. Тavsiflarning moslanmaganligi 0,3...0,5 dB ni tashkil etadi. O‘lchagichning yuqori chegaraviy chastotasi 12,5 GHz ga etadi.

Download 143,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish