9.4. O‘YuCh-qurilmalarning chiziqli parametrlarini o‘lchash Zanjirlarning parametrlarini O‘YuCh-diapazonda o‘lchashlar bir qator xususiyatlarga ega. O‘YuCh-diapazonda o‘lchashda ikkita asosiy omilni hisobga olish zarur:
– tebranishlar to‘lqin uzunligining elementlarning geometrik o‘lchamlari bilan o‘lchovdoshligi;
– uzatish liniyalarida elektr energiyasining asosiy eltuvchisi bo‘ladigan fazaviy elektromagnit maydonning mavjudligi.
O‘YuCh-qurilmalar jumlasiga 300 MHz dan 300 GHz gacha chasttotalarda ishlaydigan koaksial, to‘lqin o‘tkazgichli va poloskali traktlar (uzatish liniyalari), ikki qutbli, to‘rt qutbli va ko‘p qutbli qurilmalar kiradi.
O‘YuCh qurilmalarning parametrlarini ikki usul bilan o‘lchanadi:
– o‘lchash liniyasi yordamida O‘YuCh-traktdagi elektromagnit maydon taqsimotini tahlil qilinadi va izlanayotgan paramertlarni hisoblash yo‘li bilan aniqlanadi;
– tushgan va qaytarilgan elektromagnit to‘lqinlarni alohida o‘lchashga asoslangan, panorama turidagi avtomatik o‘lchagichlar asosida tadqiq qilinayotgan zanjirlardagi jarayonlarni vizual kuzatiladi.
O‘lchash liniyasi O‘YuCh-bog‘lamalarining (uzellarining) o‘lchamlari elektromagnit tebranishlarning to‘lqin uzunligi l bilan o‘lchovdosh bo‘lganligi uchun unda yuklamaning tabiatiga bog‘liq ravishda 9.13-rasmda ko‘rsatilganidek, yuguruvchi, turg‘un yoki aralashgan to‘lqinlar (ularning detektorlashdan keyin olingan musbat qiymatlari) rejimlari o‘rnatiladi.
O‘YuCh-qurilmalarning asosiy parametrlari quyidagilardir: to‘lqin uzunligi; to‘lqin (tavsifiy) qarshilik; so‘nish (yo‘qolishlar); maksimal quvvat. Uzun liniyalar nazariyasidan ma’lumki, O‘YuCh-ikki qutbliklarning xossalarini tavsiflash uchun ishchi chastotalar diapazonidagi kompleks qaytarish koeffitsiyentini (soddaroq qilib, qaytarish koeffitsiyentini) va u konstruksiyalangan traktning to‘lqin qarshligini bilish to‘la yetarlidir.
9.13-rasm. Maydonning o’lchash liniyasi bo’ylab quyidagi rejimlarda taqsimoti:
a) yuguruvchi to’lqin; b) qisqa tutashuv; d) salt yo’l; e) aralashgan to’lqinlar.
Тo‘lqin qarshilik uzun liniyalarning ikkilamchi parametrlari jumlasiga kiradi, traktning konstruksiyasi orqali to‘la aniqlanadi va uning geometrik o‘lchamlari bo‘yicha hisoblash yo‘li bilan topiladi.
Generatordan O‘YuCh-tebranish quvvati yuklamaga to‘la uzatilishi uchun yuklamaning qarshiligi aktiv va liniyaning to‘lqin qarshiligiga teng bo‘lishi lozim: Zyuk=Ryuk=r, bu yerda r – o‘lchash liniyasining O‘YuCh dagi to‘lqin qarshiligi. Bundan yuklama moslangan yuklama deb ataladi.
Kompleks qaytarish koeffitsiyenti yuklamadan qaytgan to‘lqin kuchlanishi kompleks amplitudasining unga tushgan to‘lqin kuchlanishning kompleks amplitudasiga nisbati kabi aniqlanadi:
(9.32)
bu yerda
(9.33)
φ– qaytarish koeffitsiyentining fazaviy burchagi; Et va Eq – tushgan va qaytgan to‘lqinlarning mos ravishda kompleks amplitudalari; lsm – yuklamada birinchi minimumning liniyaning oxiriga nisbatan siljishi (9.14-rasm).
Qaytarish koeffitsiyenti liniyaning yuklama bilan moslanganlik darajasini tavsiflaydi. Qaytarish koeffitsiyentining fazaviy burchagi birinchi minimumning liniyaning oxiriga nisbatan siljishi lsm bilan aniqlanadi. Siljish lsm ni o‘lchash liniyasining uning oxirgi sifatida qabul qilingan istagan nuqtasida topish mumkin. Shartli oxirgi sanoq uchun qulay minimum bo‘yicha qisqartirilgan liniyada aniqlanadi. O‘z navbatida qaytarish koeffitsiyenti yuklamaning parametrlari va o‘lchash liniyasining to‘lqin qarshiligi orqali aniqlanadi:
(9.34)
, (9.35)
bu yerda L va C – liniyaning uzunlik birligidagi mos ravishda induktivligi sig‘imi; – yuklamaning kompleks koeffitsiyenti.
Qaytarish koeffitsiyenti modulini liniya elektromagnit maydonining yuguruvchi to‘lqin koeffitsiyenti (YuТK) yoki turg‘un to‘lqin koeffitsiyenti (ТТK) bilan ifodalanadigan parmetrlari orqali aniqlash mumkin. Yuguruvchi to‘lqin koeffitsiyenti:
(9.36)
turg‘un to‘lqin koeffitsiyenti esa
(9.37)
bu yerda Emin, Emax – aralashgan to‘lqinning mos ravishda minimal va maksimal amplitudalari (9.14-rasm).
Yuguruvchi to‘lqin koeffitsiyenti va turg‘un to‘lqin koeffitsiyenti teskari proporsional bog‘lanish bilan bog‘langanligi payqash qiyin emas, ya’ni Kyut=1/Ktt.
Emax=|Et|+|Eq|; Emin=|Et|–|Eq| bo‘lganligi uchun
(9.38)
bu yerdan qaytarish koeffitsiyenti moduli:
(9.39)
(9.37)–(9.39) tenglamalarni birga yechish liniya yuklamasining to‘la qarshiligi Zyuk ning aktiv Ryuk va reaktiv Xyuk tashkil etuvchilarini aniqlashga imkon beradi:
(9.40)
(9.41)
(9.42)