O‘zbekiston ssrning tashkil topishi



Download 1,7 Mb.
Sana14.06.2022
Hajmi1,7 Mb.
#666368
Bog'liq
10- mavzu 10- ózbekiston Tarixidan

O‘zbekiston SSRning tashkil topishi

10-sinf O’zbekiston tarixi darsligi asosida § 10-mavzu.

Reja:

  • O‘zbekiston SSRning tuzilishi, uning hududi va aholisi.
  • O‘zbekiston Kommunistik partiyasining tashkil topishi.
  • O‘zbekiston SSR – Sovet Ittifoqi tarkibidagi milliy ittifoqdosh respublika.

O‘zbekiston SSRning tuzilishi, uning hududi va aholisi.


1925-yil 13-fevralda Buxoroda maxsus qurilgan Xalq uyida Butuno‘zbek (O‘zbekiston SSR) Sovetlarining I ta’sis qurultoyi ochildi.

Qurultoy faoliyatida Moskvadan maxsus kelgan Butunittifoq (SSSR) Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi raisi Mixail Kalinin qatnashdi va nutq so‘zladi. Qurultoy qatnashchilari tomonidan 17-fevralda “O‘zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasini tashkil etish to‘g‘risida Deklaratsiya” qabul qilindi.


Mixail Kalinin

O‘zbekiston SSR Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi (O‘zSSR MIK) va O‘zbekiston SSR Xalq Komissarlari Soveti (O‘zSSR XKS) tuzilgan.


Taniqli davlat arbobi Fayzulla Xo‘jayev O‘zbekiston SSR Xalq Komissarlari Soveti raisi, “Qo‘shchi” uyushmasi faoli Yo‘ldosh Oxunboboyev O‘zbekiston SSR Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi raisi lavozimlariga saylanishdi.
Yo‘ldosh Oxunboboyev

Bu paytda O‘zbekiston SSR hududi 312 394 km2, aholisi 3 963 285 kishi bo‘lgan (unga Tojikiston ASSR va Qoraqalpog‘iston avtonom viloyatining hududi va aholisi kirmaydi). 1924-yil oxirida O‘rta Osiyo respublikalarida hammasi bo‘lib 8 131 062 kishi yashagan bo‘lib, ularning qariyb yarmisi O‘zbekistonda istiqomat qilgan.

O‘zbekiston SSR tashkil topgan paytda qisqa muddat (1925-yil fevral – aprel) davomida Buxoro shahri poytaxt bo‘ldi. So‘ngra 1925-yil apreldan 1930-yil sentyabrgacha Samarqand shahri O‘zbekiston SSR poytaxti sanalgan.

O‘zbekiston SSRda 1925-yil 29-yanvarda ilk bor ma’muriy-hududiy bo‘linish o‘tkazildi.


Bu paytda O‘zSSR tarkibida 23 ta uyezd va 241 ta volost bo‘lgan. 1926-yil 29-sentyabrda O‘zbekiston SSR Sovetlari Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi V sessiyasining rayonlashtirish to‘g‘risida qarori qabul qilindi.

O‘zbekiston Kommunistik partiyasining tashkil topishi.


O‘zSSR tuzilishi arafasida, 1925-yil 6 – 12 fevralda eski Buxoro shahrida O‘zbekiston Kommunistik partiyasining I ta’sis syezdi ham bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti mas’ul sekretarlari qilib Vladimir Ivanov va Akmal Ikromov saylandi.


O‘zbekiston Kompartiyasi aslida Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi (KPSS)ning O‘zbekiston SSRdagi filiali hisoblangan. Sovet hokimiyati yillarida respublika siyosiy hayotida O‘zbekiston Kommunistik partiyasi yetakchi rol o‘ynagan.
Akmal Ikromov

O‘zbekiston SSR – Sovet Ittifoqi tarkibidagi milliy ittifoqdosh respublika.


O‘zbekiston SSR Butunittifoq Sovetlarining III syezdida 1925-yil 13-may kuni SSSR tarkibiga qabul qilindi. SSSR 1922-yil 30-dekabrda 4 ta ittifoqdosh sovet respublikasi (RSFSR, Ukraina, Belorusiya, ZSFSR – Kavkazorti) asosida tashkil topgan edi.

1925-yil 21-martda bo‘lgan O‘zbekiston kasaba uyushmalari I ta’sis syezdida unga asos solindi. O‘zbekiston kasaba uyushmalari respublika soveti (Uzsovprof) Butunittifoq Kasaba uyushmalari Markaziy Soveti (VSSPS) rahbarligida ish olib borgan.

O‘zbekiston SSR tarkibida Tojikiston ASSRning tashkil topishi.


1926yil 1 – 12-dekabrda Dushanbeda bo‘lib o‘tgan Tojikiston ASSR Sovetlarining I ta’sis syezdida O‘zbekiston SSR tarkibida Tojikiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi (Tojikiston ASSR) tuzilganligi haqida deklaratsiya qabul qilingan.

Qoraqalpoq avtonom viloyatining tuzilishi va Qoraqalpog‘iston ASSRning O‘zbekiston SSR tarkibiga kiritilishi.


1925-yil 12 – 19-fevralda To‘rtko‘lda dehqon, batrak va qizil askar deputatlari Qoraqalpoq avtonom viloyati Sovetlarining I ta’sis syezdi bo‘lib o‘tdi.

Qoraqalpog‘iston 1925 – 1932-yillarda Qozog‘iston, 1932 – 1936-yillarda RSFSR tarkibida bo‘ldi. 1936-yil 5-dekabrda Qoraqalpog‘iston ASSR hududi O‘zbekiston SSR tarkibiga kiritildi.


Download 1,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish