O`zbekiston sharoitida sun’iy inshootlarini loyihalash me`yorlari va qoidalari Reja


-rasm. Suv to’sig’ini kesib o’tish



Download 1,15 Mb.
bet3/7
Sana15.06.2022
Hajmi1,15 Mb.
#675264
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
O`zbekiston sharoitida sun’iy inshootlarini loyihalash me`yorlari va qoidalari

34-rasm. Suv to’sig’ini kesib o’tish
To’siqlarni tonnel yordamida o’tishning ko’’rik yordamida o’tishga nisbatan afzalliklari:

  1. kema yurishiga halal bermaslik;

  2. shamollar, muz va to’siqlar ta’siridan muhofaza qilinganligi;

  3. kesib o’tish joylarining qulayligi.

Kamchiliklari:
1)Kuchli shamollatish, yoritish uskunalari va suv oqova ariqlari qurish zarurligi;
2) odatda qurilish muddatining nisbatan kattaligi.
Tepalik to’siqlarini kesib o’tishda tonnellarning joylashish balandligini aniqlash, ya’ni dovon cho’qqisida yoki tog’ etagida joylashish holatlarini solishtirish lozim.
S1 va S2 - tonnellarning tog’ etagida va dovon cho’qqisida joylashgan holatlardagi kiymatlari;
E1 va E2 - yillik foydalanish xarajatlari. Odatda S1>S2, E1>E2, shuning uchun, yil




35-rasm. Tonnelning dovon cho’qqisida yoki tog’ etagida joylashish holatlari
Zamonaviy shahar sharoitlarida aloqa yo’llaridagi harakatning o’sishi estakada va tonnellar qurilishini talab qiladi.
Estakadalar quyidagi kamchiliklarga ega:

  • o’tayotgan trans’ortning shovqini, binolarning qorong’ilashishi, chang ko’tarilishi.

Tonnellarda harakatni tashkil qilish bu kamchiliklardan holidir.
Tonnelga kirish joylari – ravoq (portal)lar joylashish joylarini aniqlashda, ularning mustaham tog’ jinslarida, siljish va ko’chishlar bo’lmaydigan maydonlarda joylashtirish lozim. Ravoqdagi tonnel qo’lamasi ustidagi tog’ jinsining qalinligi 2 metrdan kam bo’lmasligi kerak. Qoyatosh tog’ jinslarida ravoqoldi o’ymalarining chuqurligi 25,0 metrgacha, soz grunt jinslarida esa 15,0 metrgacha bo’lishi mumkin. Tonnelga kirish joylari o’ymalari chuqurligi, ular va tonnel uzunlik birliklari qurilish va foydalanish qiymatlarining taxminan teng bo’lishi shartini qanoatlantirishi maqsadga muvofiqdir.
‘Yo‘l inshootlarini loyihalash, qurish va ulardan to‘g‘ri foydalanishni ta’minlash masalalari bir-biri bilan uzviy bog‘liq va murakkab masaladir. Odatda, bularni to‘g‘ri hal qilish bilan “Ko‘priklar va transport tonnellari” mutaxassisligi sohasidagi yuqori malakali muhandislar shug‘ullanadilar.
Ko‘pchilik hollarda yo‘lchi muxandislargayam o‘zlarining ish faoliyatida yo‘l inshootlarini qurishga va ularni muntazam ravishda foydalanishga yaroqli holda saqlab turishga to‘g‘ri keladi. SHuning uchun yo‘lchi muhandislar ham ma’lum darajada bu sohada bilimga ega bo‘lishlari kerak.
Keyingi yillarda og‘ir yuklarning ko‘payishi va ularning kerakli joylarga etkazib berish zarurligining o‘sishi, qurilish ishlari sifatining ma’lum sabablarga ko‘ra pasayishi va ularni ta’mirlash, ahvolini yaxshi holatda saqlash masalalarining qoniqarsiz darajada bo‘lishi ko‘prik va boshka yo‘l inshootlarining xizmat qilish muddatining deyarli ikki barobar kamayib ketishiga olib kelayapti. Bu esa o‘z navbatida ularning holatini qoniqarli darajada saqlab turishga qo‘shimcha mablag‘lar sarflashni talab qiladi. Odatda, bu ishlar bilan shug‘ullanish ham yo‘lchi muhandislar zimmasiga yuklangan. Respublikamizda bu inshootlarning ko‘pgina qismi 50-60-yillarda qurilgan bo‘lib, ularning katta qismi hozirgi zamon talablariga to‘la javob bera olmaydi, yoki keyingi paytlarda rivoj topayotgan katta yukli transportlar og‘irligiga bardosh berib ustidan o‘tkazib turish masalasi mushkullashadi, en o‘lchovlari ham kichiklik qiladi, bular esa o‘z navbatida kerakli chora-tadbirlarni ko‘rishni yoki inshoot elementlarini baquvvatlashtirishni, enlarini kengaytirishni talab qiladi.
Bu masalalarni to‘g‘ri xal qilish zarurligi quyidagi ancha murakkab tashkiliy ishlarni va iqtisodiy muammolarni hal qilish zarurligini tug‘diradi yoki inshootni kengaytirishning texnik-iqtisodiy ko‘rsatmalarini ishlab chiqishni, ishlarini tashkil qilish mo‘ljallarining tartibi va muhlatlarini aniqlashni, tashkiliy-texnikaviy yo‘sinini, xom ashyo bazasini yaratishni va kerak bo‘lganda ularni ommaviy ravishda foydalansa bo‘ladigan holda tayyor qilib qo‘yishni taqozo qiladi. Inshootlarni kengaytirish, elementlarini baquvvatlashtirish, eskirganlarini ta’mirlash, ishlarni iloji bo‘lgunga qadar mexanizatsiyalashtirish, yangi ashyolar va yangi uslublardan unumli foydalanish, va barcha ishlarni yuqori sifatda bajarish shu ishlar jumlasidandir. Inshootlarning keyingi paytlarda paydo bo‘layotgan katta og‘irlikdagi yuklarni ko‘tarish qobiliyatini aniqlash ham yo‘lchilar vazifasiga kiritilgan. Bu narsalarni to‘g‘ri hal qilish uchun, muhandislar quriladigan inshootlarning har xil turlari konstruksiyalarini, ularni loyihalash qanday amalga oshiriladiganini, qurilish texnologiyasini va qurilgan inshootlarni to‘g‘ri foydalanish yo‘llarini mukammal bilishlari zarur.




Download 1,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish