Legirlovchi elementlarning pо‟lat strukturasiga va
xossalariga ta„siri
Agar po‟lat tarkibida ugleroddan tashqari boshqa elementlar ham mavjud bo‟lsa, Fe-Fe
3
C
digrammasidagi faza o‟zgarish chiziqlari o‟zgaradi. Ferrit, austenit, sementit fazalaridagi uglerodning
erishi va ularning muvozanat harorati turlicha bo‟ladi. Demak, qotishmaga o‟zga qo‟shimchalar qo‟shib,
struktura o‟zgarishlariga erishish orqali po‟lat xossalarini boshqarish mumkin. Bunday maqsadda
qo‟shiladigan qo‟shimchalarni legirlovchi elementlar, qotishmalarni esa legirlangan po’latlar deyiladi.
Po‟lat ishlab chiqarish amaliyotida legirlovchi elementlar sifatida Cr, Mo, Co, Ni, V, Ti, W, Zr, Nb, Mn
va Si kabi elementlar qo‟llaniladi, ular po‟latning fizik, mexanik va texnologik xossalarini yaxshilaydi.
Legirlovchi elementlar po‟lat polimorfizmiga ham ta‟sir qiladi. Polimorf o‟zgarish harorati
temirda erigan elementlarning xususiyati va miqdoriga bog‟liq bo‟ladi.
Legirlangan po‟lat uglerodli po‟latda yo‟q xossalarga ega, uglerodli po‟latdagi kamchiliklar
legirlangan po‟latda bo‟lmaydi. Legirlangan po‟latlardan foydalanish metall sarfini kamaytiradi,
buyumning puxtaligi va uzoq muddat ishlashini ta‟minlaydi.
Quyida legirlovchi elementlarning po‟lat xossalariga qanday ta‟sir etishi ko‟rsatilgan:
1.
Xrom – po‟latning qattiqligi, mustahkamligini oshiradi, plastikligini esa ozgina kamaytiradi.
Xrom miqdori 13% dan ortiq bo‟lsa, po‟lat korroziyabardosh bo‟ladfi;
2.
Nikel – po‟latning mustahkamligi, plastikligi, korroziyabardoshligi va zarbga qarshiligini
oshiradi;
3.
Volfram – po‟latning qattiqligi va qizdirilgan holatdagi chidamliligini keskin oshiradi;
4.
Vanadiy – zichligini, mustahkamligini, mayda donli bo‟lishini, zarb ta‟siriga, ishqalanib
yeyilishga, uzilishga qarshiligini oshiradi;
5.
Kobalt – issiqbardoshligini, magnit singdiruvchanligini oshiradi;
6.
Molibden – qizdirilgan holatdagi chidamliligini, elastikligini, yuqori haroratlarda oksidlanishga
qarshiligini oshiradi;
7.
Kremniy - miqdori 1% dan kam bo‟lganda po‟latning plastikligini kamaytirmagan holda
mustahkamligi, egiluvchanligi, kislotabardoshligi va magnit singdiruvchanligini oshiradi;
8.
Marganes – uning 1% va undan ortiq miqdori po‟latning plastikligini kamaytirmagan holda
yeyilishga chidamliligini oshiradi;
9.
Alyuminiy – po‟latning kuyindi hosil bo‟lishga bardoshliligini oshiradi;
10.
Titan – mustahkamligini oshiradi, kristallararo korroziyalanishini kamaytiradi;
11.
Niobiy – korroziyaga qarshiligini va kislotabardoshligini ko‟paytiradi;
12.
Seriy – mustahkamligi va plastikligini oshiradi;
13.
Sirkoniy – mustahkamlik beradi, donalarining mayda bo‟lishiga yordam beradi;
14.
Mis – korroziyalanishini kamaytiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |