Yumshatilgan holatdagi strukturasiga qarab uglerodli pо‟latlar evtektoidgacha bо‟lgan (ferrit + perlit),
evtektoid pо‟lati (perlit) va evtektoiddan keyingi (perlit + sementit) pо‟latlar turlariga bо‟linadi (12-
rasm).
12- rasm. Uglerodli pо‟latlarning mikrostrukturalari
Oddiy sifatli uglerodli pо‟latlardan issiq holatda prokatlash yо‟li bilan turli prokatlar (balkalar,
chiviq, shveller, burchakliklar, trubalar, listlar), pokovkalar, qurilish konstruktsiyalari, armatura va
mashinalarning yengil sharoitda ishlaydigan detallari tayyorlanadi.
Bu pо‟latlar ishlatilish sohasiga kо‟ra va kafolatlanadigan xossalariga qarab uchta guruhga bо‟linadi:
A - mexanik xossalari kafolatlanadi;
Б - kimyoviy tarkibi kafolatlanadi;
В - mexanik xossalari va kimyoviy tarkibi kafolatlanadi.
Bu guruhlarga quyidagi markali pо‟latlar kiradi:
Do'stlaringiz bilan baham: |