19
Tez yurar avtomat dastgohlarida kesib ishlash uchun mо‟ljallangan pо‟latlar
avtomatbop pо’latlar
deb ataladi. Bu pо‟latlar kam yuklanadigan detallar - bolt, gayka, vint va boshqalar tayyorlash uchun
ishlatiladi.
Avtomatbop pо‟latlar yaxshi kesib ishlanadi, ishlov berilgan yuzalari silliq va yaltiroq bо‟lib
chiqadi. Bu pо‟latlarning tarkibida 0,15...0,3 % oltingugurt, 0,05...0,15% fosfor bо‟ladi. Bu elementlar
kesuvchi asbobning turg‟unligini oshiribgina qolmay, balki yо‟nilgan yuzaning yaxshi, sifatli chiqishiga
ham sabab bо‟ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: