6-chizma. Tayyor mahsulotning turkumlanishi
Tayyor mahsulotni turkumlashdan asosiy maqsad uni hisobga
olishni ixchamlashtirish nazarda tutilishini inobatga oladigan
bo‘lsak, bizning fikrimizcha, tayyor mahsulotni yuqoridagi chizmada
berilganidek, ya’ni hisobvaraqlar rejasida tayyor mahsulot hisobi
bo‘yicha ochilgan hisobvaraqlarga mos ravishda turkumlash kerak:
ombordagi tayyor mahsulot, ko‘rgazmadagi tayyor mahsulot va
komissiyaga berilgan tayyor mahsulot.
Tayyor mahsulot harakati hisobini to‘g‘ri tashkil qilish korxona
tomonidan ishlab chiqiladigan buyum turlari nomining ro‘yxati —
nomenklaturasidan foydalanish katta ahamiyatga ega. Uni tuzish
asosida tayyor mahsulotni turkumlash, ya’ni ushbu korxonada ishlab
chiqariladigan bir mahsulot turini boshqa mahsulotdan ajratib
turuvchi ma’lum belgilari Єtadi. Nomenklatura ro‘yxatini tuzishda
asos qilib quyidagi belgilar olinadi: model, fason artikul, marka
va hokazo. Har bir mahsulot turiga nomenklatura raqami
biriktiriladi va u har xil sonlardan iborat bo‘ladi. Mahsulot
nomenklaturasi (ro‘yxat)dan korxonaning quyidagi xizmatlarida
foydalaniladi:
• dispetcherlik xizmat turi mahsulot ishlab chiqarish
grafigining bajarilishini nazorat qiladi;
• sexlar ishlab chiqarilgan mahsulot assortimentini qilishda,
omborga tayyor mahsulotni topshirishda yuk xati yozish uchun
foydalanadi;
• marketing bo‘limi — jo‘natish bo‘limi shartnomalarini
bajarish imkoniyatlarini nazorat qilish uchun;
• buxgalteriya — tayyor mahsulotning analitik hisobini
yuritishda umumiy ma’lumotlar va hisobotlar tuzish uchun
foydalaniladi.
Mahsulotning ombordan ketishini rasmiylashtiruvchi hujjat
asosida xaridorlarga jo‘natilayotgan tayyor mahsulotga to‘lov
talabnomasi yoziladi va tovar oluvchi korxonaga xizmat qiluvchining
bankiga topshiriladi.
To‘lov-talabnoma. Mol etkazib beruvchining schyot fakturaga mos
ravishda ortib jo‘natilgan mahsulot qiymati uchun xaridorning
hisob-kitob raqamidan pulni o‘tkazib berish to‘g‘risida bankka
bergan buyrug‘idir. Unda ortib jo‘natilgan mahsulot qiymati va
sotish bahosi soni assortimenti qayd qilinadi (bu holatda schyot-
faktura, albatta, to‘lov-talabnomasiga ilova qilinishi lozim).
Schyot-faktura yoki to‘lov-talabnomasining alohida bo‘lmasida
tara va qadoqlash qiymati hamda xaridor tomonidan to‘lanadigan
temir yo‘l bo‘yicha tarif summasi ko‘rsatiladi. Ba’zida xaridor
tomonidan to‘lanishi lozim bo‘lgan temir yo‘l tarifi bo‘yicha summaga
umumiy mahsulotning sotish bahosi qo‘shib ko‘rsatilishi mumkin.
Qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi alohida bo‘lmada ko‘rsatiladi.
Mol etkazib beruvchi bilan xaridor o‘rtasida tuzilayotgan shartnoma
vaqtida franko joy to‘g‘risida to‘xtalib o‘tiladiki, bunda
mahsulotni ortib jo‘natish bilan bog‘liq xarajatlarni mol etkazib
beruvchi o‘z zimmasiga oladi. Franko joyning quyidagi turlari
mavjud:
Franko-ombor mol etkazib beruvchi. Bunda mahsulot ortib
jo‘natish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha xarajatlarini mol etkazib
beruvchi korxona to‘lov-talabnomasiga qo‘shadi (ombordagi ortib
tushirish ishlarining qiymati, temir yo‘l tarifi va etkazib berish
xarajatlari).
Franko-stansiya jo‘natish shunday narxki, u mol etkazib beruvchi
to‘lov-talabnomasining summasi, temir yo‘l tarifi va mahsulotni
vagonga ortish xarajatlari yig‘indisidan iborat.
Belgilangan stansiyagacha franko vagon shunday narxki, bunda
mol etkazib beruvchi to‘lov talabnomasiga faqat temir yo‘l tarifi
summasini qo‘shadi.
Belgilangan stansiyagacha franko. Bunda jo‘natish bo‘yicha barcha
xarajatlar temir yo‘l tarifi qo‘shilgan holda mol etkazib beruvchi
tomonidan to‘lanadi.
Narxning franko ombor xaridor turida mol etkazib beruvchi
ko‘rsatilgan xarajatlardan tashqari xaridorning stansiyadagi ortib
tushirish ishlari, uning ombordagi va omboriga etkazib berish
ishlari bo‘yicha xarajatlarni to‘laydi (qoplaydi).
Bizning respublikamizda eng keng tarqalgan turi franko
stansiya jo‘natish hisoblanadi.
Xo‘jalik
shartnomasi -
bu
korxonalarning
xo‘jalik
munosabatlari o‘rnatish haqidagi o‘zaro kelishuvidir. SHart-noma
tomonlar majburiyatini va huquqlarini belgilovchi asosiy hujjat
hisoblanadi. YUz bergan sharoitni hisobga olib vaqti-vaqti bilan
shartnoma shartlari ko‘rib chiqilishi va ularga o‘zgartirishlar
kiritilishi mumkin. Agar korxona belgilangan nomenklaturadagi
mahsulot jo‘natish yuzasidan shartnoma shartlarini buzsa, u holda
ushbu korxonaga nisbatan jazo choralari qo‘llanadi. Demak, shartnoma
bilan rasmiylashtirilgan har bir rejali buyurtma korxona
xodimlari bajarishi shart bo‘lgan qonundir. Bunday tartib ishlab
chiqarish samaradorligini oshirish, yuqori ish unumdorligiga
erishishni ta’minlaydi. Belgilangan muddatda mahsulot sotish
rejasining bajarilmaganligi uchun jarima to‘lash chorasi
qo‘llaniladi. Jarima miqdori mahsulot sotish shartlariga qarab
aniqlanadi.
Umuman korxonada mahsulotlar sotilishini va moliyaviy
natijalarni hisobga olish vazifalarini to‘g‘ri tashkil qili-nishini
ta’minlash uchun barcha chiqarilgan me’yoriy hujjat-larga amal
qilinishi ustidan nazorat o‘rnatilishi lozim.
Korxonada sotish uchun mo‘ljallangan mahsulot (ish, xizmat)
tovar mahsuloti deb nomlanadi. Tovar mahsuloti (ish, xizmat)
tarkibiga quyidagilarni kiritish mumkin:
buyurtmachi va xaridorlarga sotilgan tayyor mahsulot (ish,
xizmat) va korxonaning o‘zida ishlab chiqarilgan yarim tayyor
mahsulot;
xalq iste’moli tovarlari, chiqindilardan tayyorlangan ishlab
chiqarish-texnika maqsadlariga mo‘ljallangan buyumlar, yarim
fabrikatlar hamda mahalliy xom ashЄdan xalq iste’moli uchun
tayyorlangan nooziq-ovqat (turlari) tovarlari;
qishloq xo‘jaligi mahsulotlari;
sanoat xususiyatidagi ishlar va xizmatlar;
o‘z kapital qurilish ehtiyojlariga sotiladigan mahsulot, ish
va xizmatlar;
o‘z xizmatidagi ishlab chiqarishlar va xo‘jaliklar ehtiyoji
uchun berilgan mahsulot, sanoat xususiyatidagi bajarilgan ish va
xizmatlar;
sanoat xususiyatiga ega bo‘lmagan ishlar va xizmatlarning
amalga oshirilishi, qiymati xaridorlar tomonidan to‘langan va
komplektlash uchun sotib olingan buyumlar;
o‘z kuchi bilan chetga bajarilgan ilmiy-tadqiqot ishlari.
Mahsulot (ish, xizmat) sotilishini hisobini tashkil
qilishda sotilgan mahsulot, tovarlar ish va xizmatlarning har
birini alohida turi bo‘yicha yuritilib, sotilayotgan mahsulot,
bajarilgan ish va xizmatlarning tarkibiy tuzilishi hamda ularning
har birining umumiy sotilish summasidagi hissasi, har qaysining
rentabellik darajasi va boshqa ma’lumotlar aks ettirilishi lozim.
Mahsulot (ish, xizmat) odatda ma’lum bir qiymatda
baholanadi va sotiladi. Baho — qiymatning puldagi ifodasidir.
Uning asosini u yoki bu mahsulotni tayyorlash bilan bog‘liq
ijtimoiy zaruriy mehnat tashkil qiladi.
Korxona ishlab chiqargan mahsulotining nafliligi va unga
sarflangan xarajatlar birdaniga tan olinmasa, u pulda
ifodalanmasa, mahsulotni sotib bo‘lmaydi. CHunki mahsulotning
qiymati tomonida sotuvchining manfaati, nafliligi tomonida esa
xaridorning manfaati yotadi. Agarda korxonaning mahsulotlari
xaridorga manzur bo‘lsa, ular manfaatlari to‘g‘ri kelgan nuqtada narx
o‘rnatiladi va tovar oldi-sotdisi yuz beradi.
Bu holatni yaxshiroq tasavvur qilish uchun biz quyidagi
chizmaga e’tiborni jalb etamiz:
Do'stlaringiz bilan baham: |