chizma. Pul mablag‘larining aylanishi
Sotish jarayonining tezlashishi korxonaning ishlab chiqarish va
ta’minot jarЄnlarini ham tezlashishiga ta’sir etadi, debitorlik
va kreditorlik qarzlarini qisqartiradi.
Korxonada pul mablag‘lari harakati bir necha aylanishdan o‘tadi.
Bu aylanishda tayyor mahsulot ham ishtirok etadi. Buni biz quyidagi
chizmadan bilib olishimiz mumkin:
Ushbu tartib korxona faoliyati uzluksizligini ta’minlovchi
asosiy qoida bo‘lib hisoblanadi. Mazkur qoidaga asosan mahsulot
(ish,
xizmatlar)ni
sotish
hamda
moliyaviy
natijalarni
shakllantirishni tahlil qilish imkoniga ega bo‘lamiz. Tayyor
mahsulot (ish, xizmat) sotilishining tahlili vazifalariga
quyidagilar kiradi:
- sotish hajmi bo‘yicha rejaning asosliligini aniqlash;
- mahsulot sotish rejasining umumiy hajmda hamda shartnoma
majburiyatlarini hisobga olgan holda bajarilishiga ob’ektiv baho
berish;
- sotish hajmlari dinamikasini o‘zgarish sabablarini
aniqlash;
- mahsulot sotish hajmiga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash;
- shartnoma majburiyatlarining buzilishi, bajaril-maslik
sabablarini aniqlash;
- sotish hajmini oshirish imkoniyatlarini belgilash.
YUqorida sanab o‘tilgan vazifalar orqali korxonada tayyor
mahsulotlarni sotish va moliyaviy natijalarni shakllantirish
bo‘yicha tahlil ishlari olib boriladi. Bu vazifalar qanchalik to‘g‘ri
va o‘z vaqtida amalga oshirilsa, shundagina korxonalarda tayyor
mahsulotni sotish hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish
hisobi va tahlili samarali yo‘lga qo‘yiladi.
Tayyor mahsulotlarni turkumlash va baholash
Tayyor mahsulotni hisobga olish shu mahsulotning ishlab
chiqarishdan olinishi, uning harakati, sotilishi va xaridorlar
bilan olib boriladigan hisob-kitoblarni aks ettiradi. Tayyor
mahsulotning turkumlanishi bo‘yicha turli iqtisodchi olimlar
turlicha fikr bildirganlar. Masalan, S. Qodirxonov fikricha:
«Joylashgan joyiga qarab tayyor mahsulot omborlardagi tayyor
mahsulot, jo‘natilgan mol (tovar)lar va mas’ul saqlashga qabul
qilingan mollarga bo‘linishi mumkin».1
Ombordagi mahsulot deganda ishlab chiqarishning barcha ishlov
operatsiyalaridan o‘tib texnika nazorati bo‘limi tomonidan omborga
benuqson deb qabul qilingan va asosan sotishga mo‘ljallangan tovar
mahsuloti tushuniladi.
Jo‘natilgan
mol
(tovar)lar
deb,
xaridorlarga
yoki
iste’molchilarga jo‘natilgan, lekin uning uchun xaridorlar
tomonidan hali puli to‘lanmagan yo‘ldagi mahsulotga aytiladi.
Mas’ul saqlashga qabul qilingan mol (tovar)lar deb,
xaridorlarga jo‘natilgan tovar mahsulot har xil sabablarga ko‘ra
(sifatiga ko‘ra xaridorning talabini qondirmaydigan, xaridorlarga
adashib borib qolgan, ya’ni bir korxonaning o‘rniga ikkinchi
korxonaga shartnomadan tashqari borib qolgan tovarlar va shu
kabilar) sotib olish uchun qabul qilinmay qolgan bo‘lishi mumkin.
Bunday mahsulotni tegishli korxonalar o‘z javobgarligiga qabul
qilib olib, darhol bu mollarni yuboruvchi korxonaga xabar
qiladilar. SHuning uchun bunday mollar mas’ul saqlashga qabul
qilingan mollar deb yuritiladi.
Ombordagi
tayyor
mahsulot
Ko‘rgazma-
dagi tayyor
mahsulot
Tayyor mahsulotning
turkumlanishi
Komissiyaga
berilgan
tayyor
mahsulot
Ishlab
chiqarishdagi
tayyor
mahsulot
Yo‘ldagi
tayyor
mahsulot
Do'stlaringiz bilan baham: |