Tayyor mahsulot va ularni sotish muomalalari
hisobining vazifalari
Bozor iqtisodiyoti sharoitida tovarlar bozorda sotish uchun
ishlab chiqariladi. SHundan kelib chiqqan holda ishlab chiqaruvchilar
oldida bozorni chuqur o‘rganish, marketing strategiyasini to‘g‘ri
belgilashi lozim. Bunda asosiy e’tibor quyidagi uchta asosiy
muammoga qaratilishi lozim:
1. Nima ishlab chiqarilishi zarur, ya’ni ishlab chiqarish
resurslarining cheklanganligi sababli, bir-birini o‘zaro inkor
qiluvchi tovarlar va xizmatlardan qaysisi va qancha miqdorda ishlab
chiqarilishi kutiladi?
2. Tovar va xizmatlar qanday ishlab chiqariladi, ya’ni jamiyat
ixtiyoridagi
mavjud
resurslardan
qanday
texnologiyadan
foydalanish ko‘zda tutiladi?
3. Ishlab chiqariladigan tovarlar va xizmatlar kim uchun
mo‘ljallangan, ya’ni yaratilgan yalpi milliy mahsulotning
taqsimlanishi qanday tartiblarda amalga oshiriladi?
O‘z-o‘zicha bu uchta markaziy savollar - «Nima?», «Qanday?» va
«Kim uchun?» bozor munosabatlari sharoitida dolzarb hisoblanadi.
Ayniqsa, bozor iqtisodiyotini barpo etish sari dadil ildamlab
borayotgan respublikamizda bu har bir korhona, har bir firma
oldida turgan markaziy muammolar sifatida qabul qilinadi. Bu
muammolarni hal qilishda korxonaning butun xodimlari, shu
jumladan, buxgalterlar ham muhim o‘rin tutadi. Buxgalteriya bo‘limi
korxonada qancha miqdorda mahsulot ishlab chiqarish lozimligini,
uni qaysi bozorda sotish mumkinligi xususida qarorlar qabul
qilishda hal qiluvchi rol o‘ynaydi.
Mustaqillikka erishilgan vaqtdan boshlab respublikamiz
hayotida
tubdan
o‘zgarishlar
qilinib,
islohotlar
amalga
oshirilmoqda.
Foyda korxonaning oxirgi moliyaviy natijasi hisoblanadi. U
mehnatga haq to‘lash fondi bilan birga (foydaning korxona
ixtiЄrida qolgan qismi) korxona daromadini tashkil qiladi.
Bozor iqtisodiga o‘tish sharoitida foyda ko‘rsatkichini to‘g‘ri
aniqlash juda muhim ahamiyatga ega. Mazkur daromad hisobidan
maxsus maqsadlarga mo‘ljallangan fondlar, rezerv fondi tashkil
bo‘ladi, kapital qo‘yilmalar moliyalashtiriladi va ijtimoiy
tadbirlar amalga oshiriladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida moliya natijalarini hisobga
olish korxona faoliyatida markaziy o‘rinni egallaydi va uni hisobga
olishning asosiy vazifalari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
• olingan foyda miqdorini har oyda hamda yil boshidan o‘z
vaqtida to‘g‘ri hisob-kitob qilish;
• moliya natijalari bilan bog‘liq operatsiyalarni va ularning
taqsimlanishini buxgalteriya hisobi hisobvaraqlarida hamda
tegishli registrlarda to‘g‘ri aks ettirish.
Moliyaviy natijalarning miqdoriga juda ko‘p omillar ta’sir
qiladi. Masalan, inflyasiya, valyutaning o‘zgarib turishi, kredit
siyosati va boshqalar. Ishlab chiqarish va muomala jarayonidagi
yuqorida sanab o‘tilgan omillar ta’siri hisobga olingan holda
moliyaviy natijalarni aniqlash lozim. Aniqlangan moliya natijasi
haqiqatni to‘g‘ri va aniq aks ettirishi lozim. SHuning uchun ham
korxonalarda buxgalteriya hisobini to‘g‘ri yuritish va olingan foyda
miqdorini to‘g‘ri aniqlash zarur. Foyda miqdorining kamayishi
davlat byudjetiga to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘ miqdorining
kamayishiga va bu, o‘z navbatida, byudjet hisobidan amalga
oshiriladigan xarajatlar miqdorining kamayishiga olib keladi.
Zararga ishlaydigan korxonalar esa oxir-oqibatda «sinadi», ya’ni
inqirozga uchraydi. CHunki bozor iqtisodiyoti sharoitida amaldagi
Qonunlarga ko‘ra yaxshi ishlaydigan korxonalar foydasini qayta
taqsimlash ko‘zda tutilmagan. SHuning uchun ham zararga ishlaydigan
korxonalar o‘z xarajatlarini o‘zlari qoplashlari, buning uchun
qoplash yo‘llarini ishlab chiqishlari kerak.
Turli mulkchilik tizimiga
asoslangan iqtisod bozor
mexanizmlarining muhim shartlaridan biri bo‘lib hisoblanadi.
Uning sub’ektlari bo‘lgan korxona va tashkilotlar, tadbirkorlik
faoliyati bilan shug‘ullanuvchi sub’ektlar mulkning egasi va
tasarruf etuvchisi sifatida uni to‘g‘ri boshqarishdan manfaatdordir.
Bu esa, albatta, sodir bo‘layotgan xo‘jalik jarayonlari va hodisalarni
davriy kuzatishni, faoliyat natijaviyligini batafsil o‘rganishni,
iqtisodiy tahlil qilishni talab etadi.
O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiy islohotlarning amalga
oshirilishi tahlil tizimini jahon standartlariga moslashtirish
natijasida tayyor mahsulot (ish, xizmat)lar, ularni sotish hamda
moliyaviy natijalarni tahlil qilishni ham takomillashtirishni
talab qilmoqda.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida mulk shaklidan qat’iy nazar barcha
korxonalarda mahsulot sotish hajmi asosiy ko‘rsatkichlardan
biridir. Bu ko‘rsatkich korxonalarni xalq xo‘jaligida shaxsiy
iste’mol uchun sifatli mahsulot ishlab chiqarishga undaydi, o‘z
muddatida mahsulotning sotilishi (ish bajarilishi, xizmat
ko‘rsatilishi) ishlab chiqarishning uzluksiz davom etishini
ta’minlaydi, mablag‘lar aylanishini tezlashtiradi. Mahsulot sotish
orqali qilingan xarajatlar qoplanadi va korxona foyda olishga
erishadi.
Sotish hajmi ishlab chiqarish jarayonining so‘nggi bosqichidir.
Mahsulot sotishdan kelgan tushum orqali korxona birinchi galdagi
to‘lovlarni amalga oshiradi. Soliq bo‘yicha to‘lovlar mol etkazib
beruvchilar, ishchi xizmatchilar bilan ish haqi bo‘yicha hisob-
kitoblarni bajaradi. Demak, korxonaning moliyaviy holati, aylanma
mablag‘larning aylanish tezligi va uni holati, moliyaviy
natijalarni sotish hajmi bo‘yicha rejaning bajarilishi va uning
dinamikasiga ko‘p jihatdan bog‘liq.
Pul mablag‘lari
Ishlab chiqarish
Tayyor mahsulot
Sotish
Pul mablag‘lari
Do'stlaringiz bilan baham: |