Oʻzbekiston respuplikasi oliy va oʻrta maxsus taʻlim vazirligi muqimiy nomidagi qoʻqon davlat pedagogika instituti



Download 0,65 Mb.
bet21/22
Sana12.06.2022
Hajmi0,65 Mb.
#660453
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
GLOBOLLASHUV SHAROITIDA MILLIY TAʼLIM TIZIMIDAGI ISLOHATLARNI AMALGA (2)

Oʻrta taʼlimda boshlangʻich taʼlimda shakllanadigan fazilatlar yanada kengayadi va bir muncha murakkablashadi. Jumladan, sezgirlik va hushyorlik bilan yashash, obyektiv bilimga ega boʻlish, Vatan tarixini bilish, oʻz kuchiga ishonchni namoyon qilish, islohotlar mohiyatini bilish, urf-odatlar, anʼanalarni, aqidalarni farqlash, erkinlikning, insonning mohiyatini anglash, yaxshilikni, bilimni, ogohlikni, bunyodkorlikni namoyon qilish, milliy-maʼanaviy tiklanish, tinchlikning qadriga yetish, milliy oʻzlikni anglash, mustaqillikni, bayramlarni, marosimlarni, dunyodagi oʻzgarishlarni, axborotlarni farqlash, sanʼatni, ezgu gʻoyalarni, moddiy hayotning rolini, befarqlik tushunchalarini anglash, buzgʻunchi gʻoyalarni, kosmopolitizmni, mahalliychilikni, loqaydlik va terrorizmning mohiyatini anglash fazilatlari namoyon boʻladi. Jumladan, bu taʼlim tizimidagi oʻquvchilarning bilim darajalari ancha ulgʻayadi va kengayadi. Ularga fikrga qarshi fikr, gʻoyaga qarshi gʻoya, oʻz hayotida aniq maqsad qoʻya olish, tarixiy xotiraga hurmat, oʻz kuchiga ishonib yashash, islohotlar jarayoniga munosabat bildirish, urf-odatlarni, anʼanalarni, aqidalarni bilish, erkinlikni targʻib qilish, insonni oliy qadriyat sifatida tushunish, ezgu, ideal gʻoyalarni, "maʼrifat-shijoatdir" tushunchasini, milliy gʻoyani anglash, ogohlik, bunyodkorlik, ijtimoiy faol boʻlish, maʼanaviy yuksalish, maʼnaviy va mafkuraviy tahdidni bilish, globallashuvning mohiyatini anglash, jaholatga qarshi maʼrifat bilan kurash, “ommaviy madaniyat” nima ekanligini bilish, mustaqillikni, globalizm, axborot xurujini anglash tushunchalari oʻz ifodasini topgan. Shuningdek, gʻoyaviy kurashchanlikni, moddiy va maʼnaviy hayot uygʻunligini, befarqlikning zararini, milliy oʻzlikni himoya qilishni tushunish, buzgʻunchi gʻoyalarga qarshi tura olish, ekstremizmga murosasizlik, mamlakat kelajagiga ishonch, kosmopolitizmning, mahalliychilikning mohiyatini bilish fazilatlari yoritib beriladi.
Oliy taʼlimda yuqoridagi fazilatlar yanada mustahkamlanadi va hayotda faoliyat mezoniga aylanadi. Tarbiyaviy ishlar toʻgʻri yoʻlga qoʻyilgan taʼlim muassasalarida talabalarda oʻz faoliyatida maqsadli kurash olib borish, mustaqil fikrga ega boʻlgan fidokor, tarixni toʻgʻri anglash, oʻz kuchiga ishonchni qabul qilish, islohotlarda faol ishtirok etish, urf-odatlarni, anʼanalarni asrash, demokratiyaga hurmat bilan qarash, ezgu gʻoyalarga sadoqat, maʼrifatni yot gʻoyalarga qarshi qoʻya bilish, ogohlikni, bunyodkorlikni, maʼnaviy yuksaklikni namoyon etish, jamoa tashkilotlarida faol ishtirok etish, mafkuraviy tahdidga qarshi kurash, globallashuvning salbiy jihatlarini fosh etish, yurt tinchligini saqlash, demokratiya eksporti mohiyatini fosh etish fazilatlari namoyon boʻladi.
Shuningdek, mustaqillikni mustahkamlashning faol kurashchisi boʻlib, milliy bayramlardan, marosimlarda gʻoyaviy targʻibotdan foydalanish, globalizm illatlariga, axborot xurujiga, “ommaviy madaniyat” tahdidiga nisbatan gʻoyaviy kurashchanlikni namoyon qilish, milliy oʻzlikni himoya qilish uchun kurasha olish, buzgʻunchi gʻoyalariga, xoinlikka, loqaydlikka, mahalliychilikka, terrorizmga, kosmopolitizmga qarshi kurashish, buyuk kelajakka ishonch hissi bilan yashash fazilatlari shakllanadi.
Xulosa qilib aytganda, taʼlim jarayonini fan bilan integratsiyasini yuqori darajada tashkil etish uchun eng avvalo oʻquv va ilmiy laboratoriyalar holatiga va unda olib boriladigan tadqiqotlarning mazmun va mohiyatiga eʼtibor berish lozim. Bu jarayonda talaba ushbu faoliyatga qiziqadi va koʻnikmalar hosil qiladi. Buning uchun esa kafedra tarkiblaridagi ilmiy laboratoriyalarda olib boriladigan tadqiqotlar koʻproq mahalliy muammolar bilan bogʻlangan boʻlishi lozim. Chunki talaba oʻzi har kuni va doimiy duch keladigan muammo yechimi bilan shugʻullansa u olib boradigan tadqiqot maqsadli, reja asosida, ongli ravishda amalga oshadi. Ushbu jarayon taʼlim va fan integratsiyasini tashkil etishning bosh mezonlaridan biriga aylanadi.

XULOSA
Dissertatsiya mavzusi boʻyicha oʻtkazilgan tadqiqot natijasida quyidagi xulosalarga kelindi:
1. Globalashuv sharoitida milliy taʼlim tizimidagi islohotlarni axborot texnologiyalarini rivojlantirish axborotlashgan jamiyatning doirasidan alohida koʻrib chiqilishi mumkin emas. Taʼlim va fanni axborotlashtirish taʼlimning sifati va raqobatbardoshligini oshirish, iqtisodiy jihatdan maqbul taʼlim tizimlarini va yuqori ilmiy salohiyatni yaratish hamda qoʻllab-quvvatlash uchun zarur boʻlgan taʼlim darajalari oʻrtasidagi aloqalarni mustahkamlash, texnologik mustaqillikni va mamlakatning axborot xavfsizligi, shu bilan birga, iqtisodiyotning kelajakdagi rivojlanishini taʼminlash uchun zarur boʻlgan bir qator asosiy muammolarni hal etishga yordam berishi kerak. Bu raqamli iqtisodiyotni shakllantirishga ilmiy va uslubiy yondashuvlarni kengaytirish, mamlakat va uning hududlari raqobatbardoshligini oshirish uchun yangi shart-sharoit va manbalarni yaratish, shuningdek, respublikaning taʼlim tizimini jahon iqtisodiy tizimining globallashuvi muammolariga moslashtirish mexanizmini kengaytiradi.
3. Raqamli iqtisodning asosiy xususiyatlari quyidagilar hisoblanadi: zamonaviy axborot texnologiyalari va sunʼiy intellektning mavjudligi; milliy axborot resurslarini yaratishni taʼminlaydigan rivojlangan infratuzilmaning mavjudligi; ishlab chiqarish va boshqaruvning barcha sohalari va tarmoqlarini avtomatlashtirish va kompyuterlashtirishni jadallashtirish; turli funksional maqsadlardagi innovatsiyalarni yaratish va amaliyotda qoʻllash; taʼlim bozorining talablariga muvofiq malakali mutaxassislarni tayyorlash va raqamli taʼlim muhitini yaratish.
4. Taʼlim tizimida innovatsion jarayonlarni boshqarishni axborotlashtirish jarayonlarini amalga oshirishda hozirgi vaqtda mavjud boʻlgan yondashuvlarni oʻzgartirishni talab qiladigan bir qator muammolar mavjud boʻlib, ular quyidagilardan iborat: taʼlim tizimida innovatsion jarayonlarni boshqarishda axborot texnologiyalaridan foydalanishda tizimli yondashuvning yetarli emasligi; taʼlim sohasidagi innovatsion jarayonlarni rivojlantirishda boshqarish funksiyalari yetarli darajada aniqlanmaganligi va muvofiqlashtirish tizimi shakllantirilmaganligi; rivojlanib borayotgan IT-infratuzilmasini dasturlash, tizim boshqaruvchilari, axborot xavfsizligi, ijtimoiy tarmoqlarda marketing va boshqa sohalarni malakali mutaxassislar bilan taʼminlash, shuning barobarida taʼlim tizimida elektron hujjat aylanishini amalga oshirishning yetarli darajada emasligi; rivojlangan raqamli taʼlim resurslari faqat kompyuter sinfida mavjud boʻlib, ularning Internetdagi taqdimoti yetarli emas.
5. Oʻqituvchilar malakasini tizimli ravishda oshirish (shu qatorda onlayn tartibida ham), bu esa oʻqituvchilarning OTM yoʻnalishidan kelib chiqib (ixtisosligi) oʻz uslublari va raqamli taʼlim resurslarini ishlab chiqishiga sharoit yaratadi;
6. Milliy taʼlim tizimidagi islohotlarni amalga oshirish jarayonlarida IT-texnologiyalaridan foydalanish orqali nafaqat bir mamlakat ichida, balki xalqaro miqyosda ham maʼlumot va tajriba almashish imkoniyati yaratiladi. Natijada tarmoq resurslaridan professional tarzda foydalanish rivojlanadi.
7. Milliy tahlim tizimidagi amalga oshirilayotga islohotlar natijasida innovatsion jarayonlarni boshqaruv va raqamli taʼlim muhitini yaratishning taʼlim xizmatlari bozori bilan oʻzaro bogʻliqligini taʼminlash uchun quyidagi tavsiyalar ishlab chiqildi: aholining yashash joylari va ijtimoiy sharoitlaridan qatʼi nazar sifatli taʼlim olish imkoniyatini yaratish va shu bilan aholining taʼlim sohasidagi xizmatlarga ehtiyojlarini qondirish, milliy iqtisodiyot sektorlarini malakali mutaxassislar bilan taʼminlash, uzluksiz taʼlim tizimini rivojlantirish, bozordagi oʻzgaruvchan talablarga javob berish; xalqaro integratsiyani mustahkamlash, aholining ijtimoiy va professional mobillik darajasini oshirish; taʼlim tizimida toʻplangan bilim, inson kapitali va innovatsion salohiyatdan samarali foydalanish, ilmiy salohiyatidan toʻla foydalanishni (uslubiy jihatdan kuchli taʼlim texnologiyalaridan keng foydalanish, tarmoq elektron resurslarini rivojlantirish, ilmiy maktablarni rivojlantirish va b.), raqamli axborot texnologiyalarining mavjud va istiqbolli vositalaridan samarali foydalanishni taʼminlash.
8. Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim tizimida IT- texnologiyalaridan va oliy taʼlim muassasalarining ichki innovatsion salohiyatidan samarali foydalanish orqali taʼlim tizimining mavjud raqobatbardosh jihatlarini yanada takomillashtirish maqsadida inson kapitalini rivojlantirish, tarmoq (network university), ijodiy (creative university) va tadbirkorlik yondashuvi (entrepreneurial university) mexanizmlaridan foydalangan holda raqamli taʼlim resurslarini shakllantirish, OTMlarning boshqaruv mexanizmlarini rivojlantirish va takomillashtirish istiqbollarini ishlab chiqishda hisobga olinishi maqsadga muvofiqdir.

Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish