2. Mashg’ulotning davomiyligi 180 minut.
3. Mashg’ulotning maqsadlari Ushbu maqsadga erishish uchun talabalar quyidagi usullarni o’rganish maqsadga muvofikdir:
1.Bolalarning ovqatlanishini gigiyenik baxolash.
2.Uyushgan jamolarnig ovqatlanishini o’rganish.
3.Aloxida laborator tekshiruvlar o’tkazish, xususan ekspress usullar bilan ularni taxlil kila olish.
4.Ovqatlanish bloki sanitar-gigiyenik tekshirish.
5.Ovqatlanish bloki xodimlarini profilaktik tibbiy ko’riklardan o’tishi ustidan nazorat o’tkazish.
6.Tibbiy xujatlarni tuzish va nazorat qilish.
VAZIFALAR Talaba bilishi kerak:
1.Bolalarning ovqatlanishini gigiyenik baxolash.
2.Uyushgan jamolarning ovqatlanishini o’rganish.
3.Aloxida laborator tekshiruvlar o’tkazish xususan ekspress usullar bilan ularni taxlil kila olish.
4.Ovqatlanish bloki sanitar-gigiyenik tekshirish.
5.Ovqatlanish bloki xodimlarini profilaktik tibbiy ko’riklardan o’tishi ustidan nazorat o’tkazish.
6.Tibbiy xujjatlarni tuzish va nazorat qilish.
Talaba bojara olish kerak: -MBMlarda ovqatlanishni tashkillashtirishga ovqat tayyorlash blokining sanitar xolatiga shuninigdek taomnomaga gigiyenik baxo berishni.
Mavzuni asoslash. To’la qiymatli ovqatlanish-bu bolalar va o’smirlar organizmini o’sish va rivojlanish jarayonini ta'minlovchi shuninigdek ularning salomatlik xolatini mustaxkamlovchi aniq va doimiy xarakatdagi asosiy omillardan biri bo’lib xisoblanadi. To’la qiymatli ovqatlansh deb shunday ovqatlanishga aytiladiki kachonki ushbu ovqat ratsioni son va tarkibiy sifati jixatidan bolalar va o’smirlar organizmida sarflanadigan energetik qiymatni qoplash kerak. Bolalar ovqati ratsionini me'yorlashtirishda ularining yoshi jinsi yashash muxiti va geografik mintaqasi shuningdek faoliyat turi va jismoniy yo’qlamalarning darajasi inobatga olinadi. Ovqatlanishni tashkillashtirishd xar bir yosh guruxi uchun ovqatlanish tartibi katta axamiyatga ega shuningdek aloxida ovqatlanish ovqat qabul qilish davomida ratsionni to’g’ri taqsimlash maqsadga muvofikdir.
Shu bilan birgalikda maxsulotlarining kulinariya ishlovi ularning qabul qilish sharoiti ovqatlanish gigiyenik ko’nikmalari ovqatni to’g’ri iste'mol qilish tartibi xam katta axamiyatga ega. Bolalar va o’smirlar jamosi ovqatlanishini davlat sanitariya epidemiologiya nazorati o’tkazish bolalar va o’smirlar gigiyenasi bo’limi vrachining asosiy vazifalaridan biri bo’lib xisoblanadi. Sanitariya vrachining vazifalariga ovqat sifatini nazorat qilish va uning yosh fiziologik me'yorlariga mos kelishi ovqatlanishni tashkilashtirish va tartibini nazorat qilish shuningdek bolalar va o’smirlar muassasasi ovqatlanish va ovqat tayyorlash joylarini sanitariya talablariga shuningdek maxsulotlarga sifatli ishlov berishni nazorat qilish kiradi.