1. Mashg’ulotni o‘tkazish joyi va jihozlanishi
Sanitariya epidemiologiya osoyishtaligi va Jamoat Salomatligi Xizmati boshqarmasi: Bolalar, o‘smirlar va ovqatlanish gigiyenasi kafedrasi, ob’ektlar, talabalar va o‘qituvchilar uchun uslubiy qo‘llanmalar, Toshkent tibbiyot akademiyasi Bolalar, o‘smirlar va ovqatlanish gigiyenasi kafedrasi.
Jadvallar ,talabalar va o‘qituvchilar uchun uslubiy qo‘llanmalar, kerakli asbob-uskunalar, qonuniy xujjatlar, vaziyatli masalalar, o‘qitishning yangi texnologik usullari, o‘rgatuvchi nazorat qiluvchi dasturlar, amaliy ish bajarish yuzasidan xarakat algoritmlari, holatiy masalalar, testlar.
O’TV: TV-video
Zamonaviy sharoitlarda tibbiyot xodimlarining faoliyati bolalar va o‘smirlar jamoalari salomatlik xolatini boshkarishga yunaltirilgan. Buning uchun bolalar va o‘smirlar salomatlik xolatining yagona tushunchasidan kelib chiqish, bolalar salomatlik xolatini baxolashning umumiy prinsiplarini,bolalarda kasalliklar shakllanishining asosiy qonuniyatlarini bilish, salomatlik xolatiga ta’sir qiluvchi omillar va bolalar salomatligining ijtimoiy-gigiyenik aspektlarini bilish zarur. Bolalar va o‘smirlar jamoasining salomatlik holati SEO va JSX boshqarmasilarida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan vrach ishining samaradorlik ko‘rsatkichi hisoblanadi. Jamoaning salomatlik holati BO’GB vrachlarning faoliyatini baholashning eng asosiy mezonlaridan biri hisoblanadi. Tashkillashtirilgan va tashkillashtirilmagan jamoaning normal tarzda o‘sib rivojlanishiniing ta’minlovchi eng asosiy belgilaridan biri bu salomatlik holati bo‘lib, me’yoriy jismoniy rivojlanishini ta’minlovchi vositalardan biri hisoblanadi. Bolalar va o‘smirlarning salomatlik holati muassasalarida samarali ish jarayonini ta’minlab, xalq xo‘jaligini yuqori malakali kadrlar bilan boyitishga zamin yaratadi. Aholining turli qatlamlari orasida yuqumli va somatik kasalliklarni oldini olish va uzoq umr ko‘rish, inson umrini uzaytirishni ta’minlaydi. Jamoaning salomatlik holatini va kasallanishini oldini olish umumiy amaliyot vrachlari faoliyatining eng asosiy ko‘rsatkichlaridan biri hisoblanadi
O’quvchilar salomatlik xolati ustidan davriy ravishda tibbiy nazorat olib borish sog’likni saqlash, ta’lim organlari va boshqa soxalar uchun muxim bo‘lgan, bolalar qontingenta rivojlanishi va ular salomatligi shakllanishining umumiy qonuniyatlarini o‘rnatishga imkon beradi.Tibbiy nazorat individual planda xar bir bolaning salomatlik xo-latini aniqlashga,uning funksional kobiliyatsizlik darajasini aniqlash va zarur bo’lgan sog’lomlashtirish va davolash chora-tadbirlarini o’tkazishga imkon beradi.Talabalarni fikirlash qobiliyatini, mustaqil muloxaza yuritishni va mantqiy fikirlashni ushbu mavzu bo‘yicha rivojlantirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |