Yuqorida aytilgan salomatlik ko‘rsatkichlariga qarab, salomatlik 5 ta guruxga bo‘linadi:
1- g u r u x. Bu guruxga surunkali kasalliklarga chalinmagan, tekshirish paytida biron-bir kasallik aniqlanmagan va o‘z yoshiga muvofiq ravishda jismoniy xamda aqliy jixatdan rivojlangan sog’lom bolalar kiradi.
2- g u r u x. Bu gurux surunkali kasalligi bo‘lmagan , lekin ayrim morfofunksional nuqsonlari bo‘lgan , hamda tez-tez (bir yild 4 marta) dardga chalinib turadigan bolalardan tashkil topgan.
3 – g u r u x. Bu gurux surunkali kasalligi bor yoki kompensatsiya davrida patologik xolati og‘ir bo‘lmagan, umumiy o‘zini xis etishi me’yorda bo‘lgan bolalarni birlashtiradi.
4- g u r u x. Bu guruxni surunkali kasalliklari bor, subkompensatsiya davrida ummumiy xolati buzilga, o‘zini yomon xis eta boshlagan, o‘tkir yuqumli kasalliklardan so‘ng tuzalishi kechikkan bolalar tashkil etadi.
5- g u r u x. Bu gurux dekompensatsiya davrida bo‘lgan, og‘ir surunkali kasalliklarga chalingan, kam xarakat, bolalar muassasalariga qatnay olmaydigan nogiron bolalardan iborat.
Qoidaga muvofiq 1-3 guruxagi bolalar umumiy bolalar muassasalariga qatnaydilar. Salomatlik guruxini aniqlashda bola salomatligi xaqidagi ma’lumotlarni xisobga olish zarur.
Bolalarni salomatlik guruxlarini ajratish bizning tibbiyotimizning muxofaza tavsifnomasiga javob beradi. U yoki bu patologiya rivojlanishi extimoli bo‘lgan (2-salomatlik guruxi) bolalarni aniqlash va ularning salomatligini yahshilash bo‘yicha muolajalar tuzilmasini ishlab chiqishda yordam beradi. Bu guruxga rekonvalesetsentlar, asosan yuqumli kasalliklar bilan kasallanganlar, tez-tez kasal bo‘lib turuvchilar, ortiqcha tana vazni xisobiga jismoniy rivojlanmay qolgan, qomati buzilgan, yassi oyok, yurak tomir tuzilmasida funksional buzilishlar kuzatilgan, kuchsiz darajadagi uzoqni ko‘ra olmaslik kasalligi bilan kasallangan, 2 darajadagi tanglay bodomsimon bezlarini kattalashgan, allergik reaksiyalari bor, qalqonsimon bezning 1-2 darajali kattalashuvi , nerv tuzilmasi tomonidan astenik ko‘rinishlari aniqlangan tili chuchuk va boshqa bolalar kiradi.
Kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, bolalaragi funksional va morfologik o‘zgarishlar ko‘pincha surunkali kasalikka o‘tib ketadi. Shuning uchun surunkali kasalliklardan muxofaza qilish uchun organizmning rezistentligini oshirish va salomatlikdagi ko‘rsatilgan o‘zgarishlarni oldini olish tavsiya etiladi. Maktabgacha yoshda 2-salomatlik guruxidagi bolarning 1 qismi 2 chi guruxga o‘tadi, Shuning uchun xam bola 3 yoshligidan uni dispanzerizatsiyadan o‘tkazish asos bo‘lib xizmat qiladi. Yuqori sinf o‘quvchilari orasida profilaktika ishlari olib borilmasa 2-guruxan 10 foizi 3 guruxiga o‘tishi mumkin.
8.Xulosa: Bolalar va o‘smirlarning jismoniy rivojlanishi va unga ijtimoiy gigiyenik omillarning ta’sirini ilmiy jixatdan asoslangan xolda talabalarga etkazib berish.
Do'stlaringiz bilan baham: |