O‘zbekiston respulikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti



Download 5,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/507
Sana22.01.2022
Hajmi5,44 Mb.
#400278
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   507
Bog'liq
Ozbekiston tarixi (2)

TASSRning  tuzilishi. 

Sovet  hokimiyati  o’zining  avvaldan  rejalashtirgan  sotsialistik 

yo’nalishdagi  iqtisodiy  va  siyosiy  qayta  qurishlar  yo’lini  izchil  amalga  oshirishga  kirishdi. 

Chunonchi,  yer  to’g’risidagi  dekret  asosida  yerga  bo’lgan  xususiy  mulkchilikni  tugatish 

boshlandi.  Shu  maqsadda  joylarda  yer  qo’mitalari  tuzildi.  Jumladan,  1918-yil  kuzida  Sirdaryo 



viloyatida 51 ta, Samarqand viloyatida 50 ta, Yettisuvda 25 ta shunday qo’mitalar tashkil etildi. 

Biroq dehqonlar sovet ma’murlarining yer qo’mitalarini tuzish harakatini keskin norozilik bilan 

qarshi  oldilar.  Shunga  qaramasdan  bolsheviklar  bu  yo’lni  qat’iy  amalga  oshirishda  davom 

etdilar. Buning natijasida o’lkadagi  ko’plab miqdordagi  yirik  mulklar, xususiy  yerlar musodara 

etildi va milliylashtirildi. 

Sovet  hukmdorlarining  yana  bir  hiylakorligi  va  ustamonligi  shunda  ko’rinadiki,  ular 

Turkiston muxtoriyati tajribasidan muhim xulosa chiqarib, bu hududda o’ziga xos sovet muxtor 

respublikasini  tuzishga  yo’l  tutdilar.  Bundan  ko’zda  tutilgan  bosh  maqsad  -  Turkistonning 

kelajakda  mustaqil,  suveren  davlat  bo’lib,  ajralib  chiqib  ketishiga  izn  bermaslik  edi.  Sovetlar 

ishlab  chiqqan  rejaga  ko’ra  1918-yilning  20-aprelidan  1-mayigacha  Toshkentda  bo’lib  o’tgan 

o’lka  Sovetlarining  V  qurultoyida 

Turkiston  avtonom  sovet  sotsialistik  respublikasi

  (TASSR) 

tuzildi  va  RSFSR  tarkibiga  kiritildi.  Sinfiylik  tamoyillariga  asoslangan  o’ziga  xos  davlat 

boshqaruvida  hokimiyat  funksiyalari  butunlay  sovetlar  va  ularning  organlari  ixtiyorida  edi. 

Qurultoyda  respublikaning  hokimiyat  organlari: 

Markaziy  Ijroiya  Qo’mitasi

  (MIQ)  va 



Xalq 

Komissarlari  Soveti

  (XKS)  saylandi.  MIQning  jami  36  a’zosidan  atigi  9  nafari  mahalliy  millat 

kishilari  edi.  Avtonom  respublika  MIQning  raisi  etib  bolshevik  P.  A.  Kobozev  saylandi, 

bolshevik  F.  I.  Kolesov  boshchiligida  16  kishidan  iborat  tuzilgan  XKS  tarkibiga  ham  3  nafar 

mahalliy aholi vakillari kiritilgan edi, xolos. 

1918-yil iyunda 2 ming nafar bolsheviklarni o’z safida birlashtirgan 



Turkiston Kompartiyasi

 

tuzildi.  1919-yil-martida  Turkiston  Kompartiyasi  huzurida  Turor  Risqulov  raisligida 



O’lka 

musulmonlari  byurosi

  tuziladi.  Musbyuroning  organi  -  «Ishtirokiyun»  gazetasi  nashr  etila 

boshlandi, unda Turkiston ma’murlarining shovinistik siyosati fosh etila bordi. 

1918-yil oktabrida bo’lgan o’lka sovetlarining VI qurultoyida TASSR Konstitutsiyasi qabul 

qilindi.  Unda  Turkistonni  RSFSRning  “ajralmas,  tarkibiy  qismi”  ekanligi,  o’lka  xalqlarining 

barcha hayotiy masalalari uning mas’ulligida ekanligi qonunlashtirildi. 

Turkistonda  sovet  hokimiyatining  tobora  kuchayishi,  uning  yakkahukmronligining  ortib 

borishi,  o’lka  hayotining  hamma  jabhalarining  qattiq  markazlashtirilishi,  qattiqqo’l  iqtisodiy 

tadbirlarning  o’tkazilishi  faqat  mahalliy  aholi  qatlamlarining  keskin  noroziligiga  sabab  bo’lib 

qolmasdan, boshqa siyosiy muxolifatchi kuchlarni ham harakatga keltirdi. 

1919-yil  19-yanvarida  harbiy  komissar  K.Osipov  uyushtirgan  isyon  natijasida  Toshkentda 

14  nafar  Turkiston  xalq  komissarlarining  otib  o’ldirilishi  ham  buning  aniq  ifodasi  bo’lgandi. 

Ammo  tezlikda  o’zlarini  o’nglab  olishga  ulgirgan  bolsheviklar  vaziyatni  o’z  foydalariga 

o’zgartirib, sovet hokimiyatini yana saqlab qolishga muvaffaq bo’ldi, hokimiyat organlari yangi 

kadrlar bilan to’ldirildi. Rahbarlik lavozimlariga mahalliy millat vakillari ham jalb etila bordi. 

Moskva sovet Turkistoniga o’z ta’sirini kuchaytirish, uni har tomonlama o’ziga qaram qilish 




maqsadida  1919-yil  kuzida  Toshkentga  alohida  favqulodda  vakolatlar  berilgan 

Turkkomissiya

 

(Sh.  Eliava  -  rais,  V.  Bokiy,  F.  Goloshchekin,  V.  Kuybishev,  M.  Frunze,  Ya.  Rudzutak)ni 



yubordi.  Uning  butun  faoliyati  TASSR  sovet  va  partiya  qurilishi  ishlarini  jadal  sur’atlar  bilan 

olib  borish,  yangi  tuzumni  chuqur  ildiz  ottirish  edi.  TASSR  hayotida  kechayotgan  barcha 

ijtimoiy  -  siyosiy,  iqtisodiy  va  madaniy  jarayonlar  bilan  bog’liq  eng  asosiy  masalalarning 

birortasi ham Turkkomissiya a’zolarining izmisiz hal etilmas edi. 

Bu  davrda  mahalliy  xalq  orasidan  chiqqan,  sovet  va  partiya  qurilishida  ancha  tajriba 

ortirgan, chiniqqan T. Risqulov, N. To’raqulov, A. Rahimboyev, N. Xo’jayev, Q. Otaboyev, A. 

Ikromov,  S.  Segizboyev  kabi  yurt  arboblari  u  yoki  bu  rahbariy  mansablarda  faoliyat  yuritgan 

bo’lsalar-da,  ammo  ularning  inon-ixtiyori  moskvalik  hukmdorlar  tizginida  bo’lgan.  Xullas, 

Turkkomissiya siymosida TASSR hayotida zo’rlik bilan qaror topdirib borilayotgan bolsheviklar 

diktaturasining asl mazmun-mundarijasi mujassamlashgan edi. 

Rossiyada 1917-yilda yuz bergan fevral inqilobiy o’zgarishi chorizmning yarim mustamlaka 

o’lkalari hisoblangan Xiva xonligi va Buxoro amirligida ham aks-sado bermay qolmadi. Avvalo, 

bu  tobe  davlatlarning  Rossiya  ta’siridan  xalos  bo’lishga  intilishi  ko’zga  tashlansa,  ikkinchi 

tomondan,  mahalliy  xalqning  demokratik  erkinliklar  va  huquqlarga  ega  bo’lish  sari  harakatlari 

faollashdi. 

Jumladan, Xorazmda 



Yosh xivaliklar

 harakati xonlikdagi siyosiy vaziyatni o’zgartirish va bir 

qator  demokratik  o’zgarishlarni  yuzaga  chiqarishga  otlandilar.  Yosh  xivaliklar  yetakchilari 

ishlab  chiqqan  manifestda  konstitutsion  monarxiya  tuzish,  xonning  vakolatlarini  cheklash, 

iqtisodiyot,  ta’lim  va  madaniy  xayot  jabhalarini  isloh  qilish  talablari  ilgari  surilgandi.  Xivada 

ijtimoiy-siyosiy  vaziyat  keskin  tus  olayotganidan  cho’chigan  Isfandiyorxon  (1910-1918)  1917-

yil  5-aprel  kuni  manifestni  imzolashga  majbur  bo’ldi.  Manifest  talablariga  ko’ra  xonlikda 

konstitutsion monarxiya tuzumi o’rnatildi. Ayni  paytda tarkibi 30-50 kishidan iborat ruhoniylar 

va  savdo-sanoat  ahli  vakillaridan  saylangan  Majlis  va  Nozirlar  Kengashi  tuziladi.  Ular  xalq 

vakilligi  boshqaruvi  organlari  sifatida  xon  hokimiyati  vakolatlarini  ma’lum  darajada  chekladi. 

Manifestga  muvofiq  yosh  xivaliklarning  taniqli  rahbari  Bobooxun  Salimov  Majlis  raisi, 

Matmurodov  esa  Nozirlar  Kengashi  raisi  etib  saylandilar.  Xon  xazinasi  va  uni  tasarruf  qilish 

ustidan  nazorat  o’rnatildi.  Xon  temir  yo’llar  qurish,  pochta-telegraf  o’rnatish,  yangi  jadid 

maktablari  ochish  to’g’risida  va’dalar  berdi.  Biroq  Xiva  xoni  va  uning  atrofidagi  mutaassib 

kuchlar  bu  demokratik  o’zgarishlarni  yo’qqa  chiqarish,  eski  tartiblarni  qayta  tiklash  payida 

bo’ldilar. 

1917-yil-iyuniga  kelib  Isfandiyorxon  Rossiya  Muvaqqat  hukumatining  Xivadagi  vakili, 

general  Mirbadalov  yordamiga  tayanib,  Matmurodov  boshliq  Yosh  xivaliklar  rahbarlarini 

qamoqqa  oladi.  Bu  partiyaning  faoliyati  qonundan  tashqari  deb  e’lon  qilinadi.  Yosh 



xivaliklarning ko’plari qo’lga olinib jazolanadi. Qolganlari xonlik hududini tark etadilar. 


Download 5,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   507




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish