O‘zbekiston respulikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti



Download 5,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/507
Sana22.01.2022
Hajmi5,44 Mb.
#400278
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   507
Bog'liq
Ozbekiston tarixi (2)

Xiva  xonligining  tugatilishi.

  1917-yil  kuzida  Rossiyada  ro’y  byergan  oktabr  o’zgarishi, 

Turkistonda  mustabid  sovet  hokimiyatining  o’rnatilishi  davomida  Xivada  ham  demokratik 

harakat  yangi  bosqichga  qadam  qo’yadi.  Demokratik  kuchlar,  aholining  kambag’al  tabaqalari 

faol  harakatga  kela  bordilar.  Qo’ng’irot,  Ko’hna  Urganch,  Xojayli,  Taxta,  Porsu  bekliklarida 

mahalliy  aholi  qat’iy  harakatlarga  chiqdi.  Buning  ustiga  mamlakatni  boshqara  olmay  qolgan 

xonning  1918-yil  yanvarida  turkmanlar  sardori  Junaidxonni  Xivaga  chaqirishi  va  uni  bosh 

qo’mondon etib tayinlanishi ham vaziyatni yanada chigallashtirib yubordi. Junaidxon tez orada 

Isfandiyorxonni  qatl  ettirib,  o’rniga  uning  tog’asi,  irodasiz  Said  Abdullani  nomiga  xon  qilib 

ko’tarib,  amalda  yakka  hukmdor  bo’lib  oldi.  Junaidxonning  harbiy  diktaturasi  zulmidan  og’ir 

aziyat  chekkan  ko’plab  aholi  qo’shni  Turkistonga  qochib  o’ta  boshladi.  Ularning  ko’plari 

Sovetlar  tayyorlagan  qizil  qo’shinlar  safini  to’ldirib  bordi.  Bularniig  hammasi  Sovetlarga  qo’l 

keldi.  Shu zaylda  ularga  qarashli 

Amudaryo bo’limi

da (Turtko’lda) N. A. Shaydakov va N. M. 

Shcherbakov  boshchiligida  shimoliy  va  janubiy  harbiy  dastalar  tuzilib,  xonlik  tuzumini 

ag’darishga shay qilib qo’yildi. Darhaqiqat, Turkiston sovet rahnamolari yo’l-yo’riqlari asosida 

harakatga  kelgan  qizil  qo’shinlar  va  shuningdek,  o’zbek  va  turkman  aholisidan  tashkil  topgan 

qo’zg’olon  dastalari  1919-yil  dekabri  oxirlaridan  Junaidxon  rejimiga  qarshi  harbiy  yurish 

boshlaydilar. Bu kuchlar Junaidga ketma-ket zarbalar berib, birin-ketin xonlik hududlarini qo’lga 

kiritib bordilar. 1920-yil 2-fevralda Xiva egallandi. 

Junaidxon  qolgan-qutgan  qo’shini  bilan  Qoraqum  sahrosiga  chekinadi.  Qo’g’irchoq  xon 

Said Abdullo taxtdan voz kechadi. Shu tariqa, sovetlar kuchi bilan Xiva xonligi ag’darildi va 5 

kishidan  iborat  Inqilobiy  qo’mita  tuzildi.  Uning  tarkibiga  Yosh  xivaliklar  va  turkman  urug’-

qabilalaridan  vakillar  kiritildi.  Inqilobiy  qo’mita  raisi  etib  Yosh  xivaliklar  rahbari 

D.Sultonmurodov saylandi. Tez orda Yosh xivaliklar ishlab chiqqan manifest e’lon qilinadi. 

1920-yilning 27-30-aprel kunlari Xivada bo’lib o’tgan xalq vakillari Butunxorazm qurultoyi 

xonlik  tugatilganligi  va  yangidan 

Xorazm  Xalq  Sovet  Respublikasi

  tuzilganligini  e’lon  qildi. 

Qurultoy  XXSRning  muvaqqat  Konstitutsiyasini  qabul  qildi.  Qurultoy  shuningdek  15  kishidan 

iborat  hukumat  -  Xalq  Nozirlar  Kengashini  sayladi.  Yosh  xivaliklar  rahbarlaridan  Polvonniyoz 

Yusupov uning birinchi raisi bo’ldi. Tez orada (iyunda) Rossiya bolshevik rahbarlari ko’magida 

Xorazm Kompartiyasi tashkil etilib, uning hukmronlik mavqei hayotda tayin etib borildi. Sovet 

Rossiyasi  ayni  paytda  yangi  tug’ilgan  Xorazm  Xalq  Sovet  Respublikasini  o’z  ta’sir  doirasiga 

olish  maqsadida  1920-yil  13-sentabrda  XXSR  bilan  ittifoq  shartnomasini tuzadi.  Bu  shartnoma 

bilan birga ikkala respublika o’rtasida imzolangan xarbiy-siyosiy va iqtisodiy kelishuvlar asosida 

Xorazm  Xalq  Sovet  Respublikasiga  sovet  Rossiyasi  tomonidan  tegishli  harbiy,  iqtisodiy  va 

madaniy yordam ko’rsatish ko’zda tutilgan edi. Biroq “katta og’a”ning bunday yordami zamirida 



Xorazm  Xalq  Sovet  Respublikasining  ichki  ishlariga  aralashish,  uning  siyosatini  o’z 

manfaatlariga  bo’ysundirish  maqsadlari  yotardi.  Faqatgina  1921-yil  davomida  Xorazm  Xalq 

Sovet  Respublikasida  uch-marta  (mart,-sentabr,-noyabrda)  hukumat  o’zgarishi  yasalib, 

Moskvaga  ma’qul  kelmagan  uning  tarkibi  o’zgartirildi.  O’z  xalqining  milliy  manfaatlarini 

ko’zlab  siyosat  yuritgan  Polvonniyoz  Yusupov,  M.  Ibniyaminov,  O.  Muhammadrahimov  bosh 

bo’lgan  hukumat  tarkiblari  bekor  qilindi,  ularning  rahbarlari  asossiz  qoralandi,  so’ngra  turli 

jazolarga giriftor etildi. 

1923-yil  oktabrida  bo’lib  o’tgan  IV  Butunxorazm  Sovetlari  Qurultoyi  Xorazm  Xalq  Sovet 

Respublikasini 

Xorazm  Sovet  Sotsialistik  Respublikasi

  deb  e’lon  qildi  va  respublikaning  yangi 

konstitutspyasini  qabul  qildi.  Unda  Xorazmda  Sovetlar  rahbarligida  amalga  oshirilgan  jiddiy 

o’zgarishlar  orqasida  bu  respublika  endilikda  o’z  taraqqiyotining  yangi,  sotsialistik  bosqichiga 

kirganligi  alohida  ta’kidlandi.  Konstitutsiya  yerga  bo’lgan  xususiy  mulkchilikni  bekor  qildi, 

barcha erlar umumxalq mulki deb e’lon etildi. Vaqf mulklari maorif nozirligi ixtiyoriga olindi. 

Xorazm  xalqlarining  xohish-irodasiga  zid  tarzda  amalga  oshirilgan  bu  xil  tadbirlar  va  eng 

asosiysi,  respublikani  boshqarish  jilovini  tobora  Sovetlar  hukmronligi  qo’l  ostiga  o’tib  borishi, 

pirovardida voha aholisining umumiy noroziligining kuchayib borishiga sabab bo’ldi. 


Download 5,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   507




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish