O‘zbekiston respulikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti



Download 5,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet107/507
Sana22.01.2022
Hajmi5,44 Mb.
#400278
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   507
Bog'liq
Ozbekiston tarixi (2)

         Xalqaro  vaziyatning  o‘zgarishi. 

XXI  asr  bo‘sag‘asida  jahon  taraqqiyotining  mazmuni 

tubdan o‘zgardi. Ilgari bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan - SSSR va AQSH yetakchilik qilgan ikki 

ijtimoiy-siyosiy  tuzum,  ikki  harbiy-siyosiy  blok  mavjud  edi.  Dunyoda  «sovuq  urush»  siyosati 

hukmronlik qilardi. Butun insoniyat yadro urushi xavfi ostida yashardi. 

     XX asrning 90-yillariga kelib, sotsialistik dunyoning yetakchisi bo‘lgan ulkan imperiya - 

SSSR  parokanda  bo‘ldi,  sotsialistik  sistema  halokatga  uchradi.  Varshava  Shartnomasi  bloki 

tarqalib ketdi. Dunyoda yangi mustaqil davlatlar vujudga keldi. Birgina SSSRning parchalanishi 

natijasida  15  ta  mustaqil  davlat,  jumladan,  mustaqil  O‘zbekiston  davlati  tashkil    etildi.  «Sovuq 

urush» siyosati barham topdi. 

       Xalqaro vaziyatda tub o‘zgarishlar sodir bo‘lsa-da, dunyo tinchligiga tahdid  soluvchi xavf-

xatarlar, ziddiyatlar saqlanib qoldi. Bu quyidagi hollarda namoyon bo‘lmoqda: 

     • Turli darajada rivojlangan mamlakatlar o‘rtasida ijtimoiy – iqtisodiy notenglik va ziddiyatlar 

yanada  o‘sdi.  Mamlakatlar  o‘rtasida  ilmiy-texnikaviy  bilimlar,  ilg‘or  texnologiya,  erkin 

sarmoyalarni  to‘plash  va  joylashtirishda  hamon  tafovutlar  katta.  Dunyoning  katta  qismida 

iqtisodi zaif, aholisi qashshoq yashayotgan mamlakatlar mavjud. 

 • Bir qator mintaqalarda, hatto bir mamlakat fuqarolari o‘rtasida milliy-etnik va diniy nizolar 

kelib  chiqib  mojarolarga,  qonli  urushlarga  aylanmoqda.  Mintaqaviy  mojarolar  tufayli  30 

milliondan ortiq odam o‘zi yashaydigan joylarni tashlab, boshqa mamlakatlarga qochoq sifatida 

ketishga majbur bo‘lgan; 

•  Umumiy,  mintaqaviy  va  milliy  xavfsizlikka  terrorizm,  ayirmachilik  va  diniy  ekstremizm 

tahdid  qilmoqda.  Xalqaro  terroristlar,  dinni  siyosiylashtirish  natijasida  vujudga  kelgan 

ekstremistlar,  shu  jumladan,  islom  fundamentalistlari  odamlar  o‘rtasida  «haqiqiy»  va  «soxta» 

dindorlik  belgilari  bo‘yicha  qarama-qarshilik  chiqarishga,  millatlarni  parchalashga,  islom 

sivilizatsiyasi bilan boshqa sivilizatsiyalar o‘rtasida yangi qarama-qarshiliklar, mojarolar keltirib 

chiqarishga urinmoqdalar;  

     •  «Sovuq  urush»  siyosatiga  chek  qo‘yilishi  natijasida  yalpi  yadro  urushi  xavfi  kamaygan 

bo‘lsa-da,  bu  turdagi  ommaviy  qirg‘in  qurollarning  ko‘p  miqdorda  saqlanayotganligi,  yadro 

quroliga  ega  bo‘lgan  davlatlar  sonining  ko‘payib  borayotganligi  dunyo  uzra  umumiy  xavfsiz-

likka jiddiy tahdid bo‘lib qolmoqda

     •  Jahon  miqyosida  atrof-muhitning  ifloslanayotganligi,  nosog‘lom  ekologik  vaziyat, 

jumladan,  Markaziy  Osiyoda  Orol  dengizining  qurib  borishi  bilan  bog‘liq  ekologik  tanglik  in-

soniyat boshiga xavf solib turibdi; 



     •  Tobora  kuchayib  borayotgan  korrupsiya,  uyushgan  jinoyatchilik,  giyohvandlik,  yashirin 

qurol oldi-sotdisi insoniyatni tashvishlantirmoqda. 

Bularning barchasi dunyo hali ham ilgarigidek mo‘rt bo‘lib turganligidan dalolat beradi. 

Bizni  qurshab  tugran  olam  g‘oyat  murakkab  va  muammoli  bo‘lib  keldi,  hozir  ham  shunday 

bo‘lib qolmoqda. 

   Bugungi  kunda  butun  insoniyatning  taqdiri,  ijtimoiy  taraqqiyot  istiqbollari  xalqaro 

munosabatlarga bog‘liq bo‘lib qoldi. Xalqaro maydondagi har bir siyosiy tanglik, mojaro barcha 

mamlakatlar  va  xalqlar  manfaatiga  daxldor  bo‘lib  qoldi.  Hatto,  ayrim  olingan  mamlakat 

ichkarisidagi nizoli jarayonlarni, urushlarni bartaraf etish ham jahon hamjamiyatining vazifasiga 

aylandi. 

       Davrimizning muhim xususiyati aholi talab-ehtiyojlarining g‘oyat  darajada o‘sganligi  bilan 

belgilanadi.  Alohida  olingan  bir  mamlakat  resurslari  bilan  uning  aholisi  talablari,  ehtiyojlarini 

to‘liq  qondirib  bo‘lmaydi.  Hatto  rivojlangan  mamlakat  uchun  ham  boshqa  mamlakatlar  bilan 

iqtisodiy, madaniy, ilmiy-texnikaviy hamkorlik qilish obyektiv zaruriyat bo‘lib qoldi. 

   Hozirgi  dunyoda  biron-bir  mamlakat,  shu  jumladan,  O‘zbekiston  Respublikasi  ham 

boshqalardan  ajralgan  hudud  emas.  Sayyoramiz  yaxlit  va  bo‘linmasdir.  Shu  bois,  barcha 

mamlakatlar, xalqlar bir-biri bilan bog‘langan, o‘zaro aloqadadir. 

  O‘zbekiston xalqaro aloqalarni yo‘lga qo‘yish nuqtayi nazaridan va o‘z taraqqiyot istiqbol-

lari jihatidan qulay geografik-strategik im-  koniyatlarga ega. 

        Qadim  zamonlarda  Sharq  bilan  G‘arbni  bog‘lab  turgan  Buyuk  ipak  yo‘li  O‘zbekiston 

hududi orqali o‘tgan. Bu yerda savdo yo‘llari tutashgan, tashqi aloqalar hamda turli madaniyatlar 

tutashib  bir-  birini  boyitgan.  Bugungi  kunda  ham  Yevropa  va  Osiyoni  bog‘laydigan  yo‘llar 

Markaziy Osiyodan, uning o‘rtasida joylashgan O‘zbekistondan o‘tmoqda: 

     •  Markaziy  Osiyoda  geografik-siyosiy  jihatdan  markaziy  o‘rin  tutgan  O‘zbekiston  ushbu 

mintaqada  kuchlar  nisbati  va  muvozanatini  saqlash,  barqarorlikni  ta’minlash,  hamkorlikni 

mustahkamlash imkoniyatlariga ega. 

     • O‘zbekiston Markaziy Osiyoning transport, energetika, suv tizimi markazida joylashgan. 

     • Aholi  soni, ilmiy-texnikaviy  va  boshqa imkoniyatlari jihatidan mintaqada  yetakchi  o‘rinda 

turadi. 

    •    Tabiiy  iqlim  sharoiti  qulay,  ulkan  mineral  xomashyo  zaxiralari  va  strategik  materiallarga 

ega, dehqonchilik madaniyati rivojlangan, oziq-ovqat bilan o‘zini ta’minlashga qodir. 

   •  O‘zbekiston  sanoatning  bazaviy  va  zamonaviy  tarmoqlariga  ega,  o‘zini  neft,  gaz,  rangli 

metallar bilan ta’minlabgina qolmay, ularni eksport qilish imkoniyatiga ega. 



   •  Yurtimizning  jahonga  mashhur  boy  ma’naviy  merosi  bor,  shu  tufayli  insoniyat 

sivilizatsiyasida  salmoqli  o‘rin  egallab,  dunyoning  ma’naviy  va  siyosiy  jarayonlariga  ta’sir 

o‘tkazish salohiyatiga ega. 

       O‘zbekistonda qulay imkoniyatlar bilan bir qatorda geografik-siyosiy jihatdan qiyinchiliklar 

tug‘diruvchi omillar ham mavjud. Jumladan: 

   •  O‘zbekiston Fors ko‘rfazi, Kaspiy dengizi havzasi  va Qrim havzasining neft va  gazga juda 

boy  konlari  joylashgan  yarim  xalqaning  strategik  markazida  joylashgan.  Shu  bois,  bu  hududda 

butun  dunyoda  energiya  taqchilligi  sharoitida  ko‘pgina  yirik  davlatlarning  bir-biriga  mos 

kelmaydigan manfaatlari o‘zaro to‘qnashmoqda; 

    • 


Yana 

bir 


noqulaylik 

shundan 


iboratki, 

O‘zbekiston 

etnik, 

demokratik, 

iqtisodiy 

va 


boshqa 

muammolar 

yuki 

ostida 


qolgan 

mamlakatlar bilan chegaradoshdir; 

    • Sovetlar davrida Markaziy Osiyoda, jumladan, O‘zbekistonda kommunikatsiyalar nomaqbul 

ravishda  shakllantirilgan.  Janubiy  yo‘nalishda  transport  kommunikatsiyalari  amalda  rivoj 

topmagan.  O‘zbekiston  bevosita  dengizga  chiqa  olmaydigan,  buning  ustiga  dengiz 

bandargohlaridan eng uzoqda joylashgan mamlakat. Bir necha davlatlar hududidan o‘tadigan olis 

yo‘llar,  O‘zbekistonning  iqtisodiy  aloqalarini  chegaralaydi,  yuk  tashishni  qimmatlashtirib, 

mahsulotlarning raqobatga bardosh berishiga salbiy ta’sir etadi; 

    • 

Suv 


resurslarining 

cheklanganligi, 

ekologik 

muammolar, 

Orol 

fojiasi ham mamlakatimiz uchun noqulay omildir. 



     Mustaqillikning  dastlabki  kunlaridayoq  O‘zbekistonning  milliy  manfaatlariga  mos 

keladigan  puxta  tashqi  siyosiy  yo‘lni  belgilash,  jahon  hamjamiyatiga  qo‘shilish,  xorijiy 

mamlakatlar  bilan  siyosiy  diplomatik,  iqtisodiy,  ilmiy-texnikaviy,  madaniy  aloqalar  o‘rnatish 

masalalari dolzarb vazifa sifatida ko‘ndalang bo‘lib turardi. Bu osongina yechiladigan vazifalar 

emas edi. Masalaning murakkabligi shundan iborat ediki, Ittifoq davrida tashqi siyosat  yuritish, 

tashqi  dunyo  bilan  aloqa  qilish,  tashqi  savdoni  tashkil  etish  Moskva,  markaziy  hokimiyat 

tomonidan  olib  borilar  edi.  Respublikalar  esa,  jumladan,  O‘zbekiston  ham  tashqi  dunyodan 

ajralgan, to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqa qilolmaydigan yopiq mamlakat edi. Shu bois, davlatimiz tashqi 

siyosat  yuritish  tajribasiga  ham,  jahon  diplomatiyasini,  tashqi  iqtisodiy  faoliyatni  biladigan 

kadrlarga ham ega emas edi. Respublikada bunday kadrlar tayyorlovchi birorta ham o‘quv yurti 

yo‘q edi. Vaziyat zudlik bilan tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy aloqalarni shakllantirishni talab 

qilmoqda edi. 

Prezident  Islom  Karimovning  «O‘zbekistonning  o‘z  istiqlol  va  taraqqiyot  yo‘li»  va 

boshqa  asarlarida  mustaqil  tashqi  siyosat  yuritish  qoidalari  nazariy  va  amaliy  jihatdan  puxta 

asoslab berildi. O‘zbekiston  Respublikasi Konstitutsiyasining 17-moddasida tashqi siyosat  qoi-



dalari  qonunlashtirildi  va  u  jahondagi  ko‘plab  mamlakatlar  bilan  hamkorlik  jarayonlari  ortga 

qaytmasligining huquqiy kafolati bo‘lib xizmat qilmoqda.O‘zbekistonni xalqaro huquq subyekti 

sifatida  belgilaydigan,  respublikaning  tashqi  siyosiy  va  tashqi  iqtisodiy  aloqalarini  tartibga 

soladigan  qonunlar  qabul  qilindi.  «O‘zbekiston  Respublikasi  tashqi  siyosiy  faoliyatining  asosiy 

prinsiplari to‘g‘risida»gi, «Chet el investitsiyalari va xorijiy investorlar faoliyatining kafolatlari 

to‘g‘risida»gi,  «Tashqi  iqtisodiy  faoliyat  to‘g‘risida»gi  va  boshqa  qonunlar  hamda  normativ 

hujjatlar  ana  shular  jumlasidandir.  Bular  faol  va  keng  ko‘lamli  hamkorlik  uchun  mustahkam 

huquqiy kafolat yaratib berdi. 

  

Tashqi  aloqalarni  ta’minlaydigan  vazirliklar  va  muassasalar  tashkil  etildi.  Tashqi  ishlar 



vazirligi,  Tashqi  iqtisodiy  aloqalar,  investitsiyalar  va  savdo  vazirligi,  Tashqi  iqtisodiy  faoliyat 

Milliy banki, ixtisoslashtirilgan tashqi savdo firmalari shular jumlasidandir. Jahon iqtisodiyoti va 

diplomatiyasi  universiteti,  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  huzuridagi  Davlat  va  jamiyat 

qurilish akademiyasi va boshqa universitetlarda tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyat sohasi 

uchun mutaxassis kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi. 

Tashqi siyosatga tinchlik, barqarorlik, hamkorlik yo‘li asos qilib olindi. 

O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat: 

 

-  mafkuraviy  qarashlardan  qat’iy  nazar  hamkorlik  uchun  ochiq-  lik,  umuminsoniy 



qadriyatlarga, tinchlik va xavfsizlikni saqlashga sodiqlik; 

 

- davlatlarning suveren tengligi va chegaralar daxlsizligini hurmat qilish; 



      - boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik; 

 

 - nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish; 



 

- kuch ishlatmaslik va kuch bilan tahdid qilmaslik

- inson huquqlari va erkinliklarini hurmat qilish; 

-  ichki  milliy  qonunlar  va  huquqiy  normalardan  xalqaro  huquqning  umum  e’tirof  etilgan 

qoidalari va normalarining ustuvorligi; 

-  davlatning,  xalqning  oliy  manfaatlari,  farovonligi  va  xavfsizligini  ta’minlash  maqsadida 

ittifoqlar tuzish, hamdo‘stliklarga kirish va ulardan ajralib chiqish; 

- tajovuzkor harbiy bloklar va uyushmalarga kirmaslik; 

-  davlatlararo  aloqalarda  teng  huquqlilik  va  o‘zaro  manfaatdorlik,  davlat  milliy 

manfaatlarining ustunligi; 

-  tashqi  aloqalarni  ham  ikki  tomonlama,  ham  ko‘p  tomonlama  kelishuvlar  asosida 

rivojlantirish, bir davlat bilan yaqinlashish hisobiga boshqasidan uzoqlashmaslik. 

Mamlakatimizning  jahon  xalqlari  tinchligi  va  xavfsizligiga  mos  bo‘lib  tushgan 

tinchliksevar tashqi siyosati uni jahonda mustaqil davlat sifatida tezda tan olinishini ta’minladi. 

O‘zbekiston  Respublikasining  davlat  mustaqilligini  dunyodagi  nufuzli  davlatlar  tan  oldi, 



ularning  130  tasi  bilan  diplomatik,  siyosiy,  iqtisodiy,  ilmiy-texnikaviy  va  madaniy  aloqalar 

o‘rnatildi.  Toshkentda  45  mamlakatning  elchixonasi,  yigirmaga  yaqin  xalqaro  tashkilot  va 

moliyaviy muassasa vakolatxonalari faoliyat ko‘rsatmoqda. Shuningdek, xorijiy mamlakatlar va 

xalqaro  tashkilotlar  huzurida  O‘zbekistonning  46  diplomatik  va  konsullik  vakolatxonalari 

ochilgan va faoliyat ko‘rsatmoqda. 

        O‘zbekiston  Respublikasi  o‘zining  xohish-irodasi  va  taklifiga  ko‘ra  1992-yil  2-martda 

jahondagi eng nufuzli xalqaro tashkilot - Birlashgan Millatlar Tashkilotiga                 a’zo bo‘ldi. 

1993-yil  24-avgustda  Toshkentda  BMTning  vakolatxonasi  ochildi  va  ish  boshladi. 

Mamlakatimiz  Prezidenti  I.Karimovning  BMT  Bosh  Assambleyasining  1993-yilda  bo‘lgan  48-

sessiyasida ishtirok etishi va unda 27-sentabrda qilgan ma’ruzasi O‘zbekistonni jahonga ko‘hna 

va  yosh,  navqiron  davlat  sifatida  namoyon  etdi.  O‘zbekiston  Respublikasi  nomidan  Markaziy 

Osiyoda xavfsizlik, barqarorlik va hamkorlik masalalari bo‘yicha BMT ning Toshkentda doimiy 

ishlovchi  seminarini  chaqirish,  narkobiznesga  qarshi  kurashni  kuchaytirish,  Orol  muammosini 

hal etish va boshqa masalalar bo‘yicha bir qator takliflar o‘rtaga qo‘yildi. 

       

O‘zbekiston  rahbariyati  va  BMT  rahbarlarining  sa’y-harakatlari  natijasida  O‘zbekiston 

BMTning Xalqaro telekommunikatsiya uyushmasi, Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi, Qochoqlar 

ishi  bo‘yicha  oliy  qo‘mitasi,  Jahon  sog‘liqni  saqlash  tashkiloti,  Xalqaro  fuqaro  aviatsiyasi 

tashkiloti,  Xalqaro  atom  energiyasi  agentligi,  Aholi  joylashish  jamg‘armasi,  Narkotik 

moddalarni  nazorat  qilish  dasturi,  Sanoat  taraqqiyoti  tashkiloti,  Oziq-ovqat  va  qishloq  xo‘jaligi 

tashkiloti singari ixtisoslashgan muassasalarga a’zo bo‘ldi. 

O‘zbekistonning  tashabbusi  bilan  va  BMT  rahnamoligida  1995-  yil  15-16-sentabr  kunlari 

Markaziy  Osiyoda  xavfsizlik  va  hamkorlik  masalalariga  bag‘ishlangan  Toshkent  kengash-

seminari bo‘lib o‘tdi. Xalqaro kengashda ishtirok etgan 31 davlat va 6 xalqaro tashkilotdan kel-

gan  muxtor  vakillar  mintaqa  xavfsizligini  ta’minlash,    mojarolarning  oldini  olish,  integratsiya 

jarayonlarini  chuqurlashtirishning  ishonchli  tizimini  barpo  etish  masalalari  yuzasidan  o‘z 

fikrlarini,  takliflarini  aytdilar.  Kengash  yakunida    qabul  qilingan  Bayonot  jahon  xalqlarini, 

xususan,  Markaziy  Osiyo  xalqlarini,  turli  siyosiy  kuchlarni  mintaqaviy  xavfsizlikni 

mustahkamlashga, iqtisodiy va ekologik hamkorlik tizimlarini barpo etishga chaqirdi. 

  O‘zbekistonning BMT bilan hamkorligining yorqin sahifalaridan yana biri Markaziy Osiyo 

mintaqasini yadro qurolidan xoli zonaga aylantirish masalasida o‘z ifodasini topdi. O‘zbekiston 

Prezidenti Islom Karimov BMT Bosh Assambleyasining 48-sessiyasi minbaridan turib so‘zlagan 

nutqida  Markaziy  Osiyoni  yadro  qurolidan  xoli  zonaga  aylantirish  g‘oyasini  ilgari  surgan  edi. 

O‘zbekistonning bu tashabbusi xalqaro hamjamiyat tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. 

      1997-yil  15-16-sentabr  kunlari  Toshkentda 


Download 5,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   507




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish