O‘zbekiston respulikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti


Diniy  va  milliy  qadriyatlarning  tiklanishi



Download 5,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/507
Sana22.01.2022
Hajmi5,44 Mb.
#400278
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   507
Bog'liq
Ozbekiston tarixi (2)

Diniy  va  milliy  qadriyatlarning  tiklanishi. 

Mustaqillik  sharofati  bilan  diniy  qadriyatlar, 

diniy  e’tiqod  qayta  tiklandi.  Ramozon  hayiti,  Qurbon  hayiti,  qadimiy  xalq  bayrami  Navro’z 

qayta  tiklandi,  bu  kunlar  Prezident  Farmoni  bilan  dam  olish,  bayram  kuni  bo’lib  qoldi. 

Musulmonlar  O’zbekiston  xalqi  tarixida  birinchi-marta  bevosita  hukumat  homiyligida  har  yili 

Haj va Umra amallarini ado etish imkoniyatlariga ega bo’ldilar. Prezident Farmoni bilan tuzilgan 

«Ma’naviyat  va  ma’rifat»  jamoatchilik  markazi,  «Oltin  meros»  xalqaro  xayriya  jamg’armasi 



jamiyatning ma’naviy-ma’rifiy ravnaqi yo’lida xizmat qilmoqda. 

Respublikada  17  diniy  konfessiya  ro’yxatga  olingan  va  rasman  faoliyat  ko’rstamoqda.  170 

dan ortiq diniy tashkilotlar ishlab turibdi va ularda O’zbekistonda yashovchi 130 millat va elat 

vakillari  o’zlarining  diniy  ehtiyojlarini  qondirmoqdalar.  1,7  mingdan  ortiq  masjidlar,  xristian 

ibodatxonalari, 

sinagoga

lar  va  boshqa  diniy  markazlar  ta’mirlandi  va  yangidan  qurildi.  10  ta 

diniy ta’lim muassasasi faoliyat ko’rsatmoqda. 1999-yilda Toshkentda Islom Universiteti ochildi. 

O’zbekiston hududida xalqning ulug’vor va shonli tarixiga oid 2000 dan ortiq yodgorliklar 

ta’mirlandi. 

O’zbek  xalqining  ming  yillar  davomida  shakllangan,  mustamlakachilik  davrida  oyoq-osti 

qilingan, insonparvar urf-odatlari va an’analari, madaniy qadriyatlari ehtiyotlab tiklandi va yangi 

ma’no-mazmun  bilan  boyitildi.  Maqomchilar,  to’y-marosim  qo’shiqlari,  shoir-baxshilar  va 

folklor-etnografik 

dastalarning 

o’nlab 

ko’rik-tanlovlari 

o’tkazildi. 

Pianinochi 

va 

skripkachilarning  simfonik  va  kamer  musiqalari,  zamonaviy  estrada  guruhlarining  festival  va 



tanlovlari bo’lib o’tmoqda. 

Mamlakatimizda  o’zbek  tilining  xalq  va  davlat  turmushidagi  o’rni  va  ahamiyati  qayta 

tiklandi.  Davlat  tili  haqidagi  qonunda  o’zbek  tili  o’zbek  xalqining  ma’naviy  mulki  ekanligi, 

uning ravnaqi, qo’llanilishi va muhofazasi davlat tomonidan ta’minlanishi belgilab qo’yildi. Oliy 

davlat  hokimiyati,  mahalliy  hokimiyat  va  boshqaruv  organlarida,  korxonalar,  muassasalar  va 

tashkilotlarda  ish  yuritish  asosan  o’zbek  tilida  olib  borilmoqda.  Respublikamizning  ma’muriy-

hududiy  birliklari,  ko’chalari,  geografik  o’rinlarning  nomlariga  yagona  milliy  shakl  berildi  va 

o’zbek  tilida  yozib  qo’yildi.  Natijada  o’zbek  xalqining  milliy  qadr-qimmati  qayta  tiklandi  va 

mustahkamlandi.  Shuningdek,  O’zbekistonda  istiqomat  qilayotgan  barcha  millat  va  elatlarning 

tillari, qadr-qimmati ham o’z o’rniga qo’yilgan. 

Ta’lim  ravnaqi.  Ma’naviy-ma’rifiy  sohadagi  yutuqlarimiz  ta’lim  tizimidagi  tub 

o’zgarishlarda  yaqqol  namayon  bo’lmoqda.  Xalq  ta’limini  isloh  qilish,  kadrlar  tayyorlash 

tizimini  mustahkamlash  sohasida  muhim  chora-tadbirlar  amalga  oshirildi.  Yangi  oliy  o’quv 

yurtlari  tashkil  etilib  bilimlarning  yangi  tarmoqlari  bo’yicha  kadrlar  tayyorlash  yo’lga  qo’yildi 

Oliy ta’lim  tizimidagi  16 universitetning 12 tasi mustaqillik  yillarida tashkil etildi. Mustaqillik 

yillarida  eng  zarur  zamonaviy  mutaxassisliklar  bo’yicha  o’nlab  yangi  oliy  o’quv  yurtlari  – 

Mudofaa  vazirligi  qoshida  Harbiy  akademiya,  Ichki  ishlar  vazirligi  qoshida  Ichki  ishlar 

akademiyasi, Bank-moliya akademiyasi, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Toshkent 

aviatsiya instituti, Navoiy tog’-konchilik instituti, Toshkent Moliya instituti va boshqalar tashkil 

etildi. 


Prezidentimiz  Islom  Karimov  tashabbusi  bilan  ta’limni  tubdan  isloh  qilish  yo’llari  ishlab 

chiqildi.  1997-yil  27-avgustda  Oliy  Majlisning  IX  sessiyasida  O’zbekiston  Respublikasining 




«Ta’lim  to’g’risida»  Qonuni  va  «Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi»  qabul  qilindi.  Milliy 

dasturning  maqsadi  ta’lim  sohasini  tubdan  isloh  qilish,  uni  o’tmishdan  qolgan  mafkuraviy 

qarashlar  va  sarqitlardan  to’la  xalos  etish,  rivojlangan  demokratik  davlatlar  darajasida,  yuksak 

ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash milliy tizimini 

yaratishdan iboratdir. 

Milliy  dastur  ro’yobga  chiqmoqda.  Yoshlar  umumiy  o’rta  ta’limni  9-yillik  maktablarda 

oladilar,  yana  uch  yil  davomida  yangidan  tashkil  etilgan  akademik  litseylar  va  kasb-hunar 

kollejlarida o’rta maxsus bilim va kasb-hunar o’rganadilar. 

Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilangan vazifalarni bajarish umumxalq, umummillat 

ishiga  aylandi.  2001-yilda  Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturini  amalga  oshirishning  birinchi 

bosqichi yakunlandi. 

2001-yilda  Respublikamizda  6742  ta  maktabgacha  ta’lim  muassasalarida  608500  nafar 

o’g’il-qizlar  tarbiyalandi.  Ularda  65862  nafar  pedagog,  tarbiyachi  va  boshqa  xodimlar  xizmat 

qildi.  9727  ta  umumta’lim  maktablarida  440762  nafar  o’qituvchi  6,3  mln.  o’quvchiga  ta’lim 

bermoqda.  Umumiy  o’rta  ta’lim  bo’yicha  barcha  o’quv  fanlaridan  Davlat  ta’lim  standartlari 

ishlab chiqildi va ular 346 ta maktabda tajribadan o’tkazildi, ta’lim jarayoniga joriy etildi. Davlat 

ta’lim standartlariga mos o’quv dasturlari va darsliklari yaratildi. 

Kadrlar tayyorlash milliy dasturini eng muhim, O’zbekistonga xos xususiyati yangi turdagi 

3-yillik  o’rta  maxsus,  kasb-hunar  ta’limi  tizimini  yaratishdir.  1998-2004-yillar  davomida 

zamonaviy o’quv-laboratoriya uskunalari bilan jihozlangan 54 ta akademik litsey va 533 ta kasb-

hunar kolleji barpo etildi. Bu maqsadlar uchun 135 mlrd. so’m mablag’ sarflandi. O’rta maxsus 

o’quv yurtlariga zarur bo’lgan jihozlar sotib olish uchun jalb qilingan chet el investitsiyalarining 

miqdori 150 mln. AQSh dollarini tashkil etdi. Davlat ta’lim standartlari, o’quv dasturlari ishlab 

chiqildi, amaliyotga kiritildi va darsliklar yaratildi. 2003-2004 o’quv yilida akademik litseylarda 

26,2 ming, kasb-hunar kollejlarida 531,6 ming o’quvchi ta’lim oldi. 

Oliy ta’lim tizimida katta o’zgarishlar qilindi. Oliy ta’lim ikki bosqichdan  – bakalavriat va 

magistraturadan  iborat  etib  qayta  tashkil  etildi.  62  ta  oliy  o’quv  yurtlarida  ta’lim  olayotgan 

bo’lajak  bakalavr  va  magistrantlar  soni  2003-2004  o’quv  yilida  254400  nafarni  tashkil  etdi. 

18486 nafar professor-o’qituvchilar mehnat qilmoqdalar, ularning 1462 nafari fan doktori, 7201 

nafari  fan  nomzodidir.  O’tgan  4-yil  davomida  barcha  yo’nalishlar  bo’yicha  bakalavr  va 

magistrlar  uchun  qo’yiladigan  talablarni  o’zida  mujassamlashtirgan  Davlat  ta’lim  standartlari, 

o’quv dasturlari  yaratildi. Oliy ta’lim uchun 1129 nomdagi darslik va o’quv adabiyotlari nashr 

etildi va Oliy o’quv yurtlari kutubxonlariga tarqatildi. 

Mamlakatimizda  iqtidorli  yoshlarni  izlab  topish,  ularga  ko’maklashish,  qo’llab-quvvatlash 

bo’yicha  davlat  siyosati  sobit  qadamlik  bilan  olib  borilmoqda.  Iste’dodli  yoshlarni  moddiy  va 



ma’naviy rag’batlantirish, chet elda o’qishini qo’llab-quvvatlash maqsadida “Respublika bolalar 

fondi”,  “Sog’lom  avlod  uchun”,  “Iste’dod”  jamg’armalari  tashkil  topdi.  Ta’lim  sohasida 

AKSELS,  AYREKS,  AQSh  kollejlari  konsortsiumi,  SARE,  Tinchlik  korpusi  (AQSh),  Konrad 

Adenauer  fondi,  Britaniya  kengashi,  SAUD  Al-Baptin  fondi  (Misr)  kabi  xalqaro  tashkilotlar 

bilan hamkorlik yo’lga qo’yildi. 2000 dan ortiq talaba va mutaxassislar chet elda o’qib keldi. 

O’zbekiston  ta’lim  tizimi  dunyo  miqyosida  kaеta  qiziqish  uyg’otmoqda.  Moskvadagi  Oliy 

ta’lim Xalqaro Fanlar akademiyasi prezidenti V.Shukshunov O’zbekistonda ishlab chiqilgan bu 

Milliy  dasturni  mazmun-mohiyati  jihatidan  tengi  yo’q  hujjat,  deb  ta’rifladi.  O’zbekistonda 

yaratilayotgan ta’lim tizimi «Ta’limning o’zbek modeli» deb e’tirof etildi. 

Badiiy adabiyot. Mustaqillik yillarida badiiy adabiyotda milliylik, ming yillik tarixiy ijodiy 

an’analar,  umuminsoniy  qadriyatlar,  erkin  fikr  yuritish  tamoyillari  tiklandi.  Badiiy  adabiyot 

sinfiylik,  partiyaviylik,  kommunistik  mafkuraviylik  kabi  aqidalar  hukmronligi  illatlaridan  ozod 

bo’ldi. 

Badiiy  adabiyotda  mustaqillikni  asrab-avaylash,  ozod  va  obod  Vatan  qurish,  barkamol 

insonni tarbiyalash, milliy o’zlikni anglash kabi masalalar bosh mavzu bo’lib qoldi. 

Abdulla  Oripov,  Odil  Yoqubov,  Primqul  Qodirov,  Xurshid  Davron  kabi  ijodkorlaming 

tarixiy  roman,  pyesa  va  qissalarida  ulug’  bobokalonlarimiz  Amir  Temur,  Mirzo  Ulug’bek, 

Z.M.Bobur  va  boshqalarning  siymolari  umuminsoniy  va  milliy  qadriyatlarga  mos  tarzda 

yangicha 

talqinda 

yoritildi. 

Xalqaro 


Sholoxov 

mukofoti 

laureati 

To’lepbergen 

Qayipbergenovning  «U  dunyoga,  bobomga  xat»  asari,  Shukrulloning  «Kafansiz  ko’milganlar» 

romanida,  Nazar  Eshonqulovning  «Qora  kitob»  povestida,  O’tkir  Hoshimovning  «Tushda 

kechgan umrlar», Tog’ay Murodning «Otamdan qolgan dalalar» singari asarlarda mustabid sovet 

davrida xalq boshiga solingan behad kulfatlar, g’am-alamlar haqqoniy tasvirlangan. 

Tohir Malikning «Shaytanat» (4 kitob), Hojiakbar Shayxovning «Tutqin odamlar» asarlarida 

insonni  iymon  va  vijdondan  ozdirishga,  razolat  va  qabohat  ummoniga  botirishga  urinuvchi 

yomonlik  dunyosi,  mafiya  olami  shaytonlari  fosh  qilinadi,  ularga  nisbatan  nafrat  tuyg’ulari 

tarannum etiladi. 

Omon  Muxtorning  «To’rt  tomon  qibla»  nomli  trilogiyasi,  Barat  Boyqobulovning 

«O’zbeknoma»  tarixiy-falsafiy  dostoni,  Abduqhhor  Ibrohimovning  «Biz  kim,  o’zbeklar  ...  » 

badiiy-tarixiy  asari,  Azim  Suyunning  «Oq  va  qora»,  A.Qutbiddinning  «Izohsiz  lug’at»  she’riy 

asarlari zamonaviy o’zbek adabiyotining yorqin ifodasidir. 

Me’morchilik  va  amaliy  san’at.  O’zbek  xalqi  me’morchiligi  mohiyat  e’tibori  jihatidan 

buyuk  bunyodkorlik  san’atidir.  Mustaqillik  yillarida  me’morchilik  san’ati  yanada  rivojlanib, 

takomillashib  bormoqda.  Me’morchilikda  ikki  asosiy  tamoyil  ko’zga  tashlanadi.  Ulardan  biri 

sharqona  me’moriyatning  an’anaviy  qonun-qoidalariga  rioya  etishdir.  Bu  tamoyil  Temuriylar 




tarixi  davlat  muzeyi,  Turkiston  saroyi,  Oliy  Majlis,  Senat,  Toshkent  shahar  hokimiyati  binolari 

timsolida o’z aksini topgandir. 

Me’morchilikdagi  ikkinchi  tamoyil  esa  O’zbekistonning  jahon  hamjamiyatidan  munosib 

o’rin  olish  sari  intilishini  namoyish  etuvchi  jahon  me’morchiligining  eng  yaxshi  yutuqlaridan 

foydalanishda  namoyon  bo’lmoqda.  Bunday  binolar  jumlasiga  «Meridian»,  «Afrosiyob» 

(Samarqand),  «Buxoro»  «Interkontinental»,  «Sheraton»  mehmonxonalari,  «O’zekspomarkaz», 

Milliy  bank,  Markaziy  bank,  «Toshkentplaza»  savdo  markazi,  Respublika  birja  markazi, 

banklararo  moliyaviy  xizmatlar  Markazi,  O’zbekiston  Davlat  konservatoriyasi  va  boshqa 

binolarni kiritish mumkin. 

Toshkent  shahri  ko’rkiga  ko’rk  qo’shib  turgan  «Oloy»,  «Chorsu»,  «Otchopar», 

«Yunusobod»,  «Mirobod»,  «Parkent»,  «Qo’yliq»  va  boshqa  bozor  binolari,  shuningdek, 

«Yunusobod»  tennis  markazi,  «Jar»  sport  markazi,  “Bunyodkor”  stadioni  singari  zamonaviy 

inshootlar barpo etildi. 

O’zbekistonning  qadimiy  shaharlaridagi  tarixiy  binolarni  tiklash  ishlari  jadallik  bilan  olib 

borildi.  Bunga  Toshkent,  Samarqand,  Shahrisabz,  Buxoro,  Xiva  shaharlarida  qayta  tiklangan 

o’nlab binolar, obidalar misol bo’la oladi. 

Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturini  hayotga  tadbiq  etish  jarayonida  yuzlab  akademik  litsey 

va kasb-hunar kollejlari uchun mahobatli binolar bunyod etildi. 

Mustaqillik  yillarida  haykaltaroshlik  san’ati  jadal  o’sdi.  Haykaltarosh  I.Jabborov  va 

K.Jabborovlar  tomonidan  Toshkentda  Amir  Temurning  otliq  haykali,  Samarqand  va 

Shahrisabzda  Amir  Temur  haykallari,  Farg’ona  va  Quvada  al-Farg’oniy  (1998),  Xorazmda 

Jaloliddin Manguberdi haykallari (1999)  yaratildi. Haykaltarosh R.Mirboshiyev ijodiga mansub 

«Z.M.Bobur»  (1993,  Andijon),  «Abdulla  Qodiriy»  (1994,  Toshkent),  «Cho’lpon»  (1997, 

Andijon), «Ona» (1999, Jizzax shahri) kabi bir qator haykal va yodgorliklar yaratildi. 1999-yilda 

Termizda  «Alpomish»  haykali  va  majmua-kompozitsiyasi  (A.Rahmatullayev  va  boshqalar) 

bunyod etildi. 

O’zbekistonda  qadimdan  amaliy  san’at  o’ziga  xos  tarzda  rivojlanib  kelgan.  Mustaqillik 

yillarida  badiiy  kulolchilik,  pichoqchilik,  zargarlik,  ganchkorlik,  yog’och  o’ymakorligi, 

naqqoshlik, kashtachilik, zardo’zlik, gilamdo’zlik, bezakchilik kabi amaliy san’at turlari tiklandi 

va  yangi  ma’no-mazmun  bilan  rivojlanib  bormoqda.  Mustaqillik  sharofati  bilan  dizayn  san’ati 

ham  jadal  rivojlanmoqda.  Tasviriy  san’at,  rassomchilik  san’atining  rivojida  1997-yilda  tashkil 

etilgan O’zbekiston Badiiy akademiyasi va «Tasviriy oyina» respublika ijodiy uyushmasi muhim 

rol o’ynadi. O’zbekiston xalq rassomlari Malik Nabiyev, Bahodir Jalolov va boshqalar xalqimiz 

ongida  milliy  g’urur,  Vatanga  sadoqat  tuyg’ularini  uyg’otuvchi  qator  san’at  asarlari  yaratdilar. 

Amir  Temur,  Mirzo  Ulug’bek,  Bobur  Mirzo  portretlari  shular  jumlasidandir.  Tasviriy  va 



miniatura  san’ati  yangi  ma’no-mazmun  bilan  boyidi.  Shahar  ko’chalariga  bugungi  hayotimizni 

tasvirlovchi  rasmlar  o’rnatildi,  binolarning  devorlari  odamlarga  huzur-halovat,  zavq 

bag’ishlaydigan naqshlar bilan bezatildi. 


Download 5,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   507




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish