O‘zbekiston respulikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti



Download 1,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/144
Sana08.02.2022
Hajmi1,77 Mb.
#435728
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   144
Bog'liq
Ozbekiston tarixi Maruza

Iqtisodiyotda barqaror yuksalish.
Iqtisodiyot tarkibidagi tub o’zgarishlar, yangi 
korxonlalarning bunyod etilishi sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish sohasida 
samarali natijalar berdi. 1991-2002-yillarda 1872 korxona va boshqa ishlab chiqarish 
muassasalari qurildi, mahsulotning 9,5 mingdan ortiq yangi turlarini ishlab chiqarish 
o’zlashtirildi. 1990-yilda Respublika bo’yicha ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari 
hajmini 100 foiz deb olsak, undan keyingi yillarda kamayib, 1992-yilda 94,7 foizga, 
1993-yilda 98,1 foizga tushgan edi. 1995-yilga kelib makroiqtisodiyotda 
barqarorlikka erishildi va 1996-yildan boshlab barqaror o’sish ta’minlanmoqda. 
Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi oldingi yilga nisbatan 1997-yilda 106,5 
foizga, 1998-yilda 105,8 foizga, 1999-yilda 106,1 foizga, 2000-yilda 106,4 foizga, 
2001-yilda 108,1 foizga, 2002-yilda 108,1 foizga, 2003-yilda 108,4 foizga, 2004-
yilda 109,4 foizga o’sdi. Un va un mahsulotlari, kiyim-kechak, poyabzal, shakar va 
qand mahsulotlari ishlab chiqarish sezilarli darajada ko’paydi, iste’mol buyumlari 
importi kamaydi. 
Yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarish 1991-1995-yillarda pasayib bordi, 1996-
yildan boshlab o’sish boshlandi. Oldingi yilga nisbatan 1996-yilda YalM 101,7 
foizga, 1997-yilda 105,2 foizga, 1998-yilda 104,4 foizga, 1999-yilda 104,4 foizga, 
2000-yilda 104 foizga, 2001-yilda 104,5 foizga o’sdi. 
Natijada, 2001-yilda birinchi bor yalpi ichki mahsulotning 1991-yilga nisbatan 
103 foiz o’sishiga erishildi. MDH davlatlari orasida birinchi bo’lib O’zbekiston 
iqtisodiy barqarorlikka erishgan, iqtisodiy ko’rsatkichlari izchil o’sib borayotgan 


206 
mamlakatdir. 2013-yilda yalpi ichki mahsulot 8 %, sanoat maxsulotlari ishlab 
chiqarish hajmi 8,8 %, qishloq xo’jaligi 6,8 % o’sdi. 
1991-2013-yillarda YAIMda sanoatning ulushi 14,2 % dan 24,2 % ga, kichik 
biznesning ulushi 31 % dan 55,8 % ga o’sdi. YAIMda qishloq xo’jaligining ulushi 34 
% dan 17 % ga kamayishi mamlakatimizning agrar respublikadan sanoati rivojlangan 
zamonaviy davlatga aylanayotganini ko’rsatadi. Eng muhimi xalqimizni oziq-ovqat 
maxsulotlari bilan to’liq ta’minlash, kerak bo’lsa ularni eksport qilish imkoniyati 
yaratildi. 2013-yilda mirishkor dehqon va femerlarimizning fidokorona mehnati bilan 
7,8 mln tonna g’alla, 8,4 mln tonna sabzavot, 3 mln 360 ming tonna paxta 
yetishtirildi.
Shahar va qishloqlarimizning qiyofasi o’zgarib, aholi turmush saviyasi o’sib 
bordi. Yirik inshootlar, korxonalarning bunyod etilishi, iqtisodiyotdagi tarkibiy 
o’zgarishlar, izchil o’sish sur’atlari odamlarning moddiy va ijtiomiy hayotini, 
farovoniligini yildan yilga yaxshilanishiga zamin bo’lib, xizmat qilmoqda. Aholini 
tabiiy gaz, ichimlik suvi bilan ta’minlash darajasi salmoqli darajada o’sdi. Birgina 
1999-yilda 4,5 ming km gaz tarmog’i, shundan 4,3 ming kilometri qishloq joylarida, 
2 ming km.dan ziyod ichimlik suv tarmog’i, shundan 1,9 ming kilometri qishloq 
joylarida ishga tushirildi. 
Mustaqillik yillarida O’zbekiston iqtisodiyoti qariyb 5 barobar, fholi daromadlari 
jon boshiga o’rtacha 8,7 barobar o’sdi. So’nggi 10 yil davomida (2004-2014) 
O’zbekiston yalpi ishki maxsulotining yillik o’sishi 8 % dan ziyod bo’lib kelmoqda.
Jahondagi yetakchi firmalarning havo kemalari bilan ta’minlangan O’zbekiston 
Havo yo’llari aviakompaniyasi dunyoning 25 mamlakati bilan havo aloqlarini 
o’rnatgan, u mustaqillik yillarida 25 milliondan ko’p yo’lovchiga xizmat qildi. 

Download 1,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish