O‘zbekiston respulikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti



Download 1,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/144
Sana08.02.2022
Hajmi1,77 Mb.
#435728
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   144
Bog'liq
Ozbekiston tarixi Maruza

Davlat boshqaruvi. 
Qo‘qon xonligi
da quyidagi mansablar mavjud bo‘lgan: 
mingboshi, otaliq, shayxulis lom,
qozikalon, q
ushbegi, mehtar, parvonachi, naqib, 
dodxoh, eshik og’asi, inoq, shig’ovul, to‘qsoba, miroxur, qoravulbegi 
va boshqalar.
Qo‘qon xonligida mavjud bo‘lgan harbiy unvonlar quyidagicha bo‘lgan: 
mingboshi – odatda, u vazirlik vazifasini birga olib borgan. Keyin 
ponsadboshi, 
yuzboshi, ellikboshi, o‘nboshi,
zambarakchi va b. Bulardan tashqari, boshqa harbiy 
mansablar ham bo‘lgan. Qo‘qonda yashagan sarboz va to‘pchilar faqat alohida 
vazifadagi noib, dodxohning doimiy tasarrufida bo‘lganlar. Urush davrida noib, 
dodxoh o‘z qismiga harakatdagi qo‘shinning hamma sarbozlarini qabul qilgan, unga 
vaqtinchalik boshchilik qilishni maxsus tayinlangan 
amiri lashkar
(bosh 
qo‘mondon)ga topshirardi. 
XIX asrning 1-yarmida Qo‘qon xonligi tarkibiga quyidagi hududlar kirardi: 
Sirdaryoning so‘l sohili bilan Qorategin oralig’idagi Qo‘qon viloyati; Sirdaryoning 
o‘ng sohilidan to Olatovgacha bo‘lgan Namangan viloyati; Xo‘jand shahri; Xo‘jand 
bilan Toshkent oralig’idagi Uratepa viloyati. Xonlikning eng shimoliy viloyati 
Turkiston, Betpaqdala sahrolariga borib taqalardi. Bundan tashqari, xonlik tarkibiga 
Olay hududi, Balxash ko‘li bilan Sirdaryoning yuqori oqimi oralig’idagi yerlar 
kirardi. Billurtog’ning g’arbiy tomonidagi Qorategin, Darboz, Ko‘lob, Shug’non 
singari bir qator tog’li tumanlar ham Qo‘qon xonligiga tegishli edi. Bu yerlarni 


113 
qo‘qonliklar XIX asrning 30-yilllarida bo‘ysundirishgan bo‘lsa-da, ular tez-tez 
qo‘ldan-qo‘lga, ko‘proq Buxoro amiri ixtiyoriga o‘tib turardi. Qo‘qon xonligi 
aholisining soni 3 mln.ga yaqin edi. Rossiya qo‘shinlari uning shimoliy- g’arbiy 
viloyatlarini bosib olgach, xonlik hududi ancha qisqarib, asosan, Farg’ona vodiysi 
bilan cheklanadi va aholi soni taxminan 2 mln.ga tushib qoladi. 
Qo‘qon xonligining aholisi, asosan, o‘zbeklar, tojiklar, qirg’izlar, qozoqlar, 
uyg’urlar, qoraqalpoqlardan iborat edi. Qo‘qon xonligida ham yerga egalik qilish va 
undan foydalanish turli xil bo‘lgan. Xonlikka qarashli bo‘lgan yerlar amlok yerlar, 
vaqf yerlari, mulki xiroj va mulki ushriyaga taqsimlangan. Dehqonlar o‘rtasida yakka 
dehqon xo‘jaligi ham rivojlangan. O‘z yerlaridan ajralgan kambag’al dehqonlarning 
ko‘pchiligi yirik yer egalari qo‘lida chorakorlik qilganlar. Yerning bahosi uning 
unumdorligi va qanchalik suv bilan ta’minlanganligiga qarab belgilangan. Xonlar 
sug’orish tarmoqlari katta daromad manbai bo‘lganligi sababli ma’lum darajada 
ularni saqlashga, sug’orish inshootlarini yanada kengaytirishga yaxshi e’tibor 
berishgan. Qo‘qon xonligida ko‘plab paxta va poliz ekinlari yetishtirilgan, 
bog’dorchilik hamda pillachilik taraqqiy etgan. Hunarmand-kosibchilik mazmunan 
boy va serqirra bo‘lgan. Bular: misgarlik, zargarlik, o‘ymakorlik, harbiy qurol ishlab 
chiqarish, sopol va ko‘zagarlik, qog’ozgarlik, badiiy to‘qimachilik, do‘ppichilik, 
kashtachilik, ko‘priksozlik, temirchilik va sh.k. 
Bulardan tashqari, xonlikda yer osti boyligi ham ma’lum darajada qazib olingan. 
Ammo ularni ishlab chiqarish sodda va kam ediki, ular ehtiyojni qondira olmasdi. 
Masalan, xonlikda ishlab chiqarilgan metall Rossiyadan olib kelingan metalldan 
qimmatga tushardi. Qo‘qon xonligida ishlab chiqilgan mahsulotlar esa chet ellarga 
ham olib chiqilar edi va ularga talab ham bor edi. Shuning uchun bu soha ma’lum 
darajada rivojlana borgan. 
Savdo-sotiq xonlik hayotida katta va muhim o‘rin egallagan. U ichki va tashqi 
savdoga bo‘lingan. Osiyo xonliklarida ichki savdo, asosan, qadimgi davrdan beri 
o‘zaro ko‘chmanchi chorvador, o‘troq dehqonlar va shahar-qishloq hunarmandlari 
mahsulotlariga asoslangan edi. Aholi o‘zining ehtiyojlarini asosan o‘z xonligidagi 
mahsulotlar bilan qondirishgan. 
Xonlikning iqtisodiy hayotida Buxoro, Xiva, Qashqar, Hindiston, Afg’oniston, 
Eron va ayniqsa, Rossiya bilan bo‘lgan tashqi savdo katta o‘rinni egallagan. Rossiya 
bilan olib borilgan savdo munosabatlari Qo‘qon xonligi qishloq xo‘jaligi ayrim 
tarmoqlarining rivojlanishiga olib keldi va rus madaniyatining ba’zi jihatlari aholi 
turmush tarziga kira boshladi. Qo‘qon xonligi Rossiyaning xom ashyo bazasiga va 
tashqi savdo bozoriga aylana bordi. Rossiya sanoati tovarlarining olib kelinishi 
mahalliy sanoat korxonalarini va ayrim hunarmandlarning inqirozga uchrashiga 
sabab bo‘ldi. 


114 
Qo‘qon, Marg’ilon va Namangan shaharlarida ip va ipak matolar (atlas, shoyi, 
beqasam, adras, chit, bo‘z va b.) to‘qilgan. Shuningdek, boshqa hunarmandchilik 
tarmoqlarida xo‘jalik asboblari, dehqonchilik uchun kerakli uskunalar, qurol-
yaroqlar, zargarlik buyumlari, qog’oz va b. narsalar ishlab chiqarilgan. Yer osti 
boyliklaridan neft, oltin, kumush, mis, rux, temir, qo‘rg’oshin va b. ham ma’lum 
miqdorda qazib olingan. Xonlikda paxta va poliz ekinlari yetishtirilgan, 
bog’dorchilik va pillachilik ham taraqqiy etgan. 
Qo‘qon xonligi dan chet davlatlarga quritilgan mevalar, jun, teri, ipak, gilam, 
paxta va ipak matolar chiqarilgan. tashqi mamlakatlardan esa turli metall rudalari, 
metall buyumlar, qand va b. mahsulotlar keltirilgan. 

Download 1,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish