O‘zbekiston respulikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti



Download 1,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/144
Sana08.02.2022
Hajmi1,77 Mb.
#435728
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   144
Bog'liq
Ozbekiston tarixi Maruza

Qo‘qon xonligi madaniyati.
Qo‘qon xonligining XVIII-XIX asrlar 1-yarmida 
kechgan madaniy hayotida ham sezilarli ijobiy o‘zgarishlar va siljishlar yuz berib 
borganligi ayondir. XIX asrda Qo‘qon xonligida tarixnavislik sezilarli ravishda o‘sib 
borgan. Oldinlari yozilgan bir necha tarixiy asarlar fors va arab tillaridan o‘zbek 
tiliga tarjima qilindi va yangi kitoblar yozildi. Bu yangi asarlarning o‘ziga xos 
xususiyatlari ham bor edi – ularning ayrimlari she’riy yoki qisman she’riy yo‘lda 
yozildi. Bu esa qo‘qonlik tarixchilarning adabiyotni yaxshi bilibgina qolmay, o‘zlari 
ham she’riyatda qalam tebratganliklarini ko‘rsatadi. Masalan, «Tarixi jahonnamoyi» 
(Junayd Mullo Avazmuhammad Mullo Ro‘zi Muhammad so‘fi o‘g’li), «Shohnoma» 
(Abdulkarim Fazliy Namangoniy), «Shohnomayi Umarxoniy» (Mirzo Qalandar 
Mushrif Isfarangiy, u Fazliy Namangoniyning «Zafarnoma» asarini nasriy qilib 
yozgan). «Muntaxab attavorix» (Xo‘ja Muhammad Hakimxon to‘ra bin Sayid 
Ma’sumxon), «Tarixi Shohruxiy» («Tarixi sayyidi Xudoyorxon», Mullo Niyoz 
muhammad Xo‘qandiy Niyoziy bin Mullo bin Ashur Muhammad Xo‘qandiy), 
«Tarixi jadidai Toshkand (Muhammad Solihxo‘ja ibn Qorixo‘ja), «Shohnoma» 
(Mahzun Ziyovuddin Xo‘qandiy), «Jangnomai Xudoyorxon» (Shavqiy Namangoniy) 
va b. 
XIX asr boshlarida shakllangan Qo‘qon adabiy muhiti ham xonlikning madaniy 
hayotida katta o‘rin tutgan. Qo‘qon hukmdorlarining qator namoyandalari temuriylar 
an’anasini davom ettirib, o‘zlari ham ilm-ma’rifat bilan shug’ullanib, bu sohani 
ravnaq topdirishga katta sa’y-harakat qilganlar. Ayniqsa, bunda Qo‘qon xonlaridan 
Umarxon (1810-22) va muhammad Alixon (1822-41) davrlari yaqqol ajralib turadi. 
Xususan, Akmal (Maxmurning otasi), Amiriy (Qo‘qon xoni Umarxon), 
Boqixonto‘ra, Muhammad Sharif, Gulxaniy, Maxmur (Mahmud), Muntazir, Nizomiy 
Xo‘qandiy (asl nomi Nizomiddin Muhammadaminxo‘ja o‘g’li), Nodir, Nozil 
Muhammad Avaz, Avazmuhammad Yormuhammad o‘g’li Pisandiy, Fazliy 
Namangoniy, G’oziy singari shoirlar xalq ichida mashhur edilar. 
Qo‘qon adabiy muhitining yana bir muhim xarakterli jihati shundaki, bu davrda 
o‘zbek va fors-tojik tilida bab-baravar qalam tebratgan bir qator taniqli va mashhur 


115 
o‘zbek shoiralari iste’dodi keng rivoj topdi. Mas, 
Dilshod otin, Zebuniso,
Zinnat, 
Mohzoda Begim, Mahzuna, Mushtariy, Nodira, Nozuk Xonim, 
Uvaysiylarning
ijodi 
ayricha ahamiyatga molikdir. 
Qo‘qon adabiy muhitining samarali ta’siri o‘laroq bu yurtdan keyinchalik 
Muqimiy, Furqat, Zavqiy
va boshqa yetuk badiiy so‘z san’atkorlari yetishib chiqdilar 
va o‘z xalqining erki, hurligi va ozodligi uchun xizmat qildilar. 

Download 1,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish