186
parlamentga o’tish uchun zarur shart-sharoitlar yaratgan edi.
2001-yil 6-7-dekabr kunlari bo’lib o’tgan Oliy Majlisning ettinchi sessiyasida
ikki palatali parlament tuzish masalasi muhokama qilindi va parlamentni ikki palatali
qilib tuzish zarur, degan xulosaga kelindi. 2002-yil 27-yanvar kuni «Siz kelgusi
chaqiriq O’zbekiston Respublikasi parlamentini ikki
palatali qilib saylanishiga
rozimisiz?»
degan
masalada
referendum
bo’lib
o’tdi.
Referendumda
qatnashganlarning 93,65 foizi rozi ekanligini bildirib ovoz berdilar.
2002-yil 4-5-aprel kunlari bo’lib o’tgan Oliy Majlisning sakkizinchi sessiyasida
«Referendum yakunlari va davlat hokimiyati tashkil etishning asosiy printsiplari
to’g’risida» Konstitutsiyaviy qonun qabul qilindi. Mazkur qonunda respublika
parlamentining nomi Oliy Majlis deyiladi, u ikki palatali-quyi va yuqori palatalardan
iborat
etib tashkil etiladi,deb belgilab qo’yildi. Quyi palata-Qonunchilik palatasi,
yuqori palata-Senat deb ataladi, ularning vakolat muddati 5-yil deb belgilangan. Ikki
palatali parlament tuzishning huquqiy asoslarini belgilab beruvchi yangi qonun
loyihalarini tayyorlsh ishiga kirishildi.
2002-yil dekabrda bo’lib o’tgan ikkinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisining o’ninchi sessiyasida «O’zbekiston Respublikasining Qonunchilik palatasi
to’g’risida», «O’zbekiston Respublikasining Senati to’g’risida» Konstitutsiyaviy
qonunlar qabul qilindi. Qonunchilik palatasi 120
nafar deputatdan, Senat 100 nafar
senatordan iborat etib shakllantiriladi. Bu o’zgarishlar 2003-yil aprelda O’zbekiston
Respublikasining Konstitutsiyasiga kiritilgan o’zgartirishlarda ham o’z ifodasini
topdi. 2003-yil 29-avgustda «O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovlar
to’g’risida»gi Qonunga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritib,
mazkur qonun yangi
tahrirda qabul qilindi. Shu tariqa ikki palatali professional parlamentni
shakllantirishning konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari yaratildi. 2004-yil dekabr-2005-
yil yanvar oylarida mamlakatimizda ilk bor ikki palatali parlamentga saylovlar bo’lib
o’tdi. Qonunchilik palatasiga 120 nafar deputat saylandi. Senatga respublikamizning
har bir hududidan 6 nafardan, jami 84 senator saylandi. Konstitutsiyamizning 77-
moddasiga muvofiq, 16 nafar senator O’zbeksiton Respublikasi Prezidenti
tomonidan
tayinlandi.
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2005-yil 27-
yanvar kuni bo’lib o’tgan birinchi majlisida deputatlar Oqsoqollar Kengashi
tavsiyasiga ko’ra yashirin ovoz berish yo’li bilan Qonunchilik
palatasi Spikeri
lavozimiga Erkin Halilov sayladilar. Shuningdek, 2 nafar deputat Spiker o’rinbosari
etib saylandi, qo’mita rahbarlari tasdiqlandi, siyosiy partiyalar fraktsiyalari tashkil
etildi va ro’yxatga olindi.
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2005-yil 27-yanvar kuni bo’lib
o’tgan birinchi majlisida Prezident taqdimiga muvofiq Senat a’zolari tomonidan
yashirin ovoz berish yo’li bilan Murod sharifxo’jayev Senat raisi etib saylandi.
187
Shuningdek 2 nafar senator Rais o’rinbosarlari etib saylandi, Senat qo’mitalari tashkil
etilib, ularning raislari ham saylandilar.
Muxtasar qilib aytganda, 2005-yil 27-yanvar kuni ikki palatali parlamenti
shakllantirish ishlariga yakun yasaldi. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
Qonunchilik palatasi va Senati tashkil etildi va o’z faoliyatini boshladi.
Do'stlaringiz bilan baham: