189
Respublikada moliya va bank tizimi tubdan o’zgardi. Moliya vazirligi respublika
byudjetini shakllatirish bilan bir qatorda,
davlat soliq siyosatini, moliya siyosatini
belgilamokda, valyuta ishlarini boshqarmoqda. Bank tizimi isloh etildi. Davlat banki
va uning bo’linmalari tugatildi, Markaziy bank, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki,
ixtisoslashtirilgan
aktsiyadorlik-tijorat
banklari-"O’zsanoatqurilishbank",
"Paxtabank", "O’zjamg’armabank", "G’allabank", "Tadbirkorbank", "Savdogarbank",
xususiy va boshqa banklar tuzildi. Banklarning mustaqilligi va pul muomalasi ahvoli
uchun javobgarligi oshirildi.
Davlat nazorati tizimi tartibga solindi. Davlat soliq qo’mitasi, Bojxona qo’mitasi
tuzildi. Davlat nazorati qo’mitasi, uning joylardagi organlari tugatildi. Prezident
devonida nazorat inspektsiyasi, hokimiyatlarda tegishli nazorat inspektsiyalari tuzildi.
Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash davlat qo’mitasi
tashkil etildi. Bu qo’mita mulkni davlat tasarrufidan chiqarish
va xususiylashtirish
dasturlarini ishlab chiqishda, ko’p ukladli iqtisodiyotni shakllantirishda muhim
tadbirlarni amalga oshiradi. Qo’mita
investitsiya fondlari, fond birjalari, ko’chmas
mulk birjalari, auditorlik xizmatlari va boshqa bozor strukturasi tuzilmalarini tashkil
etmoqda.
O’zbekistonning ishlab chiqarish, transport bo’yicha tarmoq vazirliklari tugatilib,
ular o’z-o’zini mablag’ bilan ta’milaydigan uyushmalarga, kontsernlarga,
korporatsiyalarga va boshqa xo’jalik birlashmalariga aylantirildi.
Avtomobil
transportida, qurilishda boshqaruv tizimi qayta tuzildi.
O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi
vazirligi, Sog’liqni saqlash vazirligi, Madaniyat ishlari
vazirligining strukturasi,
faoliyat va ish yuritish usullari tubdan o’zgardi.
Umummilliy ahamiyatga molik bo’lgan tarmoqlarda, masalan, sayohatchilik,
transport,
madaniyat, kino, televidenie va radio tizimi va boshqalarda iqtisodiy
jihatdan mustaqil bo’lgan milliy kompaniyalar tashkil etildi.
Shunday qilib, mustaqillik qo’lga kiritilgandan beri o’tgan qisqa tarixiy davrda
huquqiy davlat, uning zamonaviy hokimiyat organlari barpo etildi, ixcham,
ochiq va
tadrijiy rivojlanishga ega bo’lgan ijtimoiy-siyosiy tizim yaratildi. Bugungi kunda
markaziy va yuqori davlat boshqaruv idoralari vazifalarini davlat hokimiyatining quyi
tizimlariga, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlariga bosqichma-bosqich
o’tkaza borishni ta’minlashdan iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: