O’zbekiston respublirasi oliy va



Download 0,7 Mb.
bet11/58
Sana27.03.2022
Hajmi0,7 Mb.
#512497
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   58
Bog'liq
сохада узбек тилининг куллналиши УМК (2)

Savollarga javob bering.
1.Ommaviy axborot deganda nimani tushunasiz?
2.Qaysi gazeta yoki jurnallarni o‘qiysiz?
3.Qaysi teleko‘rsatuvlarni tomosha qilishni yoqtirasiz? Nima uchun?
4.Reklama kishining ongiga qanday ta’sir o‘tkazadi deb o‘ylaysiz?
2. Quyidagi so‘zlar ishtirokida so‘z birikmalarini tuzing. Ular
yordamida “Axborotning bugungi qiyofasi” mavzusida matn tuzing.
to‘liq
aniq
kerakli
Axborot (ma’lumot) yolg‘on/to‘g‘ri
tekshirilgan/tekshirilmagan
batafsil
shubhali
3.Berilgan ta’riflarni o‘qing. Ularning orasidagi farq haqida
fikr bildiring.
Gazeta (ital. gazzeta – “chaqa pul”) – kundalik voqealar to‘g‘risida
materiallar e’lon qilinadigan davriy bosma nashr. Uning vazifasi
jamiyatning axborotga bo‘lgan ehtiyojini, ma’naviy intellektual
talablarini qondirishdan iborat.
Jurnal (fran. journal – “kundalik daftar”) – bosma davriy nashr,
axborotni tanlash, tahlil etish va baholashning asosiy vositalaridan biri.
Jurnal gazeta kabi jamoatchilik fikriga ta’sir o‘tkazish yo‘li bilan uni
shakllantirishga xizmat qiladi; omma ijtimoiy ongiga muayyan g‘oya va
qadriyatlarni singdiradi.
5. Quyidagi tushunchalarning mazmunini lug‘at yordamida
sharhlang.
“To‘rtinchi hokimiyat”, ma’rifat, ta’sis etmoq, ko‘ngilochar,
rubrika, tezkor axborot, mediamaydon, tiraj.
6. Matnni o‘qing. Unga qo‘shimcha ma’lumorlar kiriting.
Matnga sarlavha qo‘ying.
Ommaviy axborot vositalarining insonlar ongiga ta’siri qay
darajada kuchli ekanligini inkor etib bo‘lmaydi. Biz ulardan dunyoda
yuz berayotgan hodisalar, siyosat, taniqli kishilar haqidagi ma’lumotlar,
sport, ob-havo, moda va boshqalar haqida ma’lumotlar olamiz. Shu bois
XXI asrda insonlarning hayotida matbuotning roli juda katta.
“Matbuot” so‘zi arabcha so‘z bo‘lib, bosma asarlar, nashrlar degan
ma’noni bildiradi.
O‘zbek matbuotini shakllantirishda va davriy nashrlar faoliyatini
tashkil etish hamda yo‘lga qo‘yishda jadidchilardan Mahmudxo‘ja
Behbudiy, Munavvarqori Abdurashidov, Abdulla Avloniy, Abdurauf
Fitrat va Abdulhamid Cho‘lponlar bosh-qosh bo‘lganlar. Ular
ma’rifatchi Ismoil Gaspirali muharrirligi ostida chiqqan “Tarjimon”
gazetasining ish tajribasiga tayanib, “Taraqqiy”, “Xurshid”, “Shuhrat”,
“Osiyo”, “Sadoyi Turkiston”, “Samarqand”, “Sadoyi Farg‘ona”
gazetalarini va “Oyna” jurnalini chiqarganlar.
XX asr boshida o‘lkamizda “Nasha gazeta”, “Izvestiya”,
“Turkestanskaya pravda” va “Pravda Vostoka” gazetalari chop etila
boshlagan.
Mustaqilligimiz tufayli o‘zbek matbuoti yangi rivojlanish
bosqichiga ko‘tarildi. Davriy matbuotning ahamiyati va mavqe1yi har
jihatdan yuksaldi va keng taraqqiy etib, gullab-yashnadi. Unga barcha
jabha2lardagi islohotlarni yoritish, aholini xolis axborot bilan ta’minlash,
kishilar ongini shakllantirishda hukumat va xalq o‘rtasida o‘ziga xos
ko‘prik sifatida qarala boshlandi va jamiyatimizdagi uch hokimiyat –
qonun chiqaruvchi, ijro va sud tizimi bilan bir qatorda to‘rtinchi
hokimiyat maqomi berildi.
Ommaviy axborot vositalari deb doimiy nomga ega bo‘lgan,
ommaviy axborotni davriy tarqatishning bosma (gazetalar, jurnallar,
axborotnomalar, bulletenlar va boshqalar) yoki elektron (tele-, radio-,
video, kinoxronikal dasturlar, veb-saytlar) tarzda nashr etiladigan, efirga
beriladigan shakllariga aytiladi.
O‘zbekistonda ommaviy axborot vositalarini rivojlantirishga oid
bir qator qonunlar qabul qilinib, jurnalistlarning professional faoliyati
uchun zarur qulayliklar yaratildi. Xususan, “Axborotlashtirish
to‘g‘risida”gi, “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi,
“Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida”gi, “Reklama to‘g‘risida”gi,
“Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi, “Axborot olish
kafolatlari va erkinligi to‘g‘risida”gi, “Jurnalistlik faoliyatini himoya
qilish to‘g‘risida”gi va boshqa qator qonunlarda axborot va so‘z
erkinligini ta’minlash hamda himoya qilish belgilab qo‘yildi.
Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda bosma ommaviy axborot
vositalari jadal sur’atlar bilan rivojlandi. O‘zbekiston davriy
nashrlari quyidagi segmentlardan iborat:
ijtimoiy-siyosiy nashrlar;
iqtisodiyot, moliya va biznes sohasidagi nashrlar;
qishloq xo‘jaligi va fermerlik masalalari bo‘yicha nashrlar;
ta’lim va fan masalalari bo‘yicha nashrlar;
tibbiyot va salomatlik bo‘yicha nashrlar;
ko‘ngilochar nashrlar va dayjestlar;
xotin-qizlar uchun nashrlar;
sport matbuoti;
satirik nashrlar;
kechki gazetalar;
siyosiy partiyalar va harakatlarning nashrlari;
milliy tillardagi gazeta va jurnallar (qoraqalpoq, qozoq, tojik,
koreys va boshqa tillarda).
Hozirgi kunda mamlakatimizda “Xalq so‘zi”, “Fidokor”, “Milliy
tiklanish”, “Adolat”, “Huquq”, “Hurriyat” kabi siyosiy partiyalar va
vazirliklar tomonidan ta’sis etilgan gazetalar bilan bir qatorda
ko‘ngilochar nashrlar: “Darakchi”, “Hordiq”, “Bekajon”, “Charxpalak”
kabi gazetalar, “Yoshlik”, “Sharq yulduzi”, “Guliston”, “Fan va
turmush”, “Saodat”, “Jahon adabiyoti”, “Gulxan” kabi yuzlab jurnallar
chop etilmoqda.

Download 0,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish