O’zbekiston respublirasi oliy va


-mavzu.Ozbek lotin alifbosining imlo qoidalari. O‘zbek tilida tinish belgilari



Download 0,7 Mb.
bet7/58
Sana27.03.2022
Hajmi0,7 Mb.
#512497
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   58
Bog'liq
сохада узбек тилининг куллналиши УМК (2)

4-mavzu.Ozbek lotin alifbosining imlo qoidalari. O‘zbek tilida tinish belgilari.
Reja:
1.Asos va qo’shimchalar imlosi.
2.Qo‘shib va ajratib yozish.
3.Bosh harflar imlosi.
4.Ko‘chirish qoidalari.
5.Tinish belgilarining qo‘llanishi.
1993-yil 2-sentabrda “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek
alifbosini joriy etish to‘g‘risida” Qonun qabul qilinishi mustaqil
Vatanimizning ma’naviy-madaniy hayotida jahonshumul ahamiyat
kasb etdi. Yangi alifboga kiritilgan o‘zgarishlar asosida “O‘zbek
tilining asosiy imlo qoidalari” ishlab chiqildi va O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 1995-yil 24-avgustda
tasdiqlandi. O‘zbek tilining imlo qoidalari
Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi asosidagi yozuv me’yorlari
1995-yil 24-avgustda tasdiqlangan “O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari”ga
tayanadi. Unda “Unlilar imlosi”, “Undoshlar imlosi”, “Asos va qo‘shimchalar
imlosi”, “Qo‘shib yozish”, “Ajratib yozish”, “Chiziqcha bilan yozish”, “Bosh
harflar imlosi” va “Ko‘chirish qoidalari” berilgan. Rasmiy yozishmalarda, ish
yuritishda, ta’lim jarayonida, madaniy-ma’rifiy faoliyatda tilning imlo
qoidalariga amal qilish majburiydir. O‘zbek alifbosida 29 harf bor. Ulardan 6tasi unli tovushlarni, 23tasi esa undosh tovushlarni ifodalaydi. 3tasi harflar birikmasidir. Unli nutq tovushlarining 5tasi 5 xil harf bilan ifodalanadi: i, e, a, o, u.
Bittasi esa, ya’ni ўзбек, ўртоқ kabi so‘zlardagi ў tovushi maxsus belgi bilan
emas, oлмоқ so‘zidagi o harfiga “ko‘chish belgisi” (‘) ni qo‘shish bilan
ko‘rsatiladi. Alifboda 3 ta harf birikmasi mavjud: sh, ch, ng .я, ю, ё, е harflarining imloda berilishi : o‘zbekcha so‘zlarda я, ю, ё, е harflari so‘zning boshida hamda unli tovushdan keyin kelgan hollarda ikki harf bilan ko‘rsatiladi: яна – yana, уят – uyat, юр – yur, буюм – buyum, ётма – yotma, қуён – quyon, ем– yem, қаер– qayer, Алиев – Aliyev.
O‘zbek tilidagi boshqa tillardan o‘zlashgan so‘zlarda ham я, ю, ё, е ikki
harf bilan beriladi: январь yanvar, акция aksiya, юбка yubka, июнь
iyun, приёмник priyomnik, реестр – reyestr.
Kirill yozuvida я, ю, ё, е harflari ayirish belgisidan yoki yumshatish
belgisidan keyin kelganida ikki nutq tovushini bildiradi. Bunday so‘zlardan
o‘zbek tilida ham qo‘llanadiganlarida mazkur tovushlar ikki harf bilan
ifodalanadi: адъютант adyutant, объект – obyekt, пьеса pyesa,
премьера
premyera, ателье atelye, компьютер kompyuter.
Kirill yozuvida я, ю, ё, е harflari undosh tovushlardan keyin kelganda bir
unli tovushdek aytiladi va o‘zidan oldingi undosh tovushning yumshoq
talaffuz qilinishiga ishora qiladi. Bunday so‘zlardan o‘zbek tilida ham
qo‘llanadiganlarida я, ю, ё, е harflari a, u, o, e harflari bilan beriladi:
сентябрь sentabr, рюкзак rukzak.
Ushbu qoida doirasiga kirmaydigan so‘zlar ham bor. Masalan, quyidagi
so‘zlarda ё harfi undosh tovushlardan keyin kеlganda bir harf о bilan emas,
balki ikki harf yo bilan beriladi: aktyor, dublyor, transportyor, montyor,
reportyor, sapyor, suflyor, vaxtyor, minomyot, pulemyot, samolyot, vertolyot,
plyonka, shpatlyovka.
Ayrim so‘zlarda ю harfi undosh tovushlardan keyin kеlganda bir harf u bilan emas, balki ikki harf yu bilan beriladi: byuro, byust, menyu. Ba’zi so‘zlarda esa я harfi undosh tovushlardan keyin kеlganda bir harf a
bilan emas, balki ikki harf ya bilan beriladi: slavyan, buryat, naryad, snaryad,
zaryad, plyaj.


Download 0,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish