Migrastiya – eng.emigration, rus.migratsiya - 1) Ko’p hollarda iqtisodiy va siyosiy barqarorlik tufayli turar joy, ish o’rnining o’zgarishi bilan bog‘liq ko’chish, aholini ko’chirish. Ko’chishning qaytmaydigan,vaqtinchalik, mavsumiy, doimiy o’zgarib turadigan turlari mavjud; 2) hayvonlarning ko’chib yurishi.
Millat – eng.nation, rus.natsiya - O’zligini anglagan, o’z ruhiyatiga ega odamlarning tarixiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy jihatdan shakllangan birligi. Millat yagona til, hudud, yagona iqtisodiy mintaqa, umumiy madaniyat, milliy an’analar, milliy boylik, milliy qadriyat, milliy manfaatlarni birgalikda himoya qilishning shakllanish jarayoni mahsulidir. Millatning shakllanish jarayoni va u tomonidan qilingan hatti-harakatlar siyosiy tashkilotlarning turli shakldagi davlatlarning yuzaga kelishiga sabab bo’ladi. Millat – turli elatlardan iborat, biroq yagona mamlakat hududida uzoq davr mobaynida yashashi natijasida hududiy, iqtisodiy, turmush va madaniy an’analarning yangidan shakllanishi jarayonida paydo bo’lishi ham mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |