Monizm prinsipi. Biror bir voqelikni tadqiq etishda
alohida shaxsga taalluqli jihatlarni asos qilib olish va shu
asosda xulosalar chiqarishni nazarda tutadi. Monizm so'zi
bitta alohida ma'nosini anglatadi.
Psixologiyaning sohalari. Psixologiya fani ijtimoiy
hayotning barcha sohalarida amal qiladi. Chunki qayerda
inson faoliyat ko'rsatar ekan, o'sha yerda inson ruhiyati bilan
bog'liq muammolar yuzaga chiqadi.
Hozirgi kunda psixologiyaning 70 dan ziyod sohalari
faoliyat ko'rsatmoqda. Masalan: umumiy psixologiya,
medisina psixologiyasi, sport, muhandislik, oila, harbiy,
yuridik, aviasiya, kosmik, yosh davrlar psixologiyasi,
pedagogik, etnopsixologiya, differensial psixologiya va
hokazolar.
Do'stlaringiz bilan baham: |