Ong va faoliyat birligi prinsipi. Bu prinsipga ko'ra ong
va faoliyat o'zaro uzviy bog'liq hodisa hisoblanadi. Ya'ni biri
ikkinchisini taqozo etadi. Mashhur rus psixologi Sergey
Leonidovich Rubenshteyn psixologiyada ong va faoliyat birligi
prinsipining asoschisi hisoblanadi. Dastlab bolada ongning
shakllanishi uchun tug'ma imokniyatlar mavjud bo'ladi.
Ammo uning shakllanishi bevosita faoliyatning shakllanishi
bilan tarkib topadi. Ayni vaqtda faoliyat ongning shakllanishi
va rivojlanishining negizi, o'z mohiyati manbai bo'lib xizmat
qiladi. Ongsiz faoliyat bo'lmaydi, faoliyatsiz ong bo'lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |