Tarixiylik prinsipi. Psixologiyada biror voqelikni tadqiq
etishni uning ayni paytgacha o'rganilish tarixi, jarayoni, ijobiy
va salbiy jihatlari inobatga olinadi hamda tadqiqotchi
tomonidan avval o'rganilmagan jihatlari yangilik sifatida kashf
etiladi. Bu prinsipga asosan ilmiy tadqiqiy ishlarni amalga
oshirishda foydalaniladi.
Nazariya va amaliyot birligi prinsipi. Nazariyada
yaratilgan kashfiyotlar, tadqiqotlar amaliyotda joriy etilishi va
aksincha amaliyotda tekshirilgan, kuzatilgan hodisalarni
nazariy jihatdan asoslashni taqozo etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |