ANDISHA —
yuksak ma‘naviyatga xos, axloqiy tarbiya natijasida
shakllanadigan ma‘naviy-axloqiy tushuncha, Etika fanining me‘yoriy tushunchasi,
―Ma‘naviyatshunoslik‖, ―Ma‘naviyat asoslari‖ fanlarining asosiy kategoriyalaridan
biri. Kishilar b-n bo‗lgan munosabatda oqibatini atroflicha o‗ylab munosabatda
bo‗lish, mulohaza qilish A.ning o‗ziga xos xususiyatlaridandir. A.li inson o‗z hatti-
harakati, ma‘naviy-ruhiy qarashlarida yuksak axloqiy tamoyillardan kelib chiqqan
holda faoliyat yuritadi. Bunday inson o‗zgalarni oliyjanob axloqiy me‘yorlarga
asoslangan holda qadrlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |