AXLOQIY TAFAKKUR
-axloq masalalariga bag‗ishlangan fikrlar, qarashlar
g‗oyalar, har bir insonnning axloqiy me‘yorlar va qadriyatlarni anglash, ilmiy
mushohada qilish jarayoni.
AXLOQIY FAZILATLAR -
inson xulq-atvori, yurish-turishidagi eng yuksak,
ijobiy hatti-harakatlar, o‗y-fikrlar va ezgu amallar majmuasi: ezgulikka intilish,
yaxshilik qilish, izzat-hurmatli bo‗lish, mehnatsevarlik, or-nomusli bo‗lish,
vatanparvarlik, insonparvarlik, saxovatlilik, halollik, pokizalik kabi xislatlarning
namoyon bo‗lishi
Do'stlaringiz bilan baham: |