BURCH
— jamiyat, davlat va shaxslarga nisbatan muayyan individdagi
munosabat, ular oldidagi majburiyat. U vijdon, e‘tiqod, mas‘uliyat kabi tushunchalar
b-n mustahkam bog‗liq. Umuman, hayotda insonning har bir hatti-harakati zamirida
B. ga sadoqat yoki xiyonat yotadi. B. ning insonlik B.i, musulmonlik B.i, nasroniylik
B.i, fuqarolik B.i, otalik B.i, onalik B.i, farzandlik B.i singari barcha davrlar uchun
umumiy bo‗lgan tushunchalari ham, jurnalistlik B.i, shifokorlik B.i, olimlik burchi
kabi kasbiy odob doirasidagi tushunchalari ham mavjud. B. tushunchasining o‗ziga
xos jihatlaridan yana biri – uning vaqt va jamiyatda muayyanlashish xususiyati.
Do'stlaringiz bilan baham: |