O‗zbekiston respublikasioliy va o‗rta



Download 1,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/309
Sana11.01.2022
Hajmi1,82 Mb.
#352721
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   309
Bog'liq
этика ва этикет Дарслик

 
Siz – rahbar sifatida 
Rahbar shaxs
 – jamiyat, davlat, tashkilotda doimiy va hal qiluvchi ta‘sirga ega 
bo‗lgan  shaxs.  Rahbar  ishning  ko‗zini  biladigan,  jamoa,  soha  manfaatlarini  ko‗zlab 
faoliyat yuritadigan boshqaruv xodimidir. 
Rahbarlik  aql-farosat,  kuch-g‗ayrat,  izlanish  va  topqirlikni,  o‗z  ustida  tinmay 
ishlash,  tadbirkorlikni  talab  qiladi.  ―Rahbar‖  tushunchasining  quyidagi  jihatlari 
ahamiyatlidir:  
1. Rahbar–ijtimoiy shaxs sifatida ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish 
resurslarini birlashtirib, uning asosiy harakatlantiruvchi kuchini boshqaruvchi shaxs. 
2. Rahbar har qanday ishni amalga oshirish uchun, avvalo,, mustaqil qaror qabul 
qiladi.  Bu  qaror  rahbarning  tadbirkorlik,  ishbilarmonlik  faoliyati  maqsadlarini 
belgilaydi.  
3.  Rahbar  mehnati,  ayni  vaqtda,  tadbirkorlikka  asoslangan  mashaqqatli 
faoliyatdir.  Unga  sarflangan  kuch,  mablag‗  ba‘zan  vaqtincha  foyda  emas,  zarar 
keltirishi,  muassasa  foyda  o‗rniga  zarar  ham  ko‗rishi  mumkin.  U  bunday  holatlarni 
oldindan  ko‗ra  olishi  va  ularga  tayyor  turishi,  zarur  bo‗lganda,  faoliyatini  qayta 
boshlashi, o‗zida bunga kuch-g‗ayrat topa bilishi lozim.  
Yuqorida  keltirilgan  jihatlar  rahbarlik  faoliyatining  ma‘lum  aspektlarini 
namoyon  etadi.  Masalaning  ikkinchi  tomoni  -  rahbarlik  faoliyati  bilan  
shug‗ullanuvchining  shaxsi  bilan    bog‗liq  yuksak  insoniy  fazilatlardan  iboratdir. 
Rahbar  halol-pok,  vijdonli,  iymonli,  qattiqqo‗l,  diyonatli,  mehr-shafqatli  bo‗lishi 
kerak.  Rahbarlikka  egri  yo‗l,  egri  qo‗l,  egri  maqsad  bilan    erishib  bo‗lmaydi.  Fe‘l-
atvorida egrilik bor kishi rahbarlik lavozimida uzoq faoliyat yuritolmaydi. 


93 
 
Rahbar mustaqil bo‗lishi, ijtimoiy faoliyatning qonunan taqiqlanmagan hamma 
sohasi bilan  shug‗ullana olishi lozim. Shu bilan  birga, u o‗zi boshqarayotgan jamoa 
orasida obro‗-e‘tiborga ega bo‗lishi zarur. Rahbar faol bo‗lmasa, jamiyatda ijtimoiy 
faollik shakllanmaydi.  
Kattami, kichikmi, qaysi mansabda bo‗lishidan qat‘i nazar, har bir rahbar oldida 
«o‗z  ishimga  talab  darajasida  yondashishim  uchun  nimalarni  bilishim,  qanday 
fazilatlarga ega bo‗lishim kerak?» - degan savol hamisha ko‗ndalang turadi. 
Boshqaruvda tajriba, ko‗nikma, mahorat, bilim, aql va idrokning ham roli katta. 
Ammo eng avvalo,, boshqaruv – bu san‘at, aniqrog‗i, ijoddir. Rahbarlikka ham, xuddi 
san‘atkor  uchun  zarur  bo‗lganidek,  iqtidor  va  iste‘dod  lozim.  Ya‘ni,  har  kimdan 
san‘atkor chiqmaganidek, istagan odamdan ham yaxshi rahbar chiqavermaydi. 
Rahbar  o‗z  qobiliyati,  iste‘dodini  ishga  solib  izlanadi,  shu  maqsadda  hayotni, 
odamlarni chuqur o‗rganadi. Natijada, to‗plagan bilimlari, tajribalarini boshqaruvning 
umumiy qonuniyatlari asosida shakllantirib, o‗zining rahbarlik usulini yaratadi. U o‗z 
boshqaruv  usullarini  shakllantirishda  mutlaqo  erkin  shaxsdir,  lekin  uning  rahbarlik 
usuli ijobiy natija berishi kerak. 
Rahbarlik  faoliyatining  samaradorligi  rahbar  shaxsning  tafakkuri,  aql-idrokiga 
ham  bevosita  bog‗liq  bo‗ladi.  Tafakkur  rahbarga  keng  va  chuqur  fikrlay  olish, 
yaxshini  yomondan,  foydani  zarardan,  muhimni  nomuhimdan  bexato  ajrata  olish 
imkoniyatini beradi. Bu - hammaga ham nasib qilavermaydigan yuksak fazilat. Agar 
rahbarda  shular  shakllangan  bo‗lsa,  bunday  rahbar  boshqaruvning  sir-asrorlarini 
qiynalmasdan  egallaydi  hamda  o‗z  jamoasida    obro‗    e‘tiborga  ega  bo‗lib,  ular  
ishonchini qozonadi.  
Demak, har qanday rahbar keng va chuqur fikrlay olishi bilan  birga, chaqqon va 
uddaburon,  harakatchan  va  shijoatli  bo‗lishi  ham  kerak.  Shuning  uchun  rahbarlik 
faoliyatini tafakkur va harakat birligi deyish mumkin.  
Rahbardagi  o‗ziga  xos  talabchanlik,  mehribonlik  hamda  mas‘uliyat  jamoa 
a‘zolarida ham javobgarlik hissining shakllanishiga sabab bo‗ladi. 
Rahbar  shaxsining  etiketi    uning  axloqiy  madaniyatiga  bog‗liq.  Axloqiy 
madaniyat – elementlarining yaxlit tizimi bo‗lib, axloqiy fikrlash madaniyati (axloqiy 
mulohaza  yuritish  qobiliyati,  axloqiy  bilimlardan  foydalana  olish,  yaxshilik  va 
yomonlikni  ajratish,  yuzaga  kelgan  vaziyatning  o‗ziga  xos  xususiyatlariga  axloqiy 
me‘yorlarni qo‗llay bilish va hakozalar)ni qamrab oladi. 
 O‗z  ichiga  yana  tuyg‗ular  madaniyatini,  insonning  ―axloqiy  rezonansga‖ 
qobilligini,  hamdardligini  va  jonkuyarligini;  axloqiy  tajribada  his-tuyg‗u  va 
o‗ylarning  amalga  oshirilish  qiyofasini,  ularning  kundalik  hayotda  hatti-harakat 
me‘yoriga aylanib borish darajasini xarakterlovchi xulq-atvor madaniyati; shakllarni 
reglamentlovchi  qoidalarga  qay  darajada  amal  qilish  sifatidagi  etiketni,  muloqotda 
shaxsning o‗zini tuta bilishini oladi.  


94 
 
Qisqa  qilib  aytganda,  rahbar  shaxsining  axloqiy  madaniyati    -  umumiy  axloqiy 
tamoyillarni  bilish,  ularni  chuqur  his  etilgan  qarashlariga  aylantirish,  hatti-
harakatlarning  eng  munosib  shaklini  qo‗llay  bilishdir.  Uning  har  bir  elementini 
o‗zlashtirish rahbar  shaxsining axloqiy  madaniyati mustahkamligini shakllantirishga 
yordam  beradi.  Rahbar  shaxsining  axloqiy  madaniyati  oliy  darajasini  ―axloqiy 
donolik‖ deb, axloqiy faoliyatining optimalligini va uyg‗unligini ta‘minlab bera olish, 
har qanday vaziyatda ham munosib hatti-harakat qila olish deb ta‘riflasa bo‗ladi. 
Avvalo,  rahbarlar  va  rahbarlikka  da‘vogar  shaxslar  o‗zlarini  har  jihatdan 
tarbiyalab  borishlari  lozim.  Buning  uchun  siyosiy  hayotdan  xabardor  bo‗lish  yoki 
iqtisodiy va kasbiy bilimlarni o‗zlashtirishning o‗zigina kifoya qilmaydi. Ular jahon 
tajribalari  asosida  shakllangan  ilg‗or  boshqaruv  malakalarini  ham  o‗zlashtirgan 
bo‗lishlari  kerak.  Bugungi  rahbar  bunga  o‗ziga  nisbatan  talabchan  bo‗lib  erishadi. 
Masalan, u har kuni gazeta va jurnallar o‗qishi, radio va oynai jahon yangiliklaridan 
xabardor bo‗lish orqali ham ma‘lum darajada bilim egallashi mumkin. Yana siyosat, 
iqtisodiyot va ma‘naviyatga daxldor kitoblarni, hatto mumtoz adabiyotlarni mustaqil 
o‗qishi,  tarixiy  jarayonlarni  chuqur  mushohada  qilish  ham  uning  dunyoqarashini 
kengaytiradi. 
Bularning  barchasi  rahbar  madaniy  saviyasining  o‗sib  borishiga  va  siyosiy 
madaniyatining  takomillashuviga  katta  yordam  beradi.  Chunki  cheklangan  tafakkur, 
chala bilim, past madaniyat bilan dunyoni bilib, mas‘uliyatli ish va mansabni egallab 
bo‗lmaydi. 
Binobarin,  demokratik  asosda  shakllanib  borayotgan  jamiyatimiz  talabi  shuki, 
siyosiy yetuk, aqlan va ma‘nan barkamol, puxta bilimga ega bo‗lgan teran tafakkurli 
kishilargina rahbar bo‗lishga haqlidirlar. 
O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat boshqaruvi organlari 
va  mahalliy  ijro  etuvchi  hokimiyat  organlari  xodimlarining  odob-axloq  namunaviy 
qoidalarini  tasdiqlash  to‗g‗risidaQarori  qabul  qabul  qilingan  bo‗lib  unda:  ―Rahbar 
o‗ziga bo‗ysunuvchi xodimlarga nisbatan yuqori professionalizm, soflik va adolatda 
o‗rnak  bo‗lishi,  davlat  organida  yohud  uning  tarkibiy  yoki  hududiy  bo‗linmasida 
ma‘naviy-psixologik  muhit  shakllanishiga  ko‗maklashishi  lozim,  u  bo‗ysunuvchi 
xodimlardan  ularning  xizmat  vazifalari  doirasidan  chiqib  ketadigan  topshiriqlarni 
bajarishini  talab  qilmasligi,  shuningdek,  qonunga  xilof  hatti-harakatlarni  sodir 
yetishga undamasligi kerak.  

Download 1,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   309




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish