24
O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo‗ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustivor yo‗nalishlari‖ ga
bag‗ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma‘ruzasi. www.gov.uz.
97
Qarz
Boshqa narsalar kabi qarz berish ham – alohida xususiyat kasb etuvchi
xizmatdir. Qarz berib, biz tavakkal qilamiz, bermasak – obro‗yimiz tushishi mumkin.
Qarz berayotib darhol qaytarish muddati haqida gaplashib olishning hech yomon
tomoni yo‗q. Albatta, qarz oluvchining o‗zi uni qaytarish muddati haqida gapirgani
yaxshi. Agar qarzdor tanishingiz uni qaytarishda shoshmayotgan bo‗lsa, bu haqda
eslatish lozim. Qarzni eslatar ekansiz, pulga muhtojligingiz haqida aytsangiz yaxshi
bo‗lar edi. Bunda qarzdor uzr so‗rab yangi muddatni aytgani ma‘qul (ayni paytda
unda shuncha pul bo‗lmasa). Bunday vaziyatda bunday narsalar haqida eslatuvchiga
ham, uni eshituvchiga noqulaylik tug‗diradi. Yaxshisi, bunga yo‗l qo‗ymaslik kerak.
Agar muddatida pulni qaytarishingizga imkon bo‗lmasa, qarz bergan kishiga buni
bildirib, kutib tura olishini so‗rash mumkin. Agar kuta olmasa – boshqadan yana qarz
olib qarzni uzgan ma‘qul. Agar qarzning muddati kelishilmagan bo‗lsa, unda muddat
bir oyligini nazarda tutish joiz. Qarz berayotganning bergan pul miqdorini qarzdor
oldida yozib olishi va qaytarilganda uni o‗chirib olishidan ko‗ra alamliroq narsa yo‗q.
Qarz berayotganda yirik qiymatda berib, konvertda qaytarmasa ham bo‗ladi. Kattami,
kichikmi pullarni uchinchi shaxsning oldida qarz berish qarz oluvchini noqulay
vaziyatga solib qo‗yadi. Bunga doir masalalarni guvohlarsiz amalga oshirgan yaxshi.
Katta miqdordagi qarzni yaxshisi qonuniy yo‗l bilan berilgani ma‘qul (notarial
idoralarining guvohligida). qancha va kimga qarz berilgani haqida gapirish
madaniyatsizlik belgisi hisoblanadi.
Kerak bo‗lgan narsani tanishingizdan qarzga olib turar ekansiz, uning vaqtida va
qanday holatda oligan bo‗lsa shunday topshirish muhimdir. Hech qachon uy
egasining ruxsatisiz narsa olinmay va buzib berib, uni sifatsiz ekanligi bilan o‗zini
oqlab bo‗lmaydi. Yaqin do‗stona munosabatlardagina buzib qo‗yilgan narsani
yangisini olib berish shart emas, uning ta‘mirlashga berilishining o‗zi etarli. Albatta
imkon qadar birovning narsasini buzib bermaslik lozim hamda umuman, bunday
iltimoslar bilan kamroq murojaat qilgan yaxshi. Kiyimlarni kiyib turishga so‗rash o‗ta
odobsizlikdir. Ba‘zida bunga faqat oila a‘zolari o‗rtasidagina yo‗l qo‗yish mumkin.
Ammo, boshqa sharoitida yo‗l qo‗ymaslik zarur.
Shunday narsalar borki, «qat‘iyan» ularni so‗rab turish man qilinadi. Ohorlik ish
ko‗ylagi, u doimo egasiga kerak bo‗ladi. Ba‘zida qandaydir biz uchun unchalik
qiymat kasb etmaydigan narsalar uning egasi uchun juda qadrli bo‗lishi mumkin.
Mashina, magnitofon, fotoapparat, televizor, nodir tasmalarni olish uchun so‗rash
to‗g‗ri kelmaydi. Olingan mayda
chuyda narsalar va pullarni egasini yo‗lda
uchratganda ham bersa bo‗ladi, ammo katta narsalar va pullarni uyga olib borib
bergan ma‘qul.
98
Do'stlaringiz bilan baham: |