O‘zbekiston respublikasioliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xuzuridagi pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti



Download 209,18 Kb.
bet5/20
Sana22.06.2022
Hajmi209,18 Kb.
#693452
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
Жўраев Хуршидбек Акбаржонович

Tadqiqot predmet bo’lib, professional ta’lim faoliyati va uni amalga oshirish amaliyotidagi kompetensiyalari baholash hisoblanadi.
Ta`lim sohasida reyting tizimini qo`llanilishida asosan quyidagi maqsadlar ko`zda tutilgan:
-reyting tizimi o`quvchilar bilim ko`rsatkichlari darajasini, malakasini shakllantirish, o`quvchini o`qishga va foydali mehnatga bo`lgan munosabatini ob`ektiv -kompleks baholab beradi;
-reyting, o`quvchi shaxsini sifat ko`rsatkichini aniqlaydigan sonli ko`rsatkichdir;
-o`quvchilarni doimiy baholash va ular olgan baholarni takkoslab borish;
-o`quvchilarda o`qishga intilishga va o`zaro bellashishga imkoniyatni shakllantirish, ularni shu ruxda tarbiyalash;
O`quv yurtlarida ishlab chiqarish ta`limi ustalari hamda o`qituvchilarning pedagogik faoliyatini to`ғri baholash;
-o`quvchilar bilim saviyasi va malaka ko`nikmalarini xaqqoniy baholash;
-o`quvchilarni darslarga katnashish intizomini yaxshilash va ularning fanlar bo`yicha uzluksiz tayyorgarligini tashkil etish;
-o`quvchi va o`qituvchining o`z faoliyatini oldindan rejalashtirish, o`quv jarayonining borishini tezkor tahlil qilish, o`z faoliyatida zaruriy o`zgartirishlar kiritish imkoniyatini yaratish.
Reyting tizimi yuqorida sanab o`tilgan maqsadlarni o`zida mujassamlashtirgan bo`lib, o`quvchilarning bilim sifatini xaqqoniy baholash, ularning bilimini o`zaro takkoslash orqali o`quv jarayonida musobaka, ya`ni bellashish muxitini yaratish imkonini beradi.
Reyting tizimining mazmuni. Reyting tizimida o`quvchilarning bilimi doimiy ravishda nazorat qilinadi va baholab boriladi. Reyting nazorat tizimining asosida o`quv rejasiga kiritilgan har bir fanning o`quvchi o`zlashtirishining sifat ko`rsatkichlarini ballar bilan baholash yotadi.
Tadqiqotning maqsad va vazifalari.
Tabaqalashtirilgan ta’lim dasturlari asosida kadrlar tayyorlashda xalqaro tajribani o‘rgangan holda professional ta’lim jarayonlariga o‘qitishning kredit-modul tizimi bosqichma-bosqich joriy etiladi. Kredit-modul tizimi – har bir o‘quv moduli tarkibini tuzishga asoslangan modulning o‘quv natijalari va yakuniy nazoratni kuzatib borish orqali ta’lim oluvchilarning bilim, ko‘nikma va kompetensiyalarini muntazam ravishda baholab boruvchi o‘quv dasturini o‘zlashtirish jarayonini tashkil etish tizimi hisoblanadi.
– Ish beruvchilarning talab va takliflariga asosan kadrlarga bo‘lgan real ehtiyojni inobatga olgan holda iqtisodiyot soha va tarmoqlari uchun zarur bo‘lgan malakali mutaxassislarni tayyorlash hamda jamiyatning kasblar va mutaxassisliklarga bo‘lgan talablarini qondirish, mehnat faoliyatida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq qilish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lgan kadrlarni tayyorlash, mahalliy va xalqaro ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni rivojlantirish, zamonaviy innovatsion o‘quv loyihalarini birgalikda amalga oshirish uchun malakali xorijiy mutaxassislarni jalb etish – professional ta’limning asosiy maqsadidir. Bu, mamlakatda ishsizlik darajasini kamaytirish, ish o‘rinlarining doimiyligini ta’minlash, mehnat bozorida tajribali kadrlarni etishtirishga xizmat qiladi.
Professional ta’lim muassasalari hududlarning demografik, ijtimoiy-iqtisodiy va geografik sharoitlarini, mehnat bozorining tegishli soha mutaxassislariga bo‘lgan talabini, manfaatdor vazirlik va idoralarning kadrlarga bo‘lgan ehtiyoji hamda oliy ta’lim tizimi bilan integra-siyalashgan ta’lim dasturlari asosida kadrlar tayyorlashni hisobga olgan holda faoliyat yuritadi.
Har qanday ijtimoiy jamiyatda yosh avlod ta’lim-tarbiyasi muayyan maqsad asosida tashkil etiladi. Ta’lim-tarbiyaning maqsadi ijtimoiy jamiyat taraqqiyoti, uning rivojlanish yo‘nalishi, ijtimoiy munosabatlar mazmunidan kelib chiqib belgilanadi. Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida tashkil etilayotgan ta’limtarbiyaning asosiy maqsadi komil insonni tarbiyalab voyaga etkazishdan iborat. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da alohida ta’kidlangan milliy model O‘zbekiston Respublikasining milliy-hududiy xususiyatlarini inobatga olish hamda ilg‘or fan, texnika va texnologiya yutuqlari asosida tayyorlangan kadr (mutaxassis) – komil inson va etuk mutaxassis qiyofasini o‘zida to‘laqonli aks ettiruvchi namunadir..

Download 209,18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish