Dastur uch bo’limda iborat:
1. Uqtirish xati. Yo’l - yo’riqlar.
2. O’quv materiallarining mazmuni.
3. Asosiy va qo’shimcha ravshanda o’rganiladigan adabiyotlar ro’yxati.
Darslik
Darslik o’quv jarayonining zarur qismidir. U o’qitishning eng muhim vositasi hisoblanadi.
Darslik - o’quvchilarning ikkinchi “muallimi”. Chunki u, avvalo, o’quvchi uchun zarar qo’llanmadir.
Har bir o’quv fanining mazmuni darslikda batafsil yoritiladi. Darslik tegishli fanga oid ilmiy bilim asoslarini dasturga va didaktika talabalariga muvofiq ravishda bayon qiluvchi kitobdir.
Darsliklar bilan bir qatorda, ayrim o’quv fanlari yuzasidan o’quv qo’llanmalari ham tuziladi. Masalalar va mashqlar to’plami, xrestomatiyalar, atlaslar, lug’at kitoblari va h.k.
O’quvchilar darslik va o’quv qo’llanmalari bilan ham darsda, ham uy sharoitlarida mustaqil ish olib boradilar. U bilan ishlash o’quvchilarning aqliy tarbiyasiga, ularda ilmiy dunyoqarashning, axloq - odobning shakillanishiga, tafakkuri va nutqining, ishdagi mustaqilligining rivojlanishiga yordam beradi.
Darslikka quyidagi pedagogik talablar qo’yiladi:
1. Darslik ilmiy bilimlar tizimi va uning mazmuni, hajmi dastur talablariga va shu sinf o’quvchilarining yosh xususiyatlariga mos kelishi.
2. Darslikda ilmiy bilimlarning nazariy asoslari va g’oyaviy yo’nalish tizimi izchil bo’lishi, dalillarning ishonchli bo’lishi, ular to’g’ri tahlil etilishi, aniq ta’rif etilishi, tegishli xulosalar chiqarilishi va shu orqali o’quvchilarda ilmiy dunyoarash va insoniy fazilatlar tarbiyalanadi.
3. Nazariy bilimlar ishlab chiqarish amaliyoti bilan bog’langan bo’lishi.
4. Darslikda bayon qilinayotgan materialning harakteriga bog’liq holda tegishli qoida va ta’riflar berilishi, dalillar keltirilishi, yaxshi bezatilgan bo’lishi, ba’zi materiallar rasm, sxema, diagramma va boshqa illyustrasiyalar bilan boyitilishi talab etiladi.
5. Darslik o’quvchilar tushunishi oson bo’lgan jonli tilda yozilishi va fikrlar aniq va qisqa bo’lishi kerak.
6. Darslikning tashqi ko’rinishi, bezagi o’sha sinf o’quvchilari estetik didlariga mos kelishi lozim.
Darsliklar bilan bir qatorda maktab ta’limi jarayonida o’quvchilar o’quv materiali ustida tizimli,uzluksiz, maqsadli ishlashlari hamda o’zlarida ilmiy bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirishda quyidagi kitob va qo’llanmalardan ham foydalanadi. Bular: badiiy, ilmiy, ijtimoiy siyosiy, iqtisodiy, madaniy, ilmiy - ommabop adabiyotlar, lug’atlar, atlaslar va kartalar, masala va mashqlar to’plami xrestomatiyalar, kundalik axborot, ensinlopediya, kinofilmlar hamda internet axborotlari va h.k.
Darsliklar va o’quv qo’llanmalar
Maxsus ravshanda o’quvchilar uchun yozilgan kitob darslik deb ataladi. Unda o’quv dasturining hamma materiali batafsil va izchillik bilan ochib beriladi.
Boshqa kitoblarga qaraganda darslikka oshirilgan talabalar qo’yiladi. Darslikdagi fikrlar lo’nda qilib ifodalanishi, material esa tushunish uchun oson shaklda bayon qilinishi kerak. Darslik har doim yaxshi qog’ozda bosiladi, uning shrifti yetarlicha katta, bosmasi aniq bo’lishi lozim. Quyi sinflarga mo’ljallangan darsliklarda rangli illyutrasiyalardan foydalaniladi. Eslab qolishi talab etiladigan asosiy o’rinlar va qoidalar qalin shrift bilan ajratiladi yoki ramka ichiga olinadi. Har bir mavzu va bobning oxirida takrorlash uchun savollari beriladi.
Darsliklar o’quv materialini tezroq, to’laroq va chuqurroq egallab olishga yordam beruvchi o’quv qo’llanmalari bilan to’ldiriladi.
Yo’nalishi va hal qilinadigan vazifalarga ko’ra o’quv qo’llanmalarni quyidagilarga bo’lish mumkin.
- o’quv materialini chuqurlashtiruvchi va uning eslab qolishiga yordam beruvchi qo’llanmalar (xrestomatiyalar, mashqlar to’plami, ma’lum predmet bo’yicha o’qish kitobi, kontur kartalar);
- o’rganilgan masalalarni illyustrasiyalovchi va bu bilan ancha aniq tasavvur hosil qilishga yordam beruvchi qo’llanmalar: (mulyajlar, rasmlar, plakatlar, diogrammalar, atlaslar),
- ko’nikma va malakalarni hosil qilishga yordam beruvchi ko’lanmalar (Bosma asosdagi daftarlar, topshiriqlar kartochkasi);
- ma’noni tushunishni yengillashtiruvchi qo’llanmalar (lug’atlar);
- ko’p maqsadda ishlatuvchi qo’llanmalar: kinofilmlar, ensiklopediyalar va h.k.
Hozirgi davrda umumiy o’rta ta’lim, akademik lisey, kasb-hunar kollejlari o’quvchilari uchun darsliklar tayyorlashda anchagina muammolar mavjud. Bu muammolar O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi Qonuni va «Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi» hamda uzluksiz ta’lim dasturi mazmuni tizimi uchun o’quv adabiyotlarining yangi avlodini yaratish konsepsiyasi talablaridan kelib chiqib hal etishni taqozo etadi. Davlat ta’lim standartlari asosida ilmiy, o’quv darsliklar, o’quv qo’llanmalar hamda zamonaviy elektron darsliklar, masofaviy o’qitish, internet tizimi bilan bog’liq axborot texnologiyalarini yaratish, tayyorlash kabi pedagogik muammolar amalga oshirilishi darkor. Darsliklar yaratishda mualliflararo raqobat sog’lom muhitni yuzaga keltirish ularning sifatini oshirishda muhim omil hisoblanadi. Ta’limning o’quv moddiy, nashriyot bazasini rivojlantirishda muammolar hal etilsa, darsliklarning barqaror tizimi yaratiladi. Oqibatda barcha tipdagi ta’lim muassasalarida ta’lim oluvchilarning bilim darajalarini takomillashtirib borishga erishiladi.
Elektron darsliklar.
Xozirgi kunda jaxon ta’lim xizmatlari axborot-komunikasiyalar texnologiyalariga tayangan xolda yo’lga qo’yilmoqda.
ELEKTRON DARSLIKLARNI loyixalash, ishlab chiqarish o’quv jarayonida keng foydalanish haqiqatdan ham dolzarb masalaga aylanmoqda. O’qkv jarayonida qo’llanadigan elektron darsliklarni quyidagi turlarga ajratish mumkin:
-matnni elektron versiyasi;
-kitobning giper matnli elektron versiyasi;
-grafik, jadval, rasmlar va giper matnlar mavjud darslik;
-animasiya, ovoz, jadval, rasm, gipermatnli va test tizimlari mavjud darsliklar.
Elektron darslikning matn usulida o’quv materiali gipermatn ko’rinishida taqdim etilib, unda grafik, chizma, diagramma, fotografiya, animasiya va video qo’llaniladi.
Elektron darslik materiali o’quvchiga diktor ovozi bilan yetkazib, slayd-shou ko’rinishdagi material bilan beriladi. Audio va videoaxborotlarning o’zaro birgalikda qo’llanishi o’qitish samaradorligini keskin yuksaltiradi.
Elektron darslik o’quvchini bilim olishini vaqt bo’yicha chegaralamaydi. Shuning uchun ham o’quv materialini o’zlashtirish vaqti o’quvchining xoxishiga ko’ra qisqarishi yoki uzayishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |