UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA FOYDALANILADIGAN
KARTALAR VA ATLASLAR
Reja.
1. Umumta’lim maktablari o’quv kartalari va ulardan foydalanish
2. Umumta’lim maktablari atlaslari tahlili
Tayanch ibora va atamalar:
O’quvchilarning psixofiziologik
xususiyatlari, yer ellipsoidi, kartografik to’r, gorizont tomonlari, yozuvsiz
kartalar, analitik kartalar, landshaft kartalari, tabiiy geografik
rayonlashtirish.
Umumta’lim maktablari geografiya fanini o’rganishda turli maxsus
kartalar, yozuvsiz kartalar va karta-sxemalaridan foydalaniladi. Yozuvsiz
kartalarda kartografik to’r berilib, asosiy geografik obektlar ko’k rangda
tasvirlanadi, ulardan o’quvchilarning amaliy mashg’ulot o’tkazishlari va
mustaqil ishlashlari uchun zarur vosita sifatida foydalaniladi.
Shuningdek, geografiyadan olgan bilimlarini o’quvchilar xotirasida
mustahkamlashda ahamiyati kattadir.
Umumta’lim maktablari uchun yaratilgan geografik kartalarda
o’quvchining yoshi va psixofiziologik xususiyatlari hisobga olinadi.
Kartalarda tasvirlangan geografik obektlar mukammal, mazmunli va oson
o’qiy oladigan bo’lishi shart. Kartografik tasvirlar ikki xil shaklda
beriladi:
kartada tasvirlanadigan obektlar shartli belgilar va ranglar bilan
tasvirlanadi, obektlarni kartada ko’rish bilan o’quvchilarda geografik
obekt to’g’risida tasavvur hosil qilish va uni ko’z oldiga keltirish lozim.
kartalarda tasvirlanadigan geografik ob’ektlar shartli ravishda qabul
qilingan shartli tasvirlar yordamida tasvirlanadi.
Umumta’lim maktablarining o’quv kartalari matematik asoslari va
komponovkasini to’g’ri joylashtirish muhim sanaladi. Kartalarning
mayda masshtabliligi doirasida yer ellipsoididan tekislikka o’tishda
vujudga keladigan xatoliklarning mavjudligi kartalarning matematik
asosining xususiyatlari hisoblanadi. Shuning uchun mayda masshtabli
kartalarda o’lchangan masofa, maydon, shakllar yer yuzasidagi holatidan
farq qiladi. O’quvchilarga kartadan foydalanishni osonlashtirish uchun
proeksiyalar va masshtablarning bir-biriga uyg’un bo’lishi maqsadga
muvofiq. Kartalarda berilgan kartografik to’rning ahamiyati katta bo’lib,
gorizont tomonlarini, obektlarning o’rnini, masofa va maydonlarni
aniqlashda zarur element hisoblanadi. Kartografik to’r yordamida
mahalliy va mintaqa vaqtini, iqlim xususiyatlarini va yer sharining
sharsimonligini ko’rsatish mumkin.
Umumta’lim maktablarining geografiya dasturlarida barcha sinflar
uchun yozuvsiz kartalarda geografik obektlarning o’rni va chegaralari
aniqlanib chiziladi va nomlari yoziladi. Bu kabi ishlar devoriy kartalar
yoki atlaslardan foydalanib amalga oshiriladi. Umumta’lim maktablarida
quyi sinflardan yuqori sinflarga borgan sari kartalarga tushiriladigan
ma’lumotlar murakkablashib boradi. Bunda dastlab o’quvchilarga
mavzuli kartalarda materiklar, okeanlar, dengizlar va ko’llarning nomini
yozish o’rgatilsa, so’ngra regionlar va davlatlar, aholisi, iqlim
ko’rsatkichlari, hayvonot dunyosining joylanishi ko’rsatiladi. Har qanday
yozuvsiz kartalar bilan ishlashda tasvirlanayotgan geografik obektlarni
o’qish uchun kartaning chegarasidan tashqaridagi bo’sh joylarga
legendalar va shartli belgilar beriladi. Umumta’lim maktablarida
geografiya fanini o’qitishda sinflar uchun alohida kartalar to’plami, o’quv
atlaslari nashr qilingan. Sinflarning to’plamiga kirgan kartalarning
proeksiyasi, masshtabi va geografik asosi bir xil bo’lib, ular faqat
mazmuni bilan ajralib turadi. Kartalar mavzuning kengligi bo’yicha
umumiy va xususiy yoki sohaviy kartalarga bo’linadi. Umumiy
kartalarda nisbatan ancha keng mavzu tasvirlanadi. Masalan, umumiy
iqlim kartasida asosiy meteorologik elementlar: havo harorati, yog’in-
sochin, shamol va bosim to’liq tasvirlangan bo’ladi. SHuningdek,
umumiy sanoat kartasida sanoatning barcha yetakchi tarmoqlari
(sohalari) tasvirlangan bo’ladi. Xususiy kartalarda
esa, ancha tor
mavzu tasvirlangan bo’ladi. Masalan, xususiy iqlim kartasida
yuqorida ko’rsatilgan asosiy meteorologik elementlarning har biri
alohida-alohida tasvirlanadi. «Sohaviy karta» termini ko’proq
ijtimoiy-iqtisodiy mavzuda tuzilgan kartalarga nisbatan qo’llaniladi.
Masalan, sanoat, qishloq xo’jaligi, transport, xizmat ko’rsatishning
alohida soha (tarmoq)larini tavsiflovchi kartalar shular jumlasidandir.
Mavzuning kengligi tushunchasi kartalarni umumiy yoki xususiyga
kiritish ma’lum darajada nisbiy hisoblanadi. Dehqonchilik kartasi
yoki alohida texnika ekinlari kartalari qishloq xo’jaligi kartasiga
nisbatan sohaviy hisoblanadi. Kartalar - ularda tasvirlanayotgan
hodisalarni ilmiy tadqiq etish usuliga bog’liq holda analitik
Do'stlaringiz bilan baham: |