5.Antratsen unumlari saqlovchi mahsulotlarni kimyoviy tahlili.
Sano barglarining tarkibida antratsen unumlari borligini uning sariq va qizgish-sariq tusiga qarab bilish mumkin. Bu birikmalarning tabiiy rangi sano barglarini aniqlovchi muhim belgilaridandir ammo, kop hollarda bu rang xlorofill va boshqa boyovchi moddalar bilan niqoblangan boladi.
Sano barglarining suvli ajratmasiga bir necha tomchi konsentrlangan sulfat kislotasi yoki sulfat kislota va borat kislota aralashmasidan tomizilsa qizil rang hosil boladi.
Magniy atsetatning metanoldagi 1 % li eritmasi bilan, gidroksil gruppasining joylashagan orniga qarab, qizil, zarg'aldok, binafsha, hamda pushti rang beradi.
Antratsen unumlarining ishqor bilan reaksiyasi. Bu reaksiya ularni ishqor bilan birikib rangli birikmalar - antraxinolyatlar hosil qilishiga asoslangan.
0,5 g sano barglarini 5 ml 5% li ishqor eritmasi bilan qaynatilganda fenol gidroksilining joylashgan orniga qarab turli rang hosil boladi.
Sano barglarida antratsen unumlari bolganda va gidroksil gruppasi 1-8 vaziyatda joylashganda qizil va pushti rang, 1-2 vaziyatda - binafsha rang xosil kiladi.
Bu reaksiyani antratsen unumlarining oksidlangan turlari beradi, qytarilganlari esa oksidlangandan song reaksiyaga kirishadi (qaynatilib yoki perekis vodorod qoshish bilan oksidlanadi). Yuqorida keltirilgan reaksiyaga asoslanib klassik reaksiya - Borntreger reaksiyasi tavsiya etilgan.
0,5 g maydalangan sano barglarini konus shaklidagi kolbaga solinadi va 10 ml 10% li ishqor eritmasi bilan bir necha minut qaynatiladi, sovitilgandan song filtr orqali boluvchi voronkaga filtrlanadi. Filtratga kuchsiz kislotali sharoit hosil bolgunga qadar (qizil rang sariqqa otadi) suyultirilgan xlorid kislotasi solinadi va 10 ml efir bilan chayqatiladi. Bunda efir sariq rangga boyaladi.
Efir qavatini ajratib olib, uning 5 ml ni 5 ml 10% li ammiak bilan chayqatilganda ammiak kavati toq qizil rangga boyaladi.
Antratsen unumlarini Xalqaro farmakopeya usuli bilan aniqlash.
0,1 g maydalangan sano barglarini 100 ml xajmi 10 ml suyultirilgan sulfat kislotasi bilan 2 minut davomida qaynatiladi. Issiq holda filtrlanadi, sovigandan song filtratni boluvchi voronkada baravar xajmdagi benzol bilan bir minut davomida chayqatiladi. Benzol qavati ajratib olinadi, uni yarim xajmdagi suyultirilgan ammiak bilan chayqatiladi va 15 minutga qoldiriladi. Ammiakli qavat qizil-binafsha rangga boyaladi.
Mikrosublimatsiya. Antratsen unumlarining borligini mikrosublimatsiya metodi bilan tasdiqlash mumkin. Buning uchun buyum oynachasiga maydalangan sano barglaridan solinadi, boshqa buyum oynachasi bilan ustki burchak xosil qilib yopiladi (2 ta buyum oynachasi orasiga probka bolagi qoyiladi) va asbest setkasi ustiga quyib qizdiriladi. Bunda sariq yoki zarg'aldok rangli bug' hosil boladi va u yuqori buyum oynachasida kristallanadi va unga ishqor eritmasi tomizilganda qizil-binafsha rangga boyaladi.
Antratsen unumlarini xromatografiya usuli bilan ham aniqlash mumkin. Buning uchun 0,3 g sano barglarini 3 ml spirt bilan 5 minut davomida qizdiriladi. Sovigandan song filtrlanadi. Songra filtratdan kapillyar yordamida, yupqa qavatli xromatografiya plastinkasining (silufol) start chizigiga tomiziladi va etilatsetat-chumoli kislota-suv (10:2:3) aralashmasi solingan xromatografiya idishiga joylashtiriladi. Xromatografiya vaqti 30-40 minut. Xromatogrammani havoda quritiladi va ultrabinafsha nurda korib, xosil bolgan dogʻlar belgilanadi. Songra xromatogrammada natriy ishqorini 5% li spirtdagi eritmasi bilan yoki ammiak bugʻi bilan ishlov beriladi va yana ultrabinafsha nurlarida koriladi. Ayni bir vaqtda xromatografiya qilinadi. X
Hosil bolgan dogʻlarning rangi aniqlanadi va Rf ni hisoblab chiqiladi.
Xulosa
Bu guruxga antratsenning turli darajadagi oksidlangan birikmalari (antranollar, antronlar, oksantronlar va antraxinon) ularning oksi, oksimetil va boshqa unumlari hamda glikozidlari (antraglikozidlar), bimolekulyar birikmalar (diantranollar, diantronlar va boshqalar) xamda ularning oksimetil unumlari va glikozidlari kiradi.
Antratsen unumlari torondoshlar (Polygonaceae), jumrutdoshlar (Rhamnaceae), royandoshlar (Rubiaceae) va boshka oila vakillari tarkibida uchraydi. Antratsen unumlari boshqa glikozidlar kabi osimlikning hamma organlari hujayra shirasida erigan holda toplanadi. Antratsen unumlarini saqlaydigan osimlikning yer ostki organlari sariq yoki zargaldoq-qizil rangga boyalgan boladi. Odatda malum osimlik oilalarining vakillari oz tarkibida antratsen unumlarining ayrim guruxlarini toplash xossasiga ega.
Antratsen unumlari yuqori osimliklardan tashqari, oz miqdorda bolsa ham, mikroorganizmlar va xashoratlarda uchraydi. Gelmintospor zamburugi yashash davrida antratsen pigmentlarini sintez qilib turadi. Janubiy Ovrupada osadigan dub daraxtining bazi turlarida va Meksikada osadigan kaktuslarda yashaydigan xashoratlarning urgʻochisidan karmin kislota boladi.
Antratsenning izomeri, kristall modda 1010C da suyuqlanadi. Toshko`mir smolasidan antrotsen bilan birgalikda hosil bo`ladi. Fenantrenning tirik organizmlardagi ahamiyati juda katta u asosan tabiatda shifobaxsh o`simliklar tarkibida uchraydigan – steroidlar, gormonlar, D vitamini va biologik aktiv moddalarning asosiy qismini tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |