33-modda. Xalqaro shartnomani to‘xtatish yoki undan chiqish
40-modda. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasini bekor qilish yoki undan chiqish
|
Tahririy o‘zgartishlar kiritilmoqda.
| Xalqaro shartnomani to‘xtatish yoki O‘zbekiston Respublikasining undan chiqishi: 2) shartnomaning boshqa ishtirokchilari bilan maslahatlashuvlar asosida istalgan vaqtda amalga oshirilishi mumkin. |
O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomasini bekor qilish yoki undan chiqish:
1) shartnoma qoidalariga muvofiq;
2) shartnomaning barcha ishtirokchilari kelishuvi bilan boshqa ahdlashuvchi tomonlar bilan maslahatlashuvlar asosida istalgan vaqtda amalga oshirilishi mumkin.
|
Tahririy o‘zgartishlar kiritilmoqda.
1969 yildagi Xalqaro shartnomalar huquqi to‘g‘risidagi Vena konvensiyasining 54-moddasiga moslashtirish maqsadida o‘zgartishlar kiritilmoqda.
|
34-modda. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasini denonsatsiya qilish yoki to‘xtatish to‘g‘risidagi qoidalari bo‘lmagan shartnomadan chiqish
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida uni to‘xtatish to‘g‘risida qoida bo‘lmasa va uni denonsatsiya qilish yoki undan chiqish nazarda tutilmagan bo‘lsa, bu shartnoma denonsatsiya qilinmaydi va undan chiqishga yo‘l qo‘yilmaydi, agar:
1) xalqaro shartnoma ishtirokchilari shartnomani denonsatsiya qilish yoki undan chiqish imkoniyatini yaratish niyatida bo‘lganlari belgilab qo‘yilgan bo‘lsa;
2) shartnoma xususiyati uni denonsatsiya qilish yoki undan chiqish huquqini nazarda tutmaydigan bo‘lsa.
O‘zbekiston Respublikasi shartnomani denonsatsiya qilish yoki undan chiqish niyatini kamida o‘n ikki oy oldin xabar qiladi.
|
41-modda. Bekor qilish, denonsatsiya qilish yoki undan chiqish to‘g‘risidagi qoidalari mavjud bo‘lmagan O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasini denonsatsiya qilish yoxud undan chiqish
Bekor qilish to‘g‘risidagi qoida mavjud bo‘lmagan va denonsatsiya qilish yoki undan chiqishni nazarda tutmaydigan O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasi denonsatsiya qilinmaydi va undan chiqishga yo‘l qo‘yilmaydi, basharti:
1) xalqaro shartnoma ishtirokchilari denonsatsiya qilish yoki chiqish imkoniyatini qoldirish istagida bo‘lganliklari o‘rnatilmagan bo‘lsa;
2) shartnoma o‘z xususiyatiga ko‘ra uni denonsatsiya qilish yoki undan chiqish huquqini nazarda tutmasa.
O‘zbekiston Respublikasi o‘zining O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasini denonsatsiya qilish yoki undan chiqish istagi haqida kamida o‘n ikki oy oldin xabardor qiladi.
|
1969 yildagi Xalqaro shartnomalar huquqi to‘g‘risidagi Vena konvensiyasining qoidalariga moslashtirish maqsadida o‘zgartishlar kiritilmoqda.
Tahririy o‘zgartish.
Atamalarni bir xil qo‘llashni ta’minlash maqsadida o‘zgartishlar kiritilmoqda.
|
35-modda. Xalqaro shartnomaning amal qilishini O‘zbekiston Respublikasi tomonidan to‘xtatib turish
Xalqaro shartnomaning amal qilishi O‘zbekiston Respublikasi tomonidan shartnomaning hamma ishtirokchilariga yoki shartnomaning alohida ishtirokchisiga nisbatan to‘xtatib turish:
1) shartnoma qoidalariga muvofiq;
2) shartnomaning boshqa ishtirokchilari bilan maslahatlashuvlar asosida istalgan vaqtda amalga oshiriladi.
|
42-modda. O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomasining amal qilishini to‘xtatish
O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomasining amal qilishini shartnomaning barcha ishtirokchilariga yoki shartnomaning alohida ishtirokchisiga nisbatan to‘xtatish:
1) xalqaro shartnomaning qoidalariga muvofiq; yoki
2) xalqaro shartnomaning boshqa ishtirokchilari bilan maslahatlashuvlar asosida istalgan vaqtda amalga oshiriladi.
|
Aniqlashtiruvchi mazmundagi hamda ushbu moddaning mohiyatidan kelib chiquvchi tahririy o‘zgartishlar kiritilmoqda.
Atamalarni bir xil qo‘llashni ta’minlash maqsadida o‘zgartishlar kiritilmoqda.
Atamalarni bir xil qo‘llashni ta’minlash maqsadida o‘zgartishlar kiritilmoqda.
Atamalarni bir xil qo‘llashni ta’minlash maqsadida o‘zgartishlar kiritilmoqda.
|
36-modda. Keyingi shartnomaning tuzilishidan kelib chiqib xalqaro shartnomaning amal qilishini O‘zbekiston Respublikasi tomonidan to‘xtatish yoki to‘xtatib turish
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasi, agar uning barcha ishtirokchilari xuddi shu masala bo‘yicha keyingi shartnomani tuzgan bo‘lsalar va:
1) ushbu masalaning keyingi shartnoma bilan tartibga solinishi shu shartnoma mazmunidan kelib chiqsa yoki shundayligi boshqacha tarzda belgilangan bo‘lsa;
2) O‘zbekiston Respublikasining keyingi shartnomasi qoidalari oldingi shartnoma qoidalariga zid bo‘lsa va ikkala shartnomani bir vaqtda qo‘llash mumkin bo‘lmasa, bekor qilingan hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi oldingi shartnomasining amal qilishi faqat to‘xtatib turilgan hisoblanadi, agar uning ishtirokchilari shunday niyatda ekanliklari keyingi shartnoma mazmunidan kelib chiqsa yoki shundayligi boshqacha tarzda belgilangan bo‘lsa.
|
43-modda. O‘zbekiston Respublikasining keyingi xalqaro shartnomasi tuzilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomasining amal qilishini bekor qilish yoki to‘xtatish
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasi, agar uning barcha ishtirokchilari xuddi shu masala bo‘yicha keyingi shartnomani tuzgan bo‘lsalar bekor qilingan hisoblanadi, basharti:
1) ushbu masala O‘zbekiston Respublikasining keyingi shartnomasi bilan tartibga solinishi shu keyingi shartnoma mazmunidan kelib chiqsa yoki boshqacha tarzda o‘rnatilgan bo‘lsa;
2) O‘zbekiston Respublikasining keyingi shartnomasi qoidalari O‘zbekiston Respublikasining oldingi shartnomasi qoidalariga zid bo‘lsa va har ikkala shartnomani bir vaqtda qo‘llashning imkoni bo‘lmasa.
O‘zbekiston Respublikasi oldingi shartnomasining amal qilishini faqatgina to‘xtatilgan hisoblanadi, basharti O‘zbekiston Respublikasining keyingi shartnomasi mazmunidan yoki boshqacha tarzda uning ishtirokchilarining bunday istagi o‘rnatilgan bo‘lsa.
|
Atamalarni bir xil qo‘llashni ta’minlash maqsadida o‘zgartishlar kiritilmoqda.
Atamalarni bir xil qo‘llashni ta’minlash maqsadida o‘zgartishlar kiritilmoqda.
Atamalarni bir xil qo‘llashni ta’minlash maqsadida o‘zgartishlar kiritilmoqda.
Atamalarni bir xil qo‘llashni ta’minlash maqsadida o‘zgartishlar kiritilmoqda.
|
37-modda. O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomasining buzilishi oqibatida uni to‘xtatish yoki to‘xtatib turish
O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomasining ushbu shartnoma ishtirokchilaridan birontasi tomonidan jiddiy buzilishi shartnomani butunlay yoki qisman amal qilishini to‘xtatish yoki to‘xtatib turish uchun O‘zbekiston Respublikasiga bu buzishni asos qilib ko‘rsatish huquqini beradi.
Xalqaro shartnomaning jiddiy buzilishi quyidagilardan iborat:
1) xalqaro huquq normalarida zid tarzda shartnomadan voz kechish;
2) shartnoma ob’ekti va maqsadining amalga oshishi uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan qoidaning buzilishi.
|
44-modda. O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomasining jiddiy buzilishi oqibatida uni bekor qilish yoki amal qilishini to‘xtatish
O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomasi uning ishtirokchilaridan biri tomonidan jiddiy buzilishi O‘zbekiston Respublikasiga shartnomani bekor qilish yoki amal qilishini butunlay yoki qisman to‘xtatish uchun bunday buzishni asos qilib ko‘rsatish huquqini beradi.
Xalqaro shartnomaning jiddiy buzilishiga quyidagilar kiradi:
1) xalqaro huquq normalariga zid ravishda xalqaro shartnomadan bosh tortish;
2) shartnoma ob’ekti va maqsadining amalga oshirilishida muhim ahamiyat kasb etuvchi qoidaning buzilishi.
|
Moddaning nomiga uning mazmunidan kelib chiqqan holda o‘zgartish kiritilmoqda.
Tahririy o‘zgartish kiritilmoqda.
Tahririy o‘zgartish kiritilmoqda.
|
38-modda. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini to‘xtatish, denonsatsiya qilish yoki to‘xtatib turish to‘g‘risidagi takliflar
|